3) soliq organining nomi, normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjat, ustidan shikoyat
berilayotgan mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi);
4) shikoyat berayotgan shaxs oʻzining huquqlari qaysi asoslarga koʻra buzilgan deb
hisoblasa, oʻsha asoslar;
5) shikoyat berayotgan shaxsning talablari.
(4-q.)
Shikoyatda telefon raqamlari, elektron pochta manzillari va shikoyatni oʻz
vaqtida
koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
(5-q.)
Shikoyat soliq organining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjati, uning
mansabdor shaxslarining harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat berayotgan shaxsning
vakolatli vakili
tomonidan berilgan taqdirda, shikoyatga ushbu vakilning vakolatlarini
tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
(6-q.)
Shikoyatga shikoyat berayotgan shaxsning dalillarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova
qilinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: