Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 156-modda. Soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish
18-BOB. SOLIQ TEKSHIRUVLARINING VA
SOLIQ NAZORATI BOSHQA CHORALARINING HUQUQIY OQIBATLARI 156-modda. Soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish 157-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi 158-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish tartibi 159-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qaror qabul qilish 160-modda. Soliq auditi va sayyor soliq tekshiruvi materiallarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarorning kuchga kirishi 161-modda. Taʼminlash choralari 162-modda. Soliq organlari qarorlarini ijro etishning oʻziga xos xususiyatlari 163-modda. Shikoyat qilinganda soliq organlari qarorlarini ijro etish 164-modda. Soliq organlarining qarorlarini ijro etish 165-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritish 166-modda. Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi materiallar boʻyicha qaror qabul qilish 167-modda. Moliyaviy sanksiyani undirish toʻgʻrisidagi ariza 168-modda. Moliyaviy sanksiyalarni undirish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va qarorlarni ijro etish 156-modda. Soliq auditi natijalarini rasmiylashtirish (1-q.) Soliq auditi natijalariga koʻra soliq organlarining ushbu tekshiruvni oʻtkazgan vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan soliq auditi dalolatnomasi tuzilishi kerak. (2-q.) Soliq auditi dalolatnomasida quyidagilar koʻrsatiladi: 1) soliq auditi dalolatnomasini tuzish sanasi - ushbu tekshiruvni oʻtkazgan shaxslar tomonidan dalolatnoma imzolangan sana; 2) tekshirilayotgan shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi yoki familiyasi, ismi, otasining ismi. Yuridik shaxs uning alohida boʻlinmasi joylashgan yerda tekshirilgan taqdirda yuridik shaxsning nomidan tashqari tekshirilayotgan alohida boʻlinmaning toʻliq va qisqartirilgan nomi hamda uning joylashgan yeri koʻrsatiladi; 3) oʻzlari vakili boʻlgan soliq organining nomi koʻrsatilgan holda soliq auditini oʻtkazgan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning lavozimlari; 4) soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq auditi oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi sanasi va raqami; 5) soliq auditi davomida tekshirilayotgan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar roʻyxati; 6) soliq auditi oʻtkazilgan davr; 7) soliq auditi qaysi soliqqa nisbatan oʻtkazilgan boʻlsa, oʻsha soliqning nomi; 8) soliq auditi boshlangan va tugagan sana; 9) yuridik shaxs joylashgan yerning yoki jismoniy shaxs yashash joyining manzili; 10) soliq auditini amalga oshirish chogʻida oʻtkazilgan soliq nazorati tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; 11) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning tegishli normasiga havola qilgan holda soliqqa oid huquqbuzarlikning (u mavjud boʻlgan taqdirda) batafsil tavsifi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683- son Qonuni tahriridagi band) 12) soliq auditi natijalari boʻyicha xulosalar va takliflar. (3-q.) Agar oʻtkazilgan soliq auditi natijalariga koʻra soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlari aniqlanmagan boʻlsa, bu haqda soliq auditi dalolatnomasida qayd etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Soliq auditi dalolatnomasiga tekshiruv davomida aniqlangan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishlari faktlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (5-q.) Soliq auditi dalolatnomasi shaklini va uni tuzishga doir talablarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi. (6-q.) Soliq auditi dalolatnomasi kamida uch nusxada tuziladi. (7-q.) Soliq auditi dalolatnomasining barcha nusxalari soliq organining soliq auditini oʻtkazgan mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi. Soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga tekshiruv tugaganidan keyin uch kun ichida topshiriladi. Soliq toʻlovchi dalolatnomaning barcha nusxalariga uni olgan sanani koʻrsatgan holda soliq auditi dalolatnomasini olganligiga imzo qoʻyishi shart. Soliq auditi dalolatnomasining soliq organida qolgan nusxalari soliq auditi materiallariga qoʻshib qoʻyiladi. (8-q.) Soliq toʻlovchining soliq auditi dalolatnomasidagi imzosi uning soliq auditi natijalariga roziligini bildirmaydi. (9-q.) Soliq toʻlovchi (uning vakili) soliq auditi dalolatnomasini olishdan bosh tortgan taqdirda, soliq organining mansabdor shaxsi bu haqda soliq auditi dalolatnomasiga tegishli yozuv kiritadi. Bunday holda soliq auditi dalolatnomasining bir nusxasi soliq toʻlovchiga yuridik shaxs (alohida boʻlinma) joylashgan yer boʻyicha yoki jismoniy shaxsning yashash joyi boʻyicha pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. (10-q.) Soliq auditi dalolatnomasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda buyurtma xat yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda beshinchi kun ushbu dalolatnoma topshirilgan sana deb hisoblanadi. (11-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirmaydigan chet el yuridik shaxsiga (bundan xalqaro tashkilot yoki diplomatik vakolatxona mustasno) soliq auditi dalolatnomasi pochta orqali Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestridagi manzil boʻyicha buyurtma xat bilan yuboriladi. Buyurtma xat yuborilgan sanadan boshlab hisoblaganda yigirmanchi kun ushbu dalolatnoma topshirilgan sana deb hisoblanadi. (12-q.) Oʻziga nisbatan soliq auditi oʻtkazilgan shaxs (uning vakili) soliq tekshiruvi dalolatnomasida bayon etilgan faktlarga va (yoki) tekshiruvchilarning xulosalari hamda takliflariga rozi boʻlmagan taqdirda, soliq auditi dalolatnomasini olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tegishli soliq organiga mazkur dalolatnoma boʻyicha umuman yoki uning ayrim holatlari yuzasidan yozma eʼtirozlarini taqdim etishga haqli. (13-q.) Soliq toʻlovchi oʻz eʼtirozlarining asoslanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini) yozma eʼtirozlarga ilova qilishga yoki kelishilgan muddatda soliq organiga topshirishga haqli. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling