Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
231-modda. Shikoyat berish tartibi
(1-q.) Soliq organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Shaxsning soliq organiga uning kuchga kirgan va kuchga kirmagan, normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, uning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilingan murojaati, agar ushbu shaxsning fikriga koʻra mazkur hujjatlar, harakatlar yoki harakatsizlik uning huquqlarini buzsa, shikoyat deb eʼtirof etiladi. (3-q.) Soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berish tegishincha shikoyat boʻyicha soliq organining yuqori turuvchi organi tomonidan qaror qabul qilinguniga yoki sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar shikoyat qilinayotgan qarorni yoki harakatni ijro etishni, shu jumladan qoʻshimcha hisoblangan soliqlar va yigʻimlarni undirishni, shuningdek moliyaviy sanksiyalar qoʻllanilishini toʻxtatib turadi. Soliq toʻlovchi qaysi soliq organining qarori yoki mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilayotgan boʻlsa, oʻsha organni soliq organining yuqori turuvchi organiga yoki sudga shikoyat berganligi toʻgʻrisida tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart. (4-q.) Soliq organining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari ustidan sud tartibida shikoyat qilish faqat yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilinganidan keyingina mumkin boʻladi. Bu qoida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori ustidan shikoyat qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi. (5-q.) Agar shikoyat boʻyicha qaror ushbu Kodeksning 235-moddasi sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida belgilangan muddatlarda yuqori turuvchi soliq organi tomonidan qabul qilinmasa, soliq organlarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. (6-q.) Yuqori turuvchi soliq organlarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan, shikoyatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlari ustidan faqat sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. (7-q.) Tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalarining normativ xususiyatga ega boʻlmagan, shikoyatlarni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan hujjatlari ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga shikoyat qilinishi mumkin. (8-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining normativ xususiyatga ega boʻlmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilinadi. (9-q.) Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq organlarining hujjatlari (shu jumladan normativ hujjatlari), ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sud tartibida shikoyat qilish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. (10-q.) Shikoyat bergan shaxs shikoyat boʻyicha qaror qabul qilinishiga qadar uni koʻrib chiqayotgan soliq organiga yozma ariza yuborish yoʻli bilan shikoyatni toʻliq yoki qisman chaqirib olishi mumkin. (11-q.) Shikoyatni chaqirib olish uni bergan shaxsni oʻsha asoslarda shikoyat bilan takroran murojaat qilish huquqidan mahrum etadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling