Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq organlarining majburiyatlari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
27-modda. Soliq organlarining majburiyatlari
(1-q.) Soliq organlari: soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etishi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar, hisoblangan va toʻlangan soliqlar toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlashi; soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda soliq toʻlovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berishi, shuningdek oʻtkazilgan tekshirishlar natijalari toʻgʻrisida xabardor qilishi; soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytida oʻz vaqtida eʼlon qilishi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) soliq toʻlovchilarga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qoʻllash tartibini tushuntirishi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) coliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi; soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni oʻrganishi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablagʻlarining toʻliq va oʻz vaqtida tushishini nazorat qilishi; masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning buzilishi faktlari boʻyicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) oʻz vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi; soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini taʼminlashi; soliq toʻlovchining talabiga binoan soliqlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi; ushbu Kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini soʻzsiz undirishi; yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarini hisobga olishi, ularga soliq toʻlovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda statistika va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga rasmiy ravishda maʼlum qilishi; soliq toʻlovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani berishi; soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683- son Qonuni tahriridagi xatboshi) (2-q.) Soliq organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling