Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Javobgarlikni yengillashtiruvchi


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

216-modda. Javobgarlikni yengillashtiruvchi 
va ogʻirlashtiruvchi holatlar 
(1-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar deb 
quyidagilar eʼtirof etiladi: 
1) shaxsiy yoki oilaviy sharoitlar ogʻir kechishi oqibatida soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir 
etish; 
2) tahdid yoki majburlash taʼsirida yoxud moddiy, xizmat yoki boshqa jihatdan qaramlik 
sababli soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etish


3) sud yoki ishni koʻrayotgan soliq organi tomonidan javobgarlikni yengillashtiruvchi deb 
topilishi mumkin boʻlgan boshqa holatlar. 
(2-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlikning ilgari xuddi shunday huquqbuzarlik uchun 
javobgarlikka tortilgan shaxs tomonidan sodir etilganligi javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holat deb 
eʼtirof etiladi. Agar soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun oʻziga nisbatan javobgarlik 
choralari qoʻllanilgan shaxs bu choralar qoʻllanilgan kundan eʼtiboran bir yil ichida bunday 
huquqbuzarlikni qayta sodir etmagan boʻlsa, u javobgarlikka tortilmagan deb hisoblanadi. 
(3-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki 
ogʻirlashtiruvchi holatlar sud yoki ishni koʻrayotgan soliq organi tomonidan belgilanadi va 
moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilganda inobatga olinadi. 
217-modda. Javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi 
(1-q.)
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran yoki mazkur 
huquqbuzarlik sodir etilgan soliq davri tugaganidan keyingi kundan eʼtiboran va javobgarlikka 
tortish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan paytga qadar besh yil (oʻtish muddati) oʻtgan boʻlsa, shaxs 
soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
(2-q.)
Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilgan kundan eʼtiboran muddatning oʻtishini 
hisoblab chiqarish barcha soliqqa oid huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladi, ushbu Kodeksning 
223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar bundan mustasno. 
(3-q.)
Muddatning oʻtishini tegishli soliq davri tugaganidan keyingi kundan eʼtiboran 
hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning 223 va 224-moddalarida nazarda tutilgan soliqqa oid 
huquqbuzarliklarga nisbatan qoʻllaniladi. 
(4-q.)
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilayotgan shaxs soliq 
tekshiruvini oʻtkazishga faol qarshilik koʻrsatgan boʻlsa va ushbu soliq tekshiruvini oʻtkazish 
hamda budjet tizimiga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalarini soliq organlari tomonidan 
aniqlash uchun bartaraf etib boʻlmaydigan toʻsiqqa aylangan boʻlsa, javobgarlikka tortish 
muddatining oʻtishi toʻxtatiladi. 
(5-q.)
Javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi ushbu Kodeks 144-moddasining uchinchi 
qismida nazarda tutilgan dalolatnoma tuzilgan kundan eʼtiboran toʻxtatilgan deb hisoblanadi. 
Mazkur holatda javobgarlikka tortish muddatining oʻtishi sayyor soliq tekshiruvini oʻtkazishga 
toʻsqinlik qiluvchi holatlarning amal qilishi tugagan va muddat oʻtishini tiklash toʻgʻrisidagi qaror 
chiqarilgan kundan eʼtiboran qayta tiklanadi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling