Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 440-modda. Soliq toʻlash tartibi
438-modda. Soliq davri
Kalendar yil soliq davri hisoblanadi. 439-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi (1-q.) Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organning maʼlumotlari asosida, jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha esa qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organning maʼlumotlariga asosan, ushbu Kodeks 435-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ- 812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Soliq organlari har yili 1-martdan kechiktirmay soliq summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan toʻlov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qoʻydirib yoki toʻlov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi. (3-q.) Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni oʻzgarganda va imtiyozlarga boʻlgan huquq yuzaga kelganda (tugatilganda) soliq organlari mazkur oʻzgarishlardan keyin bir oy ichida soliqni qayta hisob-kitob qilishi hamda soliq toʻlovchiga soliq summasi va uni toʻlash muddatlari koʻrsatilgan yangi yoki qoʻshimcha toʻlov xabarnomasini taqdim etishi kerak. (4-q.) Koʻp kvartirali uylarda joylashgan turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari bilan band boʻlgan yer uchastkalari boʻyicha soliq turar joy boʻlmagan koʻchmas mulk obyektining qavatlar soniga boʻlingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 440-modda. Soliq toʻlash tartibi (1-q.) Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi. (2-q.) Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni toʻlash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan eʼtiboran tugatiladi (kamaytiriladi). (3-q.) Soliq boʻyicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga boʻlgan huquq yuzaga kelgan oydan eʼtiboran toʻlanmaydi. Soliq boʻyicha imtiyozlarga boʻlgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan eʼtiboran toʻlana boshlaydi. (4-q.) Soliq davri uchun soliqni toʻlash jismoniy shaxslar tomonidan 15-aprel va 15- oktyabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling