Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliqlarning va yigʻimlarning turlari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-modda. Maxsus soliq rejimlari
17-modda. Soliqlarning va yigʻimlarning turlari
(1-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi: 1) qoʻshilgan qiymat soligʻi; 2) aksiz soligʻi; 3) foyda soligʻi; 4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi; 5) yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq; 5-1) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7) mol-mulk soligʻi; 8) yer soligʻi; 9) ijtimoiy soliq. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yigʻimlar belgilanishi mumkin. Yigʻimlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Chet davlatlar avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yigʻimni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (4-q.) Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 18-modda. Maxsus soliq rejimlari (1-q.) Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi: 1) aylanmadan olinadigan soliq; 2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi; 3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning alohida tartibi; 4) Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi. (OʻzR 14.09.2021-y. OʻRQ-714-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (2-q.) Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bogʻliq holda muayyan muddat uchun belgilanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni toʻlashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllashni nazarda tutishi mumkin. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling