Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24-modda. Soliq toʻlovchining vakillari
23-modda. Soliq agentlari
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) (1-q.) Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq toʻlovchidan ushlab qolish va budjet tizimiga oʻtkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Soliq agentlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar kabi huquqlarga ega boʻladi. (3-q.) Soliq agentlari: soliqlarni toʻgʻri va oʻz vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi hamda budjet tizimiga oʻtkazishi; soliq organlariga soliqni ushlab qolish imkoniyati yoʻqligi va soliq toʻlovchining soliq qarzi summasi toʻgʻrisida bunday holatlar soliq agentiga maʼlum boʻlgan kundan eʼtiboran bir oy ichida yozma ravishda yoki elektron shaklda xabar qilishi; hisoblangan va toʻlangan daromadlarning, hisoblab chiqarilgan, ushlab qolingan va budjet tizimiga oʻtkazilgan soliqlarning hisobini har bir soliq toʻlovchi boʻyicha alohida yuritishi; soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, ushlab qolinishi va oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni soliq organlariga taqdim etishi; soliq hisobotlarining hamda soliqlarni hisoblab chiqarish, ushlab qolish va oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlarning ushbu Kodeksning 88-moddasida nazar tutilgan daʼvo muddati mobaynida but saqlanishini taʼminlashi shart. (4-q.) Soliq agentlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. 24-modda. Soliq toʻlovchining vakillari (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) (1-q.) Soliq toʻlovchi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq munosabatlarida qonuniy yoki vakolatli vakil orqali ishtirok etishga haqli. (2-q.) Vakilning vakolatlari ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilikka muvofiq hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. (3-q.) Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining qonuniy vakili deb ushbu yuridik shaxsga qonun yoki uning taʼsis hujjatlari asosida vakillik qilishga vakolatli shaxslar eʼtirof etiladi. (4-q.) Jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining qonuniy vakili deb fuqarolik qonunchilikka muvofiq uning vakillari sifatida faoliyat olib boradigan shaxslar eʼtirof etiladi. (5-q.) Yuridik shaxs qonuniy vakillarining mazkur yuridik shaxsning soliq munosabatlarida ishtirok etishi munosabati bilan sodir etilgan harakatlari (harakatsizligi) ushbu yuridik shaxsning harakati (harakatsizligi) hisoblanadi. (6-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan tartibda soliq organlari, bojxona organlari va soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchilari bilan munosabatlarda oʻz manfaatlarini ifodalash vakolati berilgan soliq maslahatchilari tashkilotlari yoki boshqa shaxslar soliq toʻlovchining vakolatli vakillari boʻlishi mumkin. (7-q.) Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining vakolatli vakili, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz vakolatlarini tuzilgan shartnoma yoki fuqarolik qonunchilikda belgilangan tartibda beriladigan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. (8-q.) Jismoniy shaxs boʻlgan soliq toʻlovchining vakolatli vakili oʻz vakolatlarini fuqarolik qonunchilikka muvofiq notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida amalga oshiradi. (9-q.) Soliq, moliya, bojxona va boshqa davlat organlarining mansabdor shaxslari soliq toʻlovchining vakolatli vakillari boʻla olmaydi. (10-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi qonun asosida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi barcha ishtirokchilarining vakolatli vakili hisoblanadi. (11-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma qoidalaridan qatʼi nazar, ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi quyidagilar bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarda mazkur konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalashga haqli: soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek ushbu shartnomaga oʻzgartirish kiritish, shartnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror va uni tugatish bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarda; soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisidan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi uchun foyda soligʻi boʻyicha qarzlarni majburiy undirish bilan bogʻliq huquqiy munosabatlarda; soliq organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshirilgan harakatlar (harakatsizlik) xususiyati boʻyicha ular soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning huquqlariga bevosita taʼsir qilsa. (12-q.) Amal qilish muddati tugashi bilan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda yoki tugatilganda ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi boʻlgan shaxs ushbu moddaning oʻninchi va oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan vakolatlarini saqlab qoladi. (13-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan shaxslar mazkur guruh ishtirokchilarining manfaatlarini ifodalash boʻyicha ushbu Kodeks bilan oʻzlariga berilgan vakolatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnoma yoki berilgan ishonchnoma asosida uchinchi shaxslarga berishga haqlidir. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling