Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

151-modda. Mutaxassisni jalb etish 
(1-q.)
Zarur boʻlgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok 
etish uchun soliq organi tomonidan maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan hamda ishning 
natijasidan manfaatdor boʻlmagan mutaxassis jalb etilishi mumkin. 
(2-q.)
Shaxsning mutaxassis sifatida jalb qilinishi soliq organi va mutaxassis oʻrtasidagi 
shartnoma asosida amalga oshiriladi. 
(3-q.)
Shaxsning mutaxassis sifatida ishtirok etishi uning guvoh sifatida aynan shu holatlar 
yuzasidan soʻroq qilinishi imkoniyatini istisno etmaydi. 
152-modda. Tarjimonning ishtiroki 
(1-q.)
Zarur boʻlgan hollarda, soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda ishtirok 
etish uchun tarjimon jalb etilishi mumkin. 
(2-q.)
Ishning natijasidan manfaatdor boʻlmagan, tarjima qilish uchun zarur darajada til 
biladigan yoki kar yoxud soqov jismoniy shaxsning imo-ishoralarini tushunadigan shaxs 
tarjimonlik qilishi mumkin. 
(3-q.)
Shaxsning tarjimon sifatida jalb qilinishi soliq organi va tarjimon oʻrtasidagi 
shartnoma asosida amalga oshiriladi. 
(4-q.)
Tarjimon soliq organi mansabdor shaxsining chaqiruviga binoan kelishi va oʻziga 
topshirilgan tarjimani aniq bajarishi shart. 


153-modda. Soliq nazoratini amalga oshirishga doir 
harakatlarning xolisligini taʼminlash 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi modda) 
(Oldingi tahririga qarang) 
(1-q.)
Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarning xolisligi videotasvirga olish 
qurilmalaridan foydalanish vositasida amalga oshiriladi, bunday imkoniyat mavjud boʻlmaganda 
esa - xolislar ishtirokida amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Videotasvirni yozib olish toʻxtovsiz va izchil ravishda olib boriladi. Videotasvir 
materiallarining koʻchirma nusxasi soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga soliq nazoratiga oid 
tadbir tugagach taqdim etiladi. 
(3-q.)
Soliq nazoratini amalga oshirishga doir harakatlarda videotasvirga olish tartibi 
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. 
(4-q.)
Qonunchilikda videoyozuv taqiqlangan hollarda yoki videoyozuvga olish imkoniyati 
mavjud boʻlmaganda xolislar soliq nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq harakatlarga majburiy 
tartibda jalb etiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling