Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

11-modda. Soliq tizimining yagonaligi prinsipi 
(1-q.)
Soliq tizimi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy makonini buzuvchi, xususan, 
Oʻzbekiston Respublikasining hududi doirasida tovarlarning (xizmatlarning) yoki moliyaviy 
mablagʻlarning erkin muomalada boʻlishini bevosita yoki bilvosita cheklab qoʻyadigan soliqlar 
belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 
12-modda. Oshkoralik prinsipi 
(1-q.)
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari rasman eʼlon qilinishi shart. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Rasman eʼlon qilinmagan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari kuchga 
kiritilmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism) 
13-modda. Soliq toʻlovchining haqligi prezumpsiyasi prinsipi 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) 
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlaridagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan qarama-
qarshiliklar va noaniqliklar soliq toʻlovchining foydasiga talqin etiladi. 
14-modda. Bitimlarning iqtisodiy mazmuni va 
ularni yuridik jihatdan rasmiylashtirish 
(1-q.)
Soliq solish maqsadida barcha bitimlar va soliq toʻlovchi kirishadigan boshqa 
iqtisodiy munosabatlar, ularning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi usulidan yoki shartnomaning 
nomlanishidan qatʼi nazar, oʻzining haqiqiy iqtisodiy mazmunidan kelib chiqqan holda hisobga 
olinishi kerak. 
(2-q.)
Agar bitimning yoki iqtisodiy munosabatlarning yuridik jihatdan rasmiylashtirilishi 
ularning haqiqatdagi iqtisodiy mazmuniga muvofiq boʻlmasa, soliq organlari soliq solish 


maqsadida bitimning yuridik tavsiflanishini, soliq toʻlovchining maqomini va (yoki) uning 
iqtisodiy faoliyati xususiyatini oʻzgartirishga haqli. 
(3-q.)
Qalbaki (koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan) bitimlar soliq solish maqsadida hisobga 
olinmaydi. Agar bunday bitimlar boshqa bitimlarni niqoblasa, soliqlarni hisoblash uchun haqiqiy 
bitimlarning iqtisodiy mazmuni va natijalari hisobga olinadi. 
(4-q.)
Agar bitimlarning yoki boshqa iqtisodiy munosabatlarning barcha ishtirokchilari 
oʻzlari tuzgan bitimlarning barcha shartlari va talablarini bajarayotgan boʻlsa, soliqqa oid 
boʻlmagan munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan 
qoidalarning ayrim buzilishlari soliq toʻlovchi tomonidan olingan daromadlarni yoki ularning 
qilgan xarajatlarini (koʻrgan zararlarini) soliq solish maqsadida eʼtirof etishni rad etish uchun asos 
boʻlib xizmat qilishi mumkin emas. 
(5-q.)
Agar soliq toʻlovchi yagona yoki ustuvor maqsadi soliq toʻlamaslik tarzidagi asossiz 
soliq nafi olishdan yoxud oʻzi toʻlaydigan soliqlarning summasini kamaytirishdan iborat boʻlgan 
operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini amalga oshirsa, uning bunday harakatlari ushbu 
Kodeks maqsadlarida huquqni suiisteʼmol qilish deb eʼtirof etiladi. 
(6-q.)
Soliqlarning summalarini kamaytirishga oid sxema ham huquqni suiisteʼmol qilish 
deb eʼtirof etiladi, bunda ushbu kamaytirish bevosita yoki bilvosita maqsad yoxud oqibat boʻladi 
yoki maqsadlardan yoxud oqibatlardan biri boʻladi hamda bu maqsad yoki oqibat ikkinchi darajali 
boʻlmaydi. Soliqlarning summalarini kamaytirish soliq solish qamrovini bevosita yoki bilvosita 
oʻzgartirishni, soliq imtiyozlaridan foydalanishni yoki toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar 
summalarini boshqacha tarzda kamaytirishni oʻz ichiga oladi. 
(7-q.)
Huquq suiisteʼmol qilingan hollarda, soliq organlari soliq toʻlovchi toʻlashi lozim 
boʻlgan soliqlarning summalarini aniqlashda huquqni suiisteʼmol qilish alomatlariga ega boʻlgan 
ayrim operatsiyalarni yoki operatsiyalar ketma-ketligini eʼtiborga olmaslikka haqli. Shuningdek 
soliq organlari toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar summalarini bunday suiisteʼmollikning taʼsirini 
istisno etadigan tarzda oʻzgartirishga haqli. 
(8-q.)
Ushbu moddada koʻrsatilgan huquqni suiisteʼmol qilishning, bitim qalbakiligining 
(koʻzboʻyamachilik uchun tuzilganligining) holatlarini aniqlash, shuningdek ularning oqibatlarini 
qoʻllash soliq organlari tomonidan, soliq toʻlovchi norozi boʻlgan taqdirda esa, soliq organlarining 
daʼvosi boʻyicha sud tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling