Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-modda. Soliq toʻlovchilarning huquqlari
20-modda. Soliq toʻlovchilar
(1-q.) Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Yuridik shaxslarning alohida boʻlinmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida boʻlinmalar joylashgan yeri boʻyicha bajaradi. (3-q.) Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan soliq toʻlovchilar alohida boʻlinmalarni hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yigʻimlarni) toʻlaydi. (4-q.) Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi. 21-modda. Soliq toʻlovchilarning huquqlari (1-q.) Soliq toʻlovchilar quyidagi huquqlarga ega: soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar toʻgʻrisida, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikdagi oʻzgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni toʻldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) oʻz soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud boʻlgan maʼlumotlarni olish; ushbu Kodeksda belgilangan asoslar mavjud boʻlganda va tartibda soliq imtiyozlaridan foydalanish yoxud ulardan foydalanishni rad etish; soliqlar, penyalar va jarimalarning ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalarini oʻz vaqtida hisobga oʻtkazish yoki qaytarish; ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash; soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlashda oʻzlari yoʻl qoʻygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish; ushbu Kodeksga muvofiq oʻz hududida oʻtkaziladigan sayyor soliq tekshiruvini va soliq auditini oʻtkazish chogʻida hozir boʻlish; sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi materiallari bilan tanishish, shuningdek ushbu tekshiruvlarning dalolatnomalarini olish; soliq tekshiruvini amalga oshiruvchi soliq organlariga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning ijrosiga taalluqli masalalar boʻyicha tushuntirishlar berish; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining ushbu Kodeksga va (yoki) soliq toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmagan talablarini bajarmaslik; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning normativ tusga ega boʻlmagan hujjatlari hamda qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish; soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonunga xilof qarorlari yoki ular mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan zararlarning oʻrni qoplanishini belgilangan tartibda talab qilish; ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq tekshiruvi materiallarini yoki soliq organlarining boshqa hujjatlarini koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etish; soliq munosabatlari masalalariga oid oʻz manfaatlarini shaxsan yoxud soliq maslahatchilari tashkiloti yoki boshqa oʻz vakillari orqali ifodalash; soliq siriga rioya etish va uni saqlash. (2-q.) Soliq toʻlovchilar ushbu Kodeksda va soliq toʻgʻrisidagi boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ- 683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Soliq toʻlovchining soliq munosabatlarida shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi, xuddi shuningdek vakilning ishtirok etishi soliq toʻlovchini bunday munosabatlarda shaxsan ishtirok etish huquqidan mahrum etmaydi. (4-q.) Soliq toʻlovchilarning huquqlari soliq organlari va boshqa vakolatli organlar mansabdor shaxslarining tegishli majburiyatlari bilan taʼminlanadi. (5-q.) Soliq toʻlovchilarning huquqlarini taʼminlashga oid majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling