Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq
solishga oid xalqaro shartnomalarining qoʻllanilishi (1-q.) Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga oid xalqaro shartnomalarini va xalqaro soliq huquqining umumiy normalarini qoʻllash ushbu moddada belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi tomonlardan biri boʻlgan, ikkiyoqlama soliq solishning oldini olish va soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlashni bartaraf etish masalalarini tartibga soladigan xalqaro shartnoma qoidalari shunday shartnomani tuzgan bir yoki ikkala davlatning soliq rezidentlariga nisbatan qoʻllaniladi. (3-q.) Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi tuzilgan davlatning soliq rezidentiga nisbatan, agar soliq rezidenti ushbu xalqaro shartnoma qoidalaridan mazkur xalqaro shartnoma tuzilgan davlatning soliq rezidenti boʻlmagan boshqa shaxs manfaatlarini koʻzlab foydalansa, tatbiq etilmaydi. (4-q.) Ushbu moddaning beshinchi - oʻn ikkinchi qismlari qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasiga muvofiq toʻlov manbaidan daromad olish uchun haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlash uchun qoʻllaniladi. (5-q.) Yuridik shaxs tomonidan toʻlanadigan daromadlardan mustaqil ravishda foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan shaxs yoxud uning manfaatlarini koʻzlab bunday daromadlarni tasarruf etishga vakolatli boʻlgan oʻzga shaxs ushbu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs deb topiladi. Bunda bu huquq ushbu yuridik shaxsda bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etish yoki uning ustidan nazorat boʻlganligi yoxud boshqa holatlar tufayli yuzaga kelganligi ahamiyatga ega emas. (6-q.) Yuridik shaxs tashkil etmagan tuzilmaning daromadlariga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs xuddi shunday tartibda aniqlanadi. (7-q.) Daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxsni aniqlashda ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar tomonidan bajariladigan vazifalar, shuningdek ular qabul qiladigan tavakkalchiliklar inobatga olinadi. (8-q.) Agar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlarni tasarruf etishga nisbatan chet ellik shaxs cheklangan vakolatlarga ega boʻlsa, hech qanday boshqa vazifalarni bajarmasa va hech qanday tavakkalchilikni oʻz zimmasiga olmasa, bunday daromadlarni bevosita yoki bilvosita boshqa shaxsga toʻlagan (toʻliq yoki qisman) holda, ushbu boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab mazkur daromadlarga nisbatan vositachilik vazifalarini amalga oshirsa, bu chet ellik shaxs Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega deb eʼtirof etilmaydi. (9-q.) Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan daromadlarni bunday daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan chet ellik shaxsga toʻlash chogʻida, agar toʻlov manbaiga bunday daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega shaxs maʼlum boʻlsa, toʻlanayotgan daromadga soliq solish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) agar toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti boʻlsa, toʻlanayotgan daromadga (uning bir qismiga) soliq solishi, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlariga nisbatan ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) taalluqli soliq, agar toʻlov manbai oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organini xabardor qilgan boʻlsa, toʻlov manbai tomonidan ushlab qolinmaydi. Bunday xabardor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi band) 2) agar toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnoma mavjud boʻlgan davlatning (hududning) soliq rezidenti boʻlsa, toʻlanayotgan daromadlarga (ularning bir qismiga) soliq solishga nisbatan mazkur xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. (10-q.) Koʻrsatilgan qoidalar, basharti daromadlar toʻlanadigan va bu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan shaxsning doimiy turgan joyi soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnomaga ega boʻlgan davlat (hudud) boʻlsa, qoʻllaniladi. (11-q.) Agar daromadlar toʻlanadigan va bu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan shaxsning doimiy turgan joyi soliq solish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bilan amaldagi xalqaro shartnomaga ega boʻlmagan davlat (hudud) boʻlsa, soliq toʻlov manbaida mazkur Kodeks bilan belgilangan soliq stavkalari boʻyicha ushlab qolinadi. Agar bunday daromadlar ushbu daromadlarga nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlmagan va bu daromadlarga (ularning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlgan shaxs qaysi davlat (hudud) rezidenti ekanligi oʻziga maʼlum boʻlmagan shaxsga toʻlansa, toʻlov manbaidagi soliq ham soliq stavkalari boʻyicha ushlab qolinadi. (12-q.) Xalqaro shartnomada Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan belgilangan vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalariga muvofiq chet davlatning vakolatli organidan chet davlat soliq toʻlovchisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida bajarilmagan soliq majburiyatlarini bajarishiga koʻmaklashish toʻgʻrisida soʻrashga haqli. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling