Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari
boʻlgan yuridik shaxslar. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar (1-q.) Quyidagi yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir: 1) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari; 2) Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qoʻllash maqsadlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etilgan chet el yuridik shaxslari; 3) haqiqatdagi boshqaruv joyi Oʻzbekiston Respublikasi boʻlgan chet el yuridik shaxslari, agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq masalalari boʻyicha xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa. (2-q.) Ushbu moddaning birinchi qismi 3-bandining maqsadlari uchun chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy ushbu Kodeksning 34-moddasi qoidalariga muvofiq belgilanadi. (3-q.) Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish uchun asos boʻlmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi sheriklar yoki boshqa shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qoʻllaniladi. (4-q.) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlmagan yuridik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari deb eʼtirof etiladi. 34-modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy (1-q.) Quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasiga rioya qilingan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy deb eʼtirof etiladi: 1) uning ijro etuvchi organi (ijro etuvchi organlari) oʻz faoliyatini ushbu yuridik shaxsga nisbatan muntazam ravishda Oʻzbekiston Respublikasidan turib amalga oshiradi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatning boshqa davlatdagiga (davlatlardagiga) nisbatan sezilarli darajada kam hajmda amalga oshirilishi faoliyatni muntazam ravishda amalga oshirish deb eʼtirof etilmaydi; 2) uning asosiy (rahbar) mansabdor shaxslari (faoliyatni rejalashtirish va nazorat qilishga, korxona faoliyatini boshqarishga va buning uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishga vakolatli boʻlgan shaxslari) ushbu yuridik shaxsni rahbarlik asosida boshqarishni asosan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshiradi. Bunda rahbarlik asosida boshqarish jumlasiga, xususan, ushbu chet el yuridik shaxsining joriy faoliyatiga doir boʻlgan, boshqaruvning ijro organlari vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish va boshqa harakatlarni amalga oshirish kiradi. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasida quyidagi faoliyatni amalga oshirish Oʻzbekiston Respublikasining chet el yuridik shaxsini haqiqatda boshqarish joyi sifatida eʼtirof etishga sabab boʻlmaydi: 1) aksiyadorlar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar tayyorlash va (yoki) qabul qilish; 2) direktorlar kengashining majlisini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish; 3) chet el yuridik shaxsining faoliyatini rejalashtirish va nazorat qilish doirasida alohida funksiyalarni amalga oshirish. (3-q.) Alohida funksiyalarni amalga oshirishga, xususan, strategik rejalashtirish, budjetlashtirish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hamda boshqaruv hisobotini tayyorlash va tuzish, ushbu chet el yuridik shaxsining faoliyatini tahlil qilish, ichki audit hamda ichki nazorat, shuningdek standartlar, uslubiyatlar va (yoki) siyosatlarni qabul qilish (maʼqullash) kiradi. (4-q.) Chet el yuridik shaxsining faoliyatiga nisbatan quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi ushbu yuridik shaxs haqiqatda boshqariladigan joy deb eʼtirof etilmaydi: 1) faoliyat oʻzi doimiy joylashgan yerdagi davlatda (uning hududida) oʻzining malakali xodimlari va aktivlaridan foydalangan holda amalga oshirilganda; 2) faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi bilan soliq solish masalalariga doir amaldagi xalqaro shartnomaga ega boʻlgan chet davlat hududida amalga oshirilganda. (5-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shartlarning bajarilganligi hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak. (6-q.) Agar ushbu moddaning birinchi qismi 1-bandida va (yoki) 2-bandida belgilangan shartlar bir vaqtning oʻzida ham Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan, ham biror-bir chet davlatga nisbatan bajarilayotganligi hujjatlar bilan tasdiqlansa, agar chet el yuridik shaxsiga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilayotgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqarilayotgan joy deb eʼtirof etiladi: 1) .buxgalteriya yoki boshqaruv hisobini yuritish (bundan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hamda boshqaruv hisobotlarini tayyorlash va tuzishga, shuningdek uning faoliyatini tahlil qilishga doir harakatlar mustasno) Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan boʻlsa; 2) ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan boʻlsa; 3) xodimlarni operativ boshqarish Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan boʻlsa. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling