Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

39-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari 
(1-q.)
Soliq solish maqsadida bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan chet 
el yuridik shaxsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb eʼtirof etiladi: 
1) chet el yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilmaydi; 
2) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan yuridik va (yoki) 
jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi. 
(2-q.)
Nazorat qiluvchi shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof 
etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs boʻlgan, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el 
tuzilmasi ham nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish 
boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb 
eʼtirof etish oʻz-oʻzidan ushbu qismda koʻrsatilgan shaxs oʻzi uchun nazorat qiluvchi shaxs 
boʻlgan ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga 
oshirishning boshqa shaklini) nazorat qiluvchi kompaniya deb eʼtirof etishga asos boʻlmaydi. 
Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi 
sheriklar yoki oʻzga shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qoʻllaniladi. 
40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat 
qilish va nazorat qiluvchi shaxslar 
(1-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish 
maqsadida quyidagilar chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb eʼtirof etiladi: 
1) chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiqni tashkil etadigan
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs; 
2) ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 10 foizdan ortiq boʻlgan yuridik yoki jismoniy 
shaxs, agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan barcha 
shaxslarning ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 50 foizdan ortiq boʻlsa. 


(2-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismi maqsadi uchun chet el kompaniyasida ishtirok etish 
ulushi ushbu Kodeksning 38-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar uchun ishtirok etish 
ulushi ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-bandida koʻrsatilgan shaxslar bilan 
birgalikda hisobga olinadi. 
(4-q.)
Agar shaxsning chet el kompaniyasida ishtirok etishi listing tartib-taomilidan oʻtgan 
va (yoki) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan birjalarda yoki chet el moliyaviy vositachilari roʻyxatiga 
kiritilgan birjalarda muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlar (depozitar qaydlar) emitenti boʻlgan 
bir yoki bir nechta Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining bevosita va (yoki) bilvosita 
ishtirok etishi orqaligina amalga oshirilgan boʻlsa hamda bu shaxs ushbu moddaning beshinchi - 
oʻn ikkinchi qismlariga muvofiq nazoratchi shaxs deb tan olinmasa, mazkur shaxs chet el 
kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etilmaydi. Bunda chet el moliyaviy 
vositachilari deganda Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish 
boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan chet el fond birjalari va 
chet el depozitar-kliring tashkilotlari tushuniladi. 
(5-q.)
Qaysi shaxsning ishtirok etish ulushiga nisbatan kompaniyada ushbu moddaning 
birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilmasa, biroq bunda bu shaxs mazkur kompaniya 
ustidan nazoratni shaxsiy manfaatlarini yoki ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-
bandida nazarda tutilgan shaxslarning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirsa, oʻsha shaxs ham chet 
el kompaniyasining nazorat qiluvchi organi deb eʼtirof etiladi. 
(6-q.)
Sof foydani (daromadni) taqsimlashga nisbatan kompaniya tomonidan qabul 
qilinadigan qarorlarga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish yoki taʼsir koʻrsatish imkoniyati ushbu 
Kodeksning maqsadlari uchun kompaniya ustidan nazoratni amalga oshirish deb eʼtirof etiladi. 
Bunda shaxsning bunday qarorlarga ham ushbu kompaniyada bevosita yoki bilvosita ishtirok 
etishi tufayli, ham ushbu kompaniyani boshqarish qaysi shartnomaning (bitimning) predmeti 
boʻlsa, oʻsha shartnomada (bitimda) ishtirok etishi tufayli yoxud ushbu shaxs hamda kompaniya 
va (yoki) oʻzga shaxslar oʻrtasidagi boshqa oʻziga xos munosabatlar tufayli taʼsir etishi yoki taʼsir 
etish imkoniyati hisobga olinadi. 
(7-q.)
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining aktivlarini boshqaruvchi shaxs 
tomonidan ushbu tuzilma olgan foydani (daromadni) jismoniy shaxs qaysi davlatning (hududning) 
fuqarosi boʻlsa yoki yuridik shaxs qaysi davlatda (hududda) tashkil etilgan boʻlsa, oʻsha davlatning 
(hududning) qonunchiligiga va mazkur yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq taqsimlashga 
nisbatan qabul qilinadigan qarorga taʼsir koʻrsatish yoki taʼsir koʻrsatish imkoniyati ushbu 
Kodeksning maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ustidan nazoratni 
amalga oshirish deb eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(8-q.)
Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning 
maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi 
deb ushbu tuzilmaning muassisi (asoschisi) eʼtirof etiladi. 
(9-q.)
Agar ushbu moddaning oʻn birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan 
boʻlsa va agar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining muassisiga (asoschisiga) 
nisbatan bir vaqtning oʻzida quyidagi barcha shartlarga rioya etilsa, ushbu muassis (asoschi) 
mazkur tuzilmani nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etilmaydi: 
1) bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) bevosita yoki bilvosita toʻliq yoki 
qisman olishga (olishni talab qilishga) haqli boʻlmasa; 


2) bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) yoki uning bir qismini tasarruf 
etishga haqli boʻlmasa; 
3) bunday shaxs bu tuzilmaga berilgan mol-mulkka boʻlgan huquqni oʻzida saqlab qolmagan 
boʻlsa (mol-mulk bu tuzilmaga qaytarmaslik shartlari asosida berilgan boʻlsa); 
4) bunday shaxs bu tuzilma ustidan ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq nazoratni 
amalga oshirmasa. 
(10-q.)
Agar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bu 
tuzilmaning aktivlarini oʻz mulkiga oʻtkazish huquqiga ega boʻlmasa, ushbu moddaning 
toʻqqizinchi qismi 3-bandida nazarda tutilgan shart bajarilgan deb eʼtirof etiladi. Bunda ushbu 
tuzilmaning aktivlarini tuzilmaning butun mavjud boʻlish davri mobaynida, shuningdek u 
tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda, toʻliq yoki qisman mulkka oʻtkazishga 
doir cheklov ushbu tuzilma tashkil etilgan chet davlatning (hududning) qonunchiligi va (yoki) 
tuzilmaning taʼsis hujjatlari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi qism) 
(11-q.)
Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan shaxs, agar u ushbu moddaning 
toʻqqizinchi qismi 1-3-bandlarida koʻrsatilgan huquqlardan istalganini olish huquqini oʻzida 
saqlab qolgan boʻlsa, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi 
deb eʼtirof etiladi. 
(12-q.)
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining taʼsis etuvchisi (asoschisi) 
hisoblanmaydigan oʻzga shaxs ham, agar bunday shaxs tuzilma ustidan nazoratni amalga oshirsa 
va bunda unga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeks 
maqsadlarida ushbu shaxs mazkur tuzilmaning nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etiladi: 
1) bunday shaxs ushbu tuzilma tomonidan olinadigan daromadga (uning bir qismiga) 
nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlsa; 
2) bunday shaxs ushbu tuzilmaning mol-mulkini tasarruf etishga haqli boʻlsa; 
3) bunday shaxs ushbu tuzilma tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda 
uning mol-mulkini olishga haqli boʻlsa. 
(13-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti oʻzini mustaqil ravishda ushbu 
moddaning birinchi yoki beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, chet el 
kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb yoki ushbu moddaning toʻqqizinchi yoki oʻn 
ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el 
tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etishga haqli. Bunday hollarda, oʻzini nazorat 
qiluvchi shaxs deb eʼtirof etgan shaxs oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga ushbu Kodeksda 
nazarda tutilgan tartibda tegishli bildirish xati yuboradi. 
(14-q.)
Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalarining nazorat qiluvchi shaxslarini 
eʼtirof etishning ushbu moddada belgilangan qoidalari, qaysi chet el yuridik shaxslarini nazorat 
qiluvchi shaxslar uchun ular taʼsis etilgan yoki fuqarosi boʻlgan chet davlatning (hududning) 
qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etishi nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻsha shaxslarga 
nisbatan ham qoʻllaniladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling