Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
38-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi
(1-q.) Soliq solish maqsadida bir jismoniy yoki yuridik shaxsning (bundan buyon matnda shaxs deb yuritiladi) ulushi tanlangan boshqa yuridik shaxsdagi (bundan buyon matnda tanlangan yuridik shaxs deb yuritiladi) ulushni aniqlash uchun ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita va bilvosita ishtirok etish ulushlarining summasi tarzida aniqlanadi. (2-q.) Tanlangan yuridik shaxs ovoz beruvchi aksiyalarining bevosita shu shaxsga tegishli boʻlgan ulushi yoki tanlangan yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) bevosita ushbu shaxsga tegishli boʻlgan ulushi yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof etiladi. (3-q.) Shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushini aniqlash mumkin boʻlmagan taqdirda, ishtirokchilarning tanlangan yuridik shaxsdagi soniga mutanosib ravishda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bevosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof etiladi. (4-q.) Quyidagi tartibda aniqlanadigan ulush shaxsning tanlangan yuridik shaxsda bilvosita ishtirok etish ulushi deb eʼtirof etiladi: 1) ushbu shaxsning tanlangan yuridik shaxsda ishtirok etishining barcha ketma-ketligi har bir ilgarigi yuridik shaxsning tegishli ketma-ketlikdagi har bir keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ishtiroki orqali aniqlanadi; 2) har bir ilgarigi yuridik shaxsning har bir keyingi yuridik shaxsdagi bevosita ketma- ketlikdagi ishtirok etish ulushi aniqlanadi; 3) har bir shunday ketma-ketlik uchun ushbu ketma-ketlikning barcha yuridik shaxslari uchun bevosita ishtirok etish ulushi topiladi; 4) har bir shunday ketma-ketlik uchun topilgan bevosita ishtirok etish ulushlarining barchasi jamlanadi. (5-q.) Tashkilotda ishtirok etish ulushini aniqlashda jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxsning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasidagi ishtirok etish ulushi ham hisobga olinadi, ushbu shaxs qaysi chet davlatning (hududning) qonun hujjatlariga muvofiq taʼsis etilgan boʻlsa, shu qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlarning yoxud yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi oʻzga chet el tuzilmalarining kapitalida ishtirok etishga haqlidir. (6-q.) Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq koʻpi bilan bir yil muddatga tuzilgan REPO shartnomasi doirasida olingan qimmatli qogʻozlarga egalik qilish orqali amalga oshirilgan ishtirok yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq REPO operatsiyasi deb eʼtirof etiladigan operatsiya natijasida amalga oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi. (7-q.) Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida ushbu qimmatli qogʻozlar, agar REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi tomonidan sotilgan qimmatli qogʻozlar uning tomonidan REPOning boshqa operatsiyasi boʻyicha yoki qimmatli qogʻozlar qarziga doir operatsiyalar boʻyicha sotilsagina, REPOning birinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni sotuvchi boʻlgan shaxsda hisobga olinadi. (8-q.) REPOning ikkinchi qismi bajarilmagan yoki toʻliq boʻlmagan hajmda bajarilgan, shuningdek REPO shartnomasi koʻpi bilan bir yil muddatga tuzilgan taqdirda, bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning beshinchi qismida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olinmagan holda amalga oshiriladi. (9-q.) Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan qimmatli qogʻozlar qarziga doir shartnoma doirasida koʻpi bilan bir yil muddatga olingan qimmatli qogʻozlarga egalik qilish vositasida amalga oshirilgan ishtirok hisobga olinmaydi. (10-q.) Bunday hollarda yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash maqsadida bu qimmatli qogʻozlar, agar qimmatli qogʻozlar qarziga doir shartnoma doirasida berilgan qimmatli qogʻozlar kreditor tomonidan qimmatli qogʻozlar qarziga doir boshqa operatsiya boʻyicha yoki REPO operatsiyasi boʻyicha olingan boʻlsagina, kreditor boʻlgan (qimmatli qogʻozlarni qarzga beradigan) shaxsda hisobga olinadi. (11-q.) Qimmatli qogʻozlar qarziga doir operatsiyalar boʻyicha qimmatli qogʻozlarni qaytarish majburiyatlari bajarilmagan yoki toʻliq boʻlmagan hajmda bajarilgan, shuningdek qimmatli qogʻozlar qarzi yuzasidan bir yildan ortiq muddatga shartnoma tuzilgan taqdirda bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlash ushbu moddaning yettinchi qismida belgilangan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olinmagan holda amalga oshiriladi. (12-q.) Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda yoki jismoniy shaxsning yuridik shaxsda ishtirok etish ulushini aniqlashdagi qoʻshimcha holatlar sud tomonidan aniqlanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling