Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

35-modda. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
(1-q.)
Chet davlatning qonunchilikka muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil 
etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa 
shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga 
qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilma yuridik shaxsni 
tashkil etmagan chet el tuzilmasidir. 
(2-q.)
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari jumlasiga, xususan, fondlar, 
sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa 
shakllari kiradi. 
36-modda. Doimiy muassasa 
(1-q.)
Ushbu Kodeksning maqsadlarida chet el yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasidagi 
tadbirkorlik faoliyatini toʻliq yoki qisman qaysi doimiy faoliyat joyida amalga oshirayotgan boʻlsa, 
oʻsha joy chet el yuridik shaxsining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deb eʼtirof 
etiladi. 
(2-q.)
Doimiy muassasa deganda quyidagilar tushuniladi, chunonchi: 
1) har qanday boshqaruv joyi, filial, boʻlinma, byuro, idora, ofis, xona, agentlik, fabrika, 
ustaxona, sex, laboratoriya; 
2) tovarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, butlash, qadoqlash va oʻrab-joylash amalga 
oshiriladigan joy; 
3) savdo shoxobchasi sifatida foydalaniladigan har qanday joy, shu jumladan ombor; 
4) kon (shaxta), neft yoki gaz qudugʻi, karyer yoki tabiiy resurslar qazib olinadigan boshqa 
har qanday joy; 
5) tabiiy resurslarni oʻrganish (qidirish), ishlatish, qazib olish va (yoki) ulardan foydalanish 
uchun qoʻllaniladigan qurilma yoki inshoot (shu jumladan uni montaj qilish), faqat qurilma yoki 
inshoot bir yuz sakson uch kundan ortiq muddat mobaynida foydalanilayotgan boʻlishi yoki 
foydalanish uchun tayyor boʻlishi shart; 
6) quvur, gaz quvuri bilan bogʻliq faoliyat (shu jumladan nazorat yoki kuzatuv) amalga 
oshiriladigan har qanday joy;
7) oʻyin avtomatlarini (shu jumladan ularga qoʻshimchalarni), kompyuter tarmoqlari va 
aloqa kanallarini, attraksionlarni oʻrnatish, sozlash hamda ulardan foydalanish bilan bogʻliq 
faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joy. 
(3-q.)
Quyidagilar ham doimiy muassasa deb eʼtirof etiladi: 
1) qurilish maydoni, qurilish, montaj qilish yoki yigʻish obyekti yoxud ular bilan bogʻliq 
kuzatuv (nazorat qilish) faoliyati, basharti bunday maydon, obyekt yoki faoliyat istalgan ketma-
ketlikdagi oʻn ikki oylik davr mobaynida bir yuz sakson uch kundan ortiq muddat mobaynida 
mavjud boʻlsa yoki davom etsa; 
2) xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan ushbu chet el yuridik shaxsi tomonidan oʻz 
xizmatchilari yoki shu maqsadlar uchun uning tomonidan yollangan boshqa xodimlar orqali 
bajariladigan maslahat xizmatlari, basharti bunday faoliyat (ayni bir loyiha bilan bogʻliq shaxs 
yoki chet el yuridik shaxsining bogʻlangan tarafi uchun) istalgan ketma-ketlikdagi oʻn ikki oylik 
davr mobaynida kamida bir yuz sakson uch kun davom etsa. 
(4-q.)
Agar ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan qurilish maydonida 
yoki boshqa obyektda turli vaqt davrlarida, bir yoki bir nechta oʻzaro bogʻliq chet el yuridik shaxsi 


tomonidan xizmatlar koʻrsatish amalga oshirilsa, bu davrlarning har biri alohida olinganda ushbu 
moddaning uchinchi qismi 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan muddatdan yoki muddatlardan oshmasa, 
ushbu xizmatlarga doir faoliyat davrlari mazkur qurilish maydonida yoki boshqa obyektda faoliyat 
amalga oshirilgan jami vaqt davriga qoʻshiladi. 
(5-q.)
Faqat tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlgan va chet el yuridik shaxsi 
tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari hisoblanmaydigan quyidagi faoliyat turlari doimiy 
muassasani tashkil etishga olib kelmaydi: 
1) obyektlardan faqat ushbu yuridik shaxsga tegishli tovarlarni yoki buyumlarni saqlash 
yoxud namoyish etish maqsadida foydalanish; 
2) oʻziga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxiralarini faqat saqlash yoki namoyish etish 
maqsadida asrab turish; 
3) oʻziga tegishli tovarlar yoki buyumlar zaxiralarini faqat ularning boshqa shaxs tomonidan 
qayta ishlanishi maqsadida saqlab turish; 
4) doimiy faoliyat joyini faqat tovarlarni, buyumlarni xarid qilish yoki ushbu chet el yuridik 
shaxsi uchun axborot yigʻish maqsadida saqlab turish; 
5) doimiy faoliyat joyini faqat tayyorgarlik yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlgan boshqa 
har qanday faoliyatni amalga oshirish maqsadida saqlab turish; 
6) doimiy faoliyat joyini ushbu qismning 1-5-bandlarida eslatib oʻtilgan faoliyat turlarining 
istalgan birikmasi uchun saqlab turish, basharti ushbu doimiy faoliyat joyining bunday birikmadan 
yuzaga kelgan jami faoliyati tayyorgarlik xususiyatiga yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlsa. 
Bunda tayyorgarlik xususiyatiga va yordamchi xususiyatga ega boʻlgan faoliyat uchinchi shaxslar 
uchun emas, balki Oʻzbekiston Respublikasi norezidentining oʻzi uchun amalga oshirilishi kerak. 
(6-q.)
Ushbu moddaning beshinchi qismi qoidalari tadbirkorlik faoliyatining chet el yuridik 
shaxsi tomonidan foydalanilayotgan yoki saqlab turilgan doimiy joyiga nisbatan, agar bu chet el 
yuridik shaxsi yoki u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs tadbirkorlik faoliyatini Oʻzbekiston 
Respublikasidagi ushbu joy yoki boshqa joy orqali amalga oshirsa va quyidagi shartlardan hech 
boʻlmaganda bittasi bajarilsa, qoʻllanilmaydi: 
1) ushbu joy yoki boshqa joy chet el yuridik shaxsi uchun yoxud u bilan oʻzaro bogʻliq 
boʻlgan shaxs uchun ushbu moddaning qoidalariga muvofiq doimiy muassasani tashkil etsa; 
2) ikki nafar shaxs, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti boʻlgan yuridik 
shaxslar tomonidan doimiy joy orqali yoki ayni shu norezident yoxud u bilan oʻzaro bogʻliq 
boʻlgan shaxs tomonidan har ikkala joy orqali amalga oshirilayotgan faoliyat turlarining birikmasi 
natijasi boʻlgan jami faoliyat tayyorgarlik xususiyatiga yoki yordamchi xususiyatga ega boʻlmasa. 
(7-q.)
Agar ikki nafar shaxs, shu jumladan chet el yuridik shaxslari tomonidan doimiy joy 
orqali yoki ayni shu shaxs yoxud u bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs tomonidan har ikkala joy 
orqali amalga oshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati umumiy tadbirkorlik faoliyatining bir qismi 
boʻlgan oʻzaro toʻldirib turuvchi funksiyalari boʻlsa, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalari 
qoʻllaniladi. 
(8-q.)
Sugʻurta faoliyatini amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxsi, qayta sugʻurtalash 
holatlaridan tashqari, agar Oʻzbekiston Respublikasi hududida sugʻurta mukofotlarini yigʻsa yoki 
tobe agent orqali tavakkalchilik xatarlaridan sugʻurta qilsa, u Oʻzbekiston Respublikasida doimiy 
muassasaga ega deb eʼtirof etiladi. 
(9-q.)
Agar biror-bir shaxs Oʻzbekiston Respublikasida chet el yuridik shaxsi nomidan 
harakat qilsa va odatda mulk (xizmatlar koʻrsatish) huquqini boshqa shaxslarga oʻtkazishga yoki 
mol-mulkdan ushbu chet el yuridik shaxsi nomidan foydalanish huquqini berishga doir 
kontraktlarni tuzishda asosiy rol oʻynasa, bunday shaxsning faoliyati ushbu chet el yuridik 
shaxsining doimiy muassasasi tashkil etilishiga olib keladi. 


(10-q.)
Agar chet el yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyatini vositachilik 
(topshiriq) shartnomasi yoki shunga oʻxshash shartnoma asosida harakat qiluvchi va bitimlarni 
ushbu chet el yuridik shaxsi nomidan imzolashga vakolatli boʻlmagan mustaqil agent orqali 
amalga oshirsa, ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi qoidalari qoʻllanilmaydi. Bunda, agar 
bunday agent asosan oʻzi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir yoki bir nechta chet el yuridik shaxsi 
nomidan harakat qilsa, bu shaxs tobe agent deb hisoblanadi. 
(11-q.)
Chet el yuridik shaxsi tomonidan chet ellik xodimlarni Oʻzbekiston Respublikasi 
hududida ishlash uchun boshqa yuridik shaxsga berish, quyidagi shartlar bir vaqtda bajarilgan 
taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib kelmaydi: 
1) bunday xodimlar qaysi yuridik shaxsga berilgan boʻlsa, oʻsha yuridik shaxs nomidan va 
uning manfaatlarini koʻzlab harakat qilsa; 
2) xodimlarni bergan yuridik shaxs ushbu xodimlarning ish natijalari uchun javobgar 
boʻlmasa; 
3) yuridik shaxsning xodimlarni berishdan olgan daromadi uning ushbu xodimlarni berish 
yuzasidan soliq davrida qilgan xarajatlari umumiy summasining 10 foizidan oshmasa. 
(12-q.)
Chet el yuridik shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyat 
birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida amalga oshirilgan taqdirda: 
1) bunday shartnoma har bir ishtirokchisining faoliyati ushbu moddada belgilangan 
qoidalarga muvofiq doimiy muassasani tashkil etadi; 
2) bunday shartnomaning har bir ishtirokchisi tomonidan soliq majburiyatlarini bajarish 
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiriladi. 
(13-q.)
Chet el yuridik shaxsining faoliyati bunday faoliyatni Oʻzbekiston Respublikasida 
amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran ushbu moddaning qoidalariga muvofiq doimiy 
muassasani tashkil etadi. 
(14-q.)
Ushbu Kodeksni qoʻllash maqsadida chet el yuridik shaxsi tomonidan Oʻzbekiston 
Respublikasida faoliyatni amalga oshirish boshlangan sana deb quyidagi sanalar eʼtirof etiladi: 
1) quyidagilar yuzasidan har qanday kontraktni (shartnomani, bitimni) tuzish sanasi: 
a) Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan birgalikdagi faoliyat 
toʻgʻrisidagi shartnoma doirasida xizmatlar koʻrsatish; 
b) ushbu yuridik shaxs nomidan Oʻzbekiston Respublikasida harakatlarni amalga oshirish 
vakolatlarini berish; 
v) tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasida foydalanish yoki realizatsiya qilish maqsadida 
olish; 
g) Oʻzbekiston Respublikasida xizmatlar koʻrsatish uchun xizmatlarni olish; 
2) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amal oshirish maqsadida birinchi mehnat 
shartnomasini (bitimni, kontraktni) tuzish sanasi; 
3) norezident boʻlgan jismoniy shaxs Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan sana, chet el 
yuridik shaxsi tomonidan ushbu qismning 1 yoki 2-bandlarida koʻrsatilgan kontrakt (shartnoma, 
bitim) shartlarini bajarish uchun xodim yoki boshqa xodimlar yollangan sana. 
(15-q.)
Agar ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan bir nechta shart bajarilsa, 
ushbu sanalarning nisbatan ilgarigisi, biroq ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi qismi 2 va 3-
bandlarida koʻrsatilgan sanalarning birinchisidan ilgari kirib kelmagan sana norezidentning 
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni amalga oshirishi boshlangan sana deb eʼtirof etiladi. 


(16-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasani tashkil etishga olib keluvchi 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxsi ushbu Kodeksning 130-
moddasida belgilangan tartibda soliq organida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtishi shart. 
(17-q.)
Agar chet el yuridik shaxsi bitta soliq organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan 
ikki va undan ortiq doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keluvchi tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirsa, bitta doimiy muassasa barcha shunday doimiy muassasalar guruhi boʻyicha roʻyxatdan 
oʻtkazilishi lozim. Mazkur qoida ushbu moddaning uchinchi qismi 1-bandida koʻrsatilgan qurilish 
maydonini, qurilish, montaj yoki boshqa obyektni tashkil etuvchi faoliyatga nisbatan tatbiq 
etilmaydi. 
(18-q.)
Agar chet el yuridik shaxsi ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi yoki sakkizinchi 
qismlarida koʻrsatilgan faoliyatni amalga oshiradigan, roʻyxatdan oʻtkazilgan doimiy muassasaga 
ega boʻlsa va ushbu doimiy muassasa roʻyxatdan oʻtkazilgan joydan farqlanuvchi joyda shunday 
yoki shunga oʻxshash faoliyatni amalga oshirsa, bunday faoliyatni amalga oshirish ham mazkur 
faoliyatni amalga oshirish boshlangan sanadan eʼtiboran roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan 
doimiy muassasani tashkil etishga olib keladi. 
(19-q.)
Agar chet el yuridik shaxsining faoliyati koʻchma xususiyatga ega boʻlsa (yoʻl 
qurilishi, foydali qazilmalarni qidirish va koʻchma xususiyatga ega boʻlgan boshqa faoliyat 
turlari), bu holda butun loyihaga, uning koʻchma xususiyatidan qatʼi nazar, doimiy muassasa 
sifatida qaraladi. 
(20-q.)
Agar doimiy muassasa Oʻzbekiston Respublikasining Yagona soliq toʻlovchilar 
reestridan chiqarilganidan keyin chet el yuridik shaxsi oʻn ikki oylik davr ichida ushbu moddaning 
ikkinchi yoki uchinchi qismlarida koʻrsatilgan faoliyatini tiklasa, u doimiy muassasani tashkil 
etgan deb eʼtirof etiladi va bunday faoliyat tiklangan sanadan eʼtiboran soliq toʻlovchi sifatida 
roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling