Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

25-modda. Vakolatli organlar 
Quyidagilar vakolatli organlardir: 
soliq organlari - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Yirik soliq toʻlovchilar 
boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar (shaharlar) davlat soliq 
inspeksiyalari; 
bojxona organlari - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat bojxona 
qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri boʻyicha 
boshqarmalari, "Toshkent - AERO" maxsus bojxona kompleksi va bojxona postlari
yigʻimlarni undirish funksiyasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar. 
26-modda. Soliq organlarining huquqlari 


(1-q.)
Soliq organlari quyidagilarga haqli: 
soliq toʻlovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish 
hamda toʻlash uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron 
tarzda taqdim etishini talab qilish; 
ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq tekshiruvlari va boshqa soliq nazorati tadbirlarini 
oʻtkazish; 
hududni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan 
soliq toʻlovchi daromad olish uchun foydalanadigan yoki soliq solish obyektlarini saqlash bilan 
bogʻliq joylarni koʻzdan kechirish; 
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlarning nazorat 
oʻlchovlarini oʻtkazish; 
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda kassani va tovar-moddiy boyliklar hamda hujjatlar 
saqlanadigan joylarni ikki kundan ortiq boʻlmagan muddatga, ikki kundan ortiq muddatga esa, sud 
qarori boʻyicha muhrlash; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
soliqlarni va yigʻimlarni hisoblab chiqarish bilan bogʻliq hujjatlarni va elektron axborot 
jismlarini olib qoʻyish; 
foto- va videotasvirga tushirish, tushuntirishlar hamda boshqa maʼlumotlarni olish; 
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash; 
soliq toʻlovchi hisob hujjatlarini yoʻqotgan yoki yoʻq qilgan hollarda soliq toʻlovchi 
toʻgʻrisidagi oʻzida mavjud axborot, shuningdek boshqa shu kabi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlar asosida soliqlar summasini hisob-kitob orqali mustaqil ravishda aniqlash; 
oʻzaro kelishuv asosida soliq monitoringida ishtirok etayotgan soliq toʻlovchi tomonidan 
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligi, 
toʻliqligi va oʻz vaqtida toʻlanishi yuzasidan soliq monitoringini oʻtkazish; 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
soliq qarzini majburiy undirish choralarini koʻrish; 
soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va moliyaviy sanksiyalar 
qoʻllash; 
soliq huquqbuzarliklarining aniqlangan holatlari boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni 
belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazish. Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar va 
yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga oʻtkazish sud 
tartibida amalga oshiriladi; 
soliq toʻlovchilarga nisbatan ular tomonidan noqonuniy olingan mablagʻlarni davlat 
daromadiga undirish toʻgʻrisida sudlarga daʼvolar kiritish; 
hujjatlarning davlat tiliga tarjima qilinishini talab qilish; 
soliq toʻlovchilarni va soliq agentlarini yozma bildirish asosida soliq organlariga ular 
tomonidan soliqlarni toʻlash (ushlab qolish va oʻtkazish) yuzasidan yoki soliq tekshiruvi bilan 
bogʻliq ravishda, shuningdek ular tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning bajarilishi bilan 
bogʻliq boshqa hollarda tushuntirishlar berishga chaqirish; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi xatboshi) 
ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soliq toʻlovchining yoki soliq agentining bankdagi 
hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish va ularning mol-mulkini xatlab qoʻyish; 
soliq toʻlovchilar va ularning vakillaridan, soliq agentlaridan soliq toʻgʻrisidagi 
qonunchilikning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni talab qilish hamda ushbu talablarning 
bajarilishini nazorat qilish; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 
ushbu Kodeksda belgilangan majburiyatlarning banklar tomonidan bajarilishini nazorat 
qilish. 
(2-q.)
Soliq organlari qonunga muvofiq boshqa huquqlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling