Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-BOB. USHBU KODEKSDA QOʻLLANILADIGAN
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-modda. Jismoniy shaxslar
4-BOB. USHBU KODEKSDA QOʻLLANILADIGAN
ASOSIY TUSHUNCHALAR 30-modda. Jismoniy shaxslar 31-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar 32-modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari 33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar. Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar 34-modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy 35-modda. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari 36-modda. Doimiy muassasa 37-modda. Oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar 38-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi 39-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari 40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar 41-modda. Dividendlar va foizlar 42-modda. Daromad 43-modda. Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar 44-modda. Royalti 45-modda. Tovarlar va xizmatlar. Tovarlar (xizmatlar) bozori 46-modda. Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish 47-modda. Hisobvaraq-faktura 48-modda. Maqsadli mablagʻlar 49-modda. Qimmatli qogʻozlar 50-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari 51-modda. Xedjirlash 52-modda. Qimmatli qogʻozlar bilan REPO operatsiyalari 53-modda. Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari 54-modda. Moliyaviy ijara va lizing 55-modda. Soliq qarzi 56-modda. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti 57-modda. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari 58-modda. Notijorat tashkilotlar 59-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar 60-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar 30-modda. Jismoniy shaxslar (1-q.) Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxslardir. (2-q.) Tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan har qanday ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi. (3-q.) Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari mazkur moddada belgilangan xususiyatlarni va Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga doir xalqaro shartnomalari qoidalarini hisobga olgan holda qoʻllaniladi. (4-q.) Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida Oʻzbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson uch kundan kam boʻlib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan muddatidan koʻproq boʻlsa ham, u Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladi. (5-q.) Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan oʻn ikki oylik muddat tugagunga qadar soliq organlariga uzoq muddatli mehnat shartnomasini yoki ushbu moddaning ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etsa, oʻzining arizasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilishi mumkin. (6-q.) Jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatan boʻlib turishi davri uning qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki oʻqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi. (7-q.) Ushbu modda maqsadlarida chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning quyidagi davrlar mobaynida boʻlgan vaqti uning Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan vaqtiga taalluqli hisoblanmaydi: 1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega shaxs sifatida boʻlgan davri; 2) Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan, xalqaro shartnoma boʻyicha tuzilgan xalqaro tashkilotning xodimi sifatida boʻlgan davri; 3) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmagan taqdirda, ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan shaxslar oilasining aʼzosi sifatida boʻlgan davri. (8-q.) Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatan qancha vaqt boʻlganligidan qatʼi nazar, chet elda xizmatni oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasining harbiy xizmatchilari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan davlat hokimiyati organlarining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi. (9-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlib turganlikni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish) kuni chet davlatlarning davlat chegaralarini kesib oʻtganlik toʻgʻrisidagi belgi asosida aniqlanadi. Bunday belgi Oʻzbekiston Respublikasining va (yoki) chet davlatning chegara nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli organi tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish) hujjatlariga qoʻyiladi. Shuningdek shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlib turganligi davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan, soliq organida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida ham aniqlanishi mumkin. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (10-q.) Agar ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi qoidalari jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatan ham boʻlib turganlik vaqtini aniq belgilash imkonini bermasa, jismoniy shaxs soliq organiga oʻzining kalendar yil (yillar) davomida haqiqatda boʻlib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning koʻchirma nusxalarini), shuningdek oʻzining haqiqatda boʻlib turgan joyini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa hujjatlarni (yoki ularning koʻchirma nusxalarini) taqdim etadi: 1) shaxsni tasdiqlovchi hujjat; 2) belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma; 3) haqiqatda boʻlib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlar. (11-q.) Agar ushbu moddaning qoidalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalariga muvofiq, bir vaqtning oʻzida jismoniy shaxsni ham Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti, ham chet davlatning soliq rezidenti deb tan olish uchun asoslar boʻlsa, uning soliq rezidentligi shunday xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi asosida belgilanadi. Bunda quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi Oʻzbekiston Respublikasida deb eʼtirof etiladi: 1) jismoniy shaxsning eri (xotini) va (yoki) yaqin qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasida yashasa; 2) Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsga va (yoki) uning eriga (xotiniga) va (yoki) uning yaqin qarindoshlariga mulk huquqida yoki boshqa asoslarda tegishli boʻlgan, istalgan vaqtda uning yashashi va (yoki) eri (xotini) va (yoki) uning yaqin qarindoshlari yashashi mumkin boʻlgan koʻchmas mulkning mavjudligi. (12-q.) Agar jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi mavjud boʻlmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yashash joyi bu jismoniy shaxsning iltimosiga binoan uning boʻlib turgan joyi boʻyicha belgilanishi mumkin. Bunda jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha yashab turgan va roʻyxatdan oʻtgan joyi (manzili) jismoniy shaxsning boʻlib turgan joyi hisoblanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (13-q.) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari deb eʼtirof etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling