Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Uchinchi shaxslardan hujjatlarni
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
147-modda. Uchinchi shaxslardan hujjatlarni
(axborotni) talab qilib olish (1-q.) Soliq organining soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan mansabdor shaxsi tekshirilayotgan soliq toʻlovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarga (axborotga) ega boʻlgan kontragentdan yoki boshqa shaxslardan ushbu hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishga haqli. (2-q.) Tekshirilayotgan soliq toʻlovchining (soliq agentining) faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq nazoratining qoʻshimcha tadbirlarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarori asosida soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish chogʻida ham amalga oshirilishi mumkin. (3-q.) Soliq tekshiruvlarini yoki soliq nazoratining boshqa tadbirlarini amalga oshiruvchi soliq organi tekshirilayotgan soliq toʻlovchining faoliyatiga taalluqli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani mazkur hujjatlar (axborot) talab qilib olinishi kerak boʻlgan shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organiga yuboradi. Bunda topshiriqnomada soliq nazoratining qaysi tadbirini oʻtkazish chogʻida hujjatlar (axborot) taqdim etish zarurati yuzaga kelganligi koʻrsatiladi, muayyan bitimga taalluqli axborot talab qilib olinayotganda esa ushbu bitimni identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlar koʻrsatiladi. (4-q.) Topshiriqnoma olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida hujjatlar (axborot) qaysi shaxsdan talab qilib olinayotgan boʻlsa, oʻsha shaxsning hisobda turgan joyidagi soliq organi ushbu shaxsga hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisida talabnoma yuboradi. (5-q.) Talabnomaga hujjatlarni (axborotni) talab qilib olish toʻgʻrisidagi topshiriqnomaning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi. (6-q.) Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan shaxs talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida uni bajaradi yoki talab qilib olinayotgan hujjatlarga (axborotga) ega emasligini oʻsha muddatda xabar qiladi. Agar talab etiladigan hujjatlarni (axborotni) mazkur muddatda taqdim etish imkoni boʻlmasa, soliq organi hujjatlar qaysi shaxsdan talab qilib olingan boʻlsa oʻsha shaxsning iltimosnomasiga koʻra ushbu hujjatlarni (axborotni) taqdim etish muddatini uzaytirishga haqli. (7-q.) Talab etiladigan hujjatlar ushbu Kodeks 146-moddasining uchinchi - beshinchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar hisobga olingan holda taqdim etiladi. (8-q.) Hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibi soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilariga taalluqli hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishda ham qoʻllaniladi. (9-q.) Hujjatlarni (axborotni) talab qilib olishning ushbu moddada nazarda tutilgan tartibi soliq agentlariga tegishli boʻlgan hujjatlar va axborotni talab qilib olishda ham qoʻllaniladi. (10-q.) Hujjatlarni (axborotni) taqdim etish toʻgʻrisidagi talabnomani olgan shaxs ushbu moddaning qoidalariga muvofiq boʻlmagan talabnoma boʻyicha hujjatlarni (axborotni) taqdim etishni rad etishga haqli. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling