Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
4-modda. Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning
vaqt boʻyicha amal qilishi (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda nomi) (1-q.) Soliq solish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan soliq toʻgʻrisidagi qonunchiliklar orqaga qaytish kuchiga ega. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Soliqlar va yigʻimlarni bekor qilishni, soliqlar va yigʻimlar stavkalarini kamaytirishni, soliq toʻlovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar bu soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (5-q.) Yangi soliqlar va yigʻimlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach amalga kiritiladi. Soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari subyektlarining holatini boshqacha tarzda ogʻirlashtirishni nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari ham xuddi shunday tartibda amalga kiritiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ- 683-son Qonuni tahriridagi qism) (6-q.) Soliqlar va yigʻimlar stavkalarining oʻzgartirilishini nazarda tutuvchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar ularda kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, ular rasman eʼlon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan eʼtiboran amalga kiritiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (7-q.) Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida koʻrsatilmagan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling