Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

442-modda. Soliq solish obyekti 
(1-q.)
Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan 
foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq deb yuritiladi) solish obyektidir. 
(2-q.)
Quyidagilar soliq solish obyekti boʻlmaydi: 
1) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida 
foydalaniladigan suv resurslari; 
2) sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti 
mineral suvlari, bundan savdo tarmogʻida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi 
mustasno; 
3) atrof-muhitga zararli taʼsir koʻrsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer 
osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 
4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib 
olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qaʼriga qayta quyiladigan yer osti suvlari, 
bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno; 
5) gidroelektrostansiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv 
resurslari; 
6) issiqlik elektr stansiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv 
resurslari; 
7) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan shoʻrlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, 
suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan shoʻrlarni 
yuvish normalari doirasidagi suv resurslari; 
8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari. 
(OʻzR 30.12.2020-y. 
OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
443-modda. Soliq bazasi 
Foydalanilgan suvning hajmi soliq bazasidir. 
444-modda. Soliq bazasini aniqlash tartibi 


(1-q.)
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan olingan suv hajmi suvdan 
foydalanishning buxgalteriya (dastlabki) hisobi hujjatlarida aks ettirilgan suv oʻlchagich asboblar 
koʻrsatkichlari asosida aniqlanadi. 
(2-q.)
Suvdan oʻlchagich asboblarsiz foydalanilgan taqdirda, uning hajmi suv obyektlaridan 
suv olish limitlaridan, suvni isteʼmol qilishning texnologik va sanitariya normalaridan, ekinlar 
hamda yashil daraxtzorlarni sugʻorish normalaridan yoki maʼlumotlarning toʻgʻriligini 
taʼminlovchi boshqa usullardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalanilgan suv resurslari 
hajmlarining alohida hisobini yuritadi. Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv 
keladigan vodoprovod tarmogʻidagi suvdan foydalanilganda, soliq bazasi manbaning har bir turi 
boʻyicha alohida aniqlanadi. Suv yetkazib berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 
vodoprovod tarmogʻiga suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan kelib tushadigan suv 
hajmlarining nisbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga joriy soliq davrining 15-
yanvariga qadar taqdim etishi kerak. Soliq organlari uch kun ichida ushbu maʼlumotlarni soliq 
toʻlovchilar eʼtiboriga yetkazishi lozim. 
(4-q.)
Issiq suv hamda bugʻ hosil qilinishi boʻyicha soliq bazasi soliq toʻlovchi tomonidan 
ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun oʻzi foydalangan suv resurslari hajmidan kelib chiqqan 
holda aniqlanadi. 
(5-q.)
Binolarning bir qismi, alohida inshootlar ijaraga berilganda soliq bazasi suv yetkazib 
berishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs bilan shartnoma tuzgan ijaraga beruvchi tomonidan 
aniqlanadi. 
(6-q.)
Binolarning bir qismini, alohida inshootlarni ijaraga olgan va suv yetkazib berishni 
amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar bilan shartnoma tuzgan yuridik shaxslar soliq bazasini 
mustaqil ravishda aniqlaydi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchilar yuridik shaxslar bilan suv yetkazib berilishi yuzasidan solishtirib 
koʻrish jarayonida olingan suvning hajmini aniqlashtirishda suv hajmining farqini solishtirish 
amalga oshirilgan davrdagi hisob-kitoblarda aks ettiradi. 
(8-q.)
Yuridik shaxslarning hududida taʼmirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni 
bajaruvchi soliq toʻlovchilar ushbu ishlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan suv uchun soliq 
toʻlamaydi. Taʼmirlash-qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarayotganda foydalaniladigan suv 
hajmi uchun bu ishlar qaysi yuridik shaxslar uchun bajarilayotgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxslar 
soliq toʻlaydi. Qurilish ishlari yangi qurilish maydonchasida bajarilgan taqdirda, qurilishda 
foydalaniladigan suv hajmi uchun qurilish tashkiloti soliq toʻlaydi. 
(9-q.)
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ soliq bazasini aniqlash 
uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik xoʻjaligida suv 
resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv 
resurslarining hajmini har yili joriy soliq davrining 10-dekabridan kechiktirmay, dehqon 
xoʻjaliklari, tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun 
moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar boʻyicha esa - suvdan 
foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyi boʻyicha soliq organlariga hisobot yilidan keyingi 
yilning 20-yanvaridan kechiktirmay taqdim etadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni 
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 


(10-q.)
Dehqon xoʻjaliklari, shuningdek qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarga hamda 
tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun 
moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun soliq bazasi 
suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ taqdim etgan maʼlumotlarga asosan 
soliq organlari tomonidan aniqlanadi. 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi 
qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(11-q.)
Sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtiruvchi baliqchilik xoʻjaliklari soliq bazasini 
tabiiy va sunʼiy suv obyektlaridan olingan va ushbu suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv 
hajmi, bundan kollektor-drenaj tarmoqlariga qaytarib quyiladiganlar mustasno, oʻrtasidagi farqdan 
kelib chiqib aniqlaydilar. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(12-q.)
Qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliq yetishtirishda suv resurslarini hisobga olish 
vositalari mavjud emasligi va foydalaniladigan suv resurslarining haqiqiy hajmini aniqlashning 
imkoni boʻlmagan taqdirda, soliq bazasi suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish sohasidagi 
vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan suv resurslari isteʼmolining normativlariga koʻra 
aniqlanadi. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
(13-q.)
Ishlab chiqarish jarayonida suvni maxsus uskunalarni (turbinalarni) sovitish uchun 
ishlatadigan soliq toʻlovchilar soliq bazasini tabiiy suv obyektlaridan maxsus uskunalarni 
(turbinalarni) sovitish uchun olingan va tabiiy suv obyektlariga qaytarib quyiladigan suv hajmi 
oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlaydi. Ushbu norma suvning haqiqiy hisobi yoki suvdan 
maxsus foydalanish ruxsatnoma mavjud boʻlganda qoʻllaniladi. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-
son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari 
oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi qismlar deb hisoblansin 
(14-q.)
Soliq toʻlovchi soliq toʻlash nazarda tutilmagan faoliyat turlarini amalga oshirgan 
taqdirda, soliq bazasi soliq solinadigan va soliq solinmaydigan suv resurslari hajmining hisobini 
alohida yuritish asosida aniqlanadi. Alohida hisob yuritish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, soliq 
bazasi qaysi faoliyat boʻyicha soliq toʻlash sof tushumning umumiy hajmida nazarda tutilgan 
boʻlsa, oʻsha faoliyatdan olinadigan sof tushumning solishtirma hajmidan kelib chiqqan holda 
aniqlanadi. 
(15-q.)
Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklarni ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar 
uchun foydalanilgan suvning hajmi ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun soliq bazasi 
hisoblanadi. Alkogolli mahsulot va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan 
suv hajmi deganda isteʼmol idishidagi tayyor mahsulotga toʻgʻri keladigan suvning hajmi 
tushuniladi. 
(16-q.)
Soliq solish obyekti va (yoki) soliq stavkasi turli xil boʻlgan bir necha turdagi faoliyat 
bilan shugʻullanuvchi soliq toʻlovchilar bunday faoliyat turlari boʻyicha alohida-alohida hisob 
yuritishlari va tegishli soliq stavkalari boʻyicha soliq toʻlashlari shart. 
(OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-
659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling