Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 36-modda. Doimiy muassasa
35-modda. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) (1-q.) Chet davlatning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilma yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasidir. (2-q.) Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari jumlasiga, xususan, fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari kiradi. 36-modda. Doimiy muassasa (1-q.) Ushbu Kodeksning maqsadlarida chet el yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasidagi tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman qaysi doimiy faoliyat joyida amalga oshirayotgan boʻlsa, oʻsha joy chet el yuridik shaxsining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Doimiy muassasa deganda quyidagilar tushuniladi, chunonchi: 1) har qanday boshqaruv joyi, filial, boʻlinma, byuro, idora, ofis, xona, agentlik, fabrika, ustaxona, sex, laboratoriya; 2) tovarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, butlash, qadoqlash va oʻrab-joylash amalga oshiriladigan joy; 3) savdo shoxobchasi sifatida foydalaniladigan har qanday joy, shu jumladan ombor; 4) kon (shaxta), neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan boshqa har qanday joy; 5) tabiiy resurslarni oʻrganish (qidirish), ishlatish, qazib olish va (yoki) ulardan foydalanish uchun qoʻllaniladigan qurilma yoki inshoot (shu jumladan uni montaj qilish), faqat qurilma yoki inshoot bir yuz sakson uch kundan ortiq muddat mobaynida foydalanilayotgan boʻlishi yoki foydalanish uchun tayyor boʻlishi shart; 6) quvur, gaz quvuri bilan bogʻliq faoliyat (shu jumladan nazorat yoki kuzatuv) amalga oshiriladigan har qanday joy; 7) oʻyin avtomatlarini (shu jumladan ularga qoʻshimchalarni), kompyuter tarmoqlari va aloqa kanallarini, attraksionlarni oʻrnatish, sozlash hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joy. (3-q.) Quyidagilar ham doimiy muassasa deb eʼtirof etiladi: 1) qurilish maydoni, qurilish, montaj qilish yoki yigʻish obyekti yoxud ular bilan bogʻliq kuzatuv (nazorat qilish) faoliyati, basharti bunday maydon, obyekt yoki faoliyat istalgan ketma- ketlikdagi oʻn ikki oylik davr mobaynida bir yuz sakson uch kundan ortiq muddat mobaynida mavjud boʻlsa yoki davom etsa; 2) xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan ushbu chet el yuridik shaxsi tomonidan oʻz xizmatchilari yoki shu maqsadlar uchun uning tomonidan yollangan boshqa xodimlar orqali bajariladigan maslahat xizmatlari, basharti bunday faoliyat (ayni bir loyiha bilan bogʻliq shaxs yoki chet el yuridik shaxsining bogʻlangan tarafi uchun) istalgan ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik davr mobaynida kamida bir yuz sakson uch kun davom etsa. (4-q.) Agar ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan qurilish maydonida yoki boshqa obyektda turli vaqt davrlarida, bir yoki bir nechta oʻzaro bogʻliq chet el yuridik shaxsi tomonidan xizmatlar koʻrsatish amalga oshirilsa, bu davrlarning har biri alohida olinganda ushbu moddaning uchinchi qismi 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan muddatdan yoki muddatlardan oshmasa, ushbu xizmatlarga doir faoliyat davrlari mazkur qurilish maydonida yoki boshqa obyektda faoliyat amalga oshirilgan jami vaqt davriga qoʻshiladi. (5-q.) Faqat tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlgan va chet el yuridik shaxsi tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari hisoblanmaydigan quyidagi faoliyat turlari doimiy muassasani tashkil etishga olib kelmaydi: 1) obyektlardan faqat ushbu yuridik shaxsga tegishli tovarlarni yoki buyumlarni saqlash yoxud namoyish etish maqsadida foydalanish; 2) oʻziga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxiralarini faqat saqlash yoki namoyish etish maqsadida asrab turish; 3) oʻziga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxiralarini faqat ularning boshqa shaxs tomonidan qayta ishlanishi maqsadida saqlab turish; 4) doimiy faoliyat joyini faqat tovarlarni, buyumlarni xarid qilish yoki ushbu chet el yuridik shaxsi uchun axborot yigʻish maqsadida saqlab turish; 5) doimiy faoliyat joyini faqat tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlgan boshqa har qanday faoliyatni amalga oshirish maqsadida saqlab turish; 6) doimiy faoliyat joyini ushbu qismning 1-5-bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining istalgan birikmasi uchun saqlab turish, basharti ushbu doimiy faoliyat joyining bunday birikmadan yuzaga kelgan jami faoliyati tayyorgarlik xususiyatiga yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlsa. Bunda tayyorgarlik xususiyatiga va yordamchi xususiyatga ega boʻlgan faoliyat uchinchi shaxslar uchun emas, balki Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining oʻzi uchun amalga oshirilishi kerak. (6-q.) Ushbu moddaning beshinchi qismi qoidalari tadbirkorlik faoliyatining chet el yuridik shaxsi tomonidan foydalanilayotgan yoki saqlab turilgan doimiy joyiga nisbatan, agar bu chet el yuridik shaxsi yoki u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs tadbirkorlik faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasidagi ushbu joy yoki boshqa joy orqali amalga oshirsa va quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, qoʻllanilmaydi: 1) ushbu joy yoki boshqa joy chet el yuridik shaxsi uchun yoxud u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs uchun ushbu moddaning qoidalariga muvofiq doimiy muassasani tashkil etsa; 2) ikki nafar shaxs, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan doimiy joy orqali yoki ayni shu norezident yoxud u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs tomonidan har ikkala joy orqali amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining birikmasi natijasi boʻlgan jami faoliyat tayyorgarlik xususiyatiga yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlmasa. (7-q.) Agar ikki nafar shaxs, shu jumladan chet el yuridik shaxslari tomonidan doimiy joy orqali yoki ayni shu shaxs yoxud u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs tomonidan har ikkala joy orqali amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati umumiy tadbirkorlik faoliyatining bir qismi boʻlgan oʻzaro toʻldirib turuvchi funksiyalari boʻlsa, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalari qoʻllaniladi. (8-q.) Sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxsi, qayta sugʻurtalash holatlaridan tashqari, agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki tobe agent orqali tavakkalchilik xatarlaridan sugʻurta qilsa, u Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasaga ega deb eʼtirof etiladi. (9-q.) Agar biror-bir shaxs Oʻzbekiston Respublikasida chet el yuridik shaxsi nomidan harakat qilsa va odatda mulk (xizmatlar koʻrsatish) huquqini boshqa shaxslarga oʻtkazishga yoki mol-mulkdan ushbu chet el yuridik shaxsi nomidan foydalanish huquqini berishga doir kontraktlarni tuzishda asosiy rol oʻynasa, bunday shaxsning faoliyati ushbu chet el yuridik shaxsining doimiy muassasasi tashkil etilishiga olib keladi. (10-q.) Agar chet el yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatini vositachilik (topshiriq) shartnomasi yoki shunga oʻxshash shartnoma asosida harakat qiluvchi va bitimlarni ushbu chet el yuridik shaxsi nomidan imzolashga vakolatli boʻlmagan mustaqil agent orqali amalga oshirsa, ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunda, agar bunday agent asosan oʻzi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir yoki bir nechta chet el yuridik shaxsi nomidan harakat qilsa, bu shaxs tobe agent deb hisoblanadi. (11-q.) Chet el yuridik shaxsi tomonidan chet ellik xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun boshqa yuridik shaxsga berish, quyidagi shartlar bir vaqtda bajarilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib kelmaydi: 1) bunday xodimlar qaysi yuridik shaxsga berilgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs nomidan va uning manfaatlarini koʻzlab harakat qilsa; 2) xodimlarni bergan yuridik shaxs ushbu xodimlarning ish natijalari uchun javobgar boʻlmasa; 3) yuridik shaxsning xodimlarni berishdan olgan daromadi uning ushbu xodimlarni berish yuzasidan soliq davrida qilgan xarajatlari umumiy summasining 10 foizidan oshmasa. (12-q.) Chet el yuridik shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyat birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda: 1) bunday shartnoma har bir ishtirokchisining faoliyati ushbu moddada belgilangan qoidalarga muvofiq doimiy muassasani tashkil etadi; 2) bunday shartnomaning har bir ishtirokchisi tomonidan soliq majburiyatlarini bajarish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi. (13-q.) Chet el yuridik shaxsining faoliyati bunday faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran ushbu moddaning qoidalariga muvofiq doimiy muassasani tashkil etadi. (14-q.) Ushbu Kodeksni qoʻllash maqsadida chet el yuridik shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirish boshlangan sana deb quyidagi sanalar eʼtirof etiladi: 1) quyidagilar yuzasidan har qanday kontraktni (shartnomani, bitimni) tuzish sanasi: a) Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida xizmatlar koʻrsatish; b) ushbu yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish vakolatlarini berish; v) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish yoki realizatsiya qilish maqsadida olish; g) Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar koʻrsatish uchun xizmatlarni olish; 2) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amal oshirish maqsadida birinchi mehnat shartnomasini (bitimni, kontraktni) tuzish sanasi; 3) norezident boʻlgan jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan sana, chet el yuridik shaxsi tomonidan ushbu qismning 1 yoki 2-bandlarida koʻrsatilgan kontrakt (shartnoma, bitim) shartlarini bajarish uchun xodim yoki boshqa xodimlar yollangan sana. (15-q.) Agar ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan bir nechta shart bajarilsa, ushbu sanalarning nisbatan ilgarigisi, biroq ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi qismi 2 va 3- bandlarida koʻrsatilgan sanalarning birinchisidan ilgari kirib kelmagan sana norezidentning Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirishi boshlangan sana deb eʼtirof etiladi. (16-q.) Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeksning 130- moddasida belgilangan tartibda soliq organida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtishi shart. (17-q.) Agar chet el yuridik shaxsi bitta soliq organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan ikki va undan ortiq doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa, bitta doimiy muassasa barcha shunday doimiy muassasalar guruhi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Mazkur qoida ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan qurilish maydonini, qurilish, montaj yoki boshqa obyektni tashkil etuvchi faoliyatga nisbatan tatbiq etilmaydi. (18-q.) Agar chet el yuridik shaxsi ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi yoki sakkizinchi qismlarida koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradigan, roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy muassasaga ega boʻlsa va ushbu doimiy muassasa roʻyxatdan oʻtkazilgan joydan farqlanuvchi joyda shunday yoki shunga oʻxshash faoliyatni amalga oshirsa, bunday faoliyatni amalga oshirish ham mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan doimiy muassasani tashkil etishga olib keladi. (19-q.) Agar chet el yuridik shaxsining faoliyati koʻchma xususiyatga ega boʻlsa (yoʻl qurilishi, foydali qazilmalarni qidirish va koʻchma xususiyatga ega boʻlgan boshqa faoliyat turlari), bu holda butun loyihaga, uning koʻchma xususiyatidan qatʼi nazar, doimiy muassasa sifatida qaraladi. (20-q.) Agar doimiy muassasa Oʻzbekiston Respublikasining Yagona soliq toʻlovchilar reestridan chiqarilganidan keyin chet el yuridik shaxsi oʻn ikki oylik davr ichida ushbu moddaning ikkinchi yoki uchinchi qismlarida koʻrsatilgan faoliyatini tiklasa, u doimiy muassasani tashkil etgan deb eʼtirof etiladi va bunday faoliyat tiklangan sanadan eʼtiboran soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling