Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
41-modda. Dividendlar va foizlar
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) (1-q.) Quyidagilar dividendlar deb eʼtirof etiladi: 1) yuridik shaxsning foydasini (shu jumladan imtiyozli aksiyalar boʻyicha foizlar tarzidagi foydasini) ushbu yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) tegishli aksiyalar (ulushlar) boʻyicha taqsimlash chogʻida aksiyador (ishtirokchi) tomonidan olingan har qanday daromad; 2) tugatish chogʻida yuridik shaxsning aksiyadoriga (ishtirokchisiga) ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan koʻp boʻlgan qismi boʻyicha pul yoki natura shaklidagi toʻlovlar; 3) jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi qismining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari maʼlumotlari boʻyicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini ushbu aksiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan koʻp boʻlmagan qismi boʻyicha toʻlash; 4) ushbu yuridik shaxsning oʻz kapitali (mol-mulki) hisobiga ustav fondi (ustav kapitali) oshgan taqdirda yuridik shaxs aksiyadorining (ishtirokchisining) qoʻshimcha aksiyalar qiymati (ulush nominal qiymatining oshishi) tarzida olingan daromadlari. (2-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan daromadlar, basharti ular aksiyadorlarning (ishtirokchilarning) bunday daromadni toʻlovchi yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda toʻlansa, dividendlar deb eʼtirof etiladi. (3-q.) Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq dividendlar jumlasiga kiritiladigan har qanday daromadlar ham dividendlar deb eʼtirof etiladi. (4-q.) Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun xususiy korxona mulkdoriga, oilaviy korxona ishtirokchisiga yoki fermer xoʻjaligi boshligʻiga bunday yuridik shaxslar tasarrufida qolgan foyda summasidan toʻlanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi. (5-q.) Ilgari bildirilgan (belgilangan) har qanday daromad, shu jumladan har qanday turdagi qarz majburiyatlari boʻyicha diskont tarzida olingan daromad (uni rasmiylashtirish usulidan qatʼi nazar), shu jumladan pul omonatlari boʻyicha olingan daromad foizlar deb eʼtirof etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling