Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
22-modda. Soliq toʻlovchilarning majburiyatlari
(1-q.) Soliq toʻlovchilar: belgilangan soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda hisoblab chiqarishi va toʻlashi; hujjatlarni koʻrib chiqish yoki tushuntirishlar berish zaruriyati toʻgʻrisida chaqiruv xatini olganida soliq organiga kelishi; tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni berishi; soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi; soliq organlari va boshqa vakolatli organlarning qonuniy talablarini bajarishi, koʻrsatilgan organlarning va ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi; agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq hisobotlarining va soliqlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning tegishli soliqlarni toʻlash uchun belgilangan kalendar yildan keyingi besh yil mobaynida but saqlanishini taʼminlashi; oʻzi soliq boʻyicha hisobga olingan joydagi soliq organlarini Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslaridagi va chet el yuridik shaxslaridagi ishtiroki toʻgʻrisida, agar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi 10 foizdan ortiq boʻlsa, xabardor etishi shart. (2-q.) Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, oʻzlari hisobga olingan joydagi soliq organlariga oʻzlarining barcha alohida boʻlinmalari toʻgʻrisida va alohida boʻlinmalarga oid ilgari xabar qilingan maʼlumotlaridagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida alohida boʻlinma tashkil etilgan yoki mazkur maʼlumotlar oʻzgartirilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabar qilishi shart. (3-q.) Ushbu Kodeks bilan zimmasiga soliq hisobotini elektron shaklda taqdim etish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq organlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida foydalaniladigan hujjatlarning soliq organidan telekommunikatsiya aloqa tarmoqlari orqali elektron shaklda olinishini taʼminlashi kerak. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Ushbu Kodeksga muvofiq soliq solish obyekti deb eʼtirof etiladigan koʻchmas mulkka ega boʻlgan chet el yuridik shaxslari ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari, koʻchmas mulk obyekti turgan joydagi soliq organiga ushbu chet el yuridik shaxsining ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda xabar qilishi shart. Yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari koʻrsatilgan holatlarda oʻz muassislari, benefitsiarlari va boshqaruvchilari haqidagi maʼlumotlarni xabar qilishi kerak. Chet el yuridik shaxsida (yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasida) ushbu qismda koʻrsatilgan bir nechta mol-mulk obyekti mavjud boʻlgan taqdirda, ushbu shaxs tanloviga koʻra, xabar mol-mulk obyektlarining biri turgan yerdagi soliq organiga taqdim etiladi. (5-q.) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati bilan soliqlar toʻlaydigan soliq toʻlovchilar zimmasida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar ham boʻladi. (6-q.) Soliq toʻlovchilarning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling