Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar
39-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari
(1-q.) Soliq solish maqsadida bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga javob beradigan chet el yuridik shaxsi nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb eʼtirof etiladi: 1) chet el yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etilmaydi; 2) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar chet el yuridik shaxsini nazorat qiluvchi shaxslar hisoblanadi. (2-q.) Nazorat qiluvchi shaxslari Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxs boʻlgan, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ham nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi deb eʼtirof etiladi. (3-q.) Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish oʻz-oʻzidan ushbu qismda koʻrsatilgan shaxs oʻzi uchun nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) nazorat qiluvchi kompaniya deb eʼtirof etishga asos boʻlmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi sheriklar yoki oʻzga shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qoʻllaniladi. 40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va nazorat qiluvchi shaxslar (1-q.) Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida quyidagilar chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxslari deb eʼtirof etiladi: 1) chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi 25 foizdan ortiqni tashkil etadigan, Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladigan yuridik yoki jismoniy shaxs; 2) ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 10 foizdan ortiq boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan barcha shaxslarning ushbu kompaniyada ishtirok etish ulushi 50 foizdan ortiq boʻlsa. (2-q.) Ushbu moddaning birinchi qismi maqsadi uchun chet el kompaniyasida ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 38-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. (3-q.) Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxslar uchun ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11-bandida koʻrsatilgan shaxslar bilan birgalikda hisobga olinadi. (4-q.) Agar shaxsning chet el kompaniyasida ishtirok etishi listing tartib-taomilidan oʻtgan va (yoki) tegishli litsenziyaga ega boʻlgan birjalarda yoki chet el moliyaviy vositachilari roʻyxatiga kiritilgan birjalarda muomalaga kiritilgan qimmatli qogʻozlar (depozitar qaydlar) emitenti boʻlgan bir yoki bir nechta Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etishi orqaligina amalga oshirilgan boʻlsa hamda bu shaxs ushbu moddaning beshinchi - oʻn ikkinchi qismlariga muvofiq nazoratchi shaxs deb tan olinmasa, mazkur shaxs chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etilmaydi. Bunda chet el moliyaviy vositachilari deganda Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish boʻyicha vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatga kiritilgan chet el fond birjalari va chet el depozitar-kliring tashkilotlari tushuniladi. (5-q.) Qaysi shaxsning ishtirok etish ulushiga nisbatan kompaniyada ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan shartlarga rioya etilmasa, biroq bunda bu shaxs mazkur kompaniya ustidan nazoratni shaxsiy manfaatlarini yoki ushbu Kodeksning 37-moddasi uchinchi qismi 11- bandida nazarda tutilgan shaxslarning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirsa, oʻsha shaxs ham chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi organi deb eʼtirof etiladi. (6-q.) Sof foydani (daromadni) taqsimlashga nisbatan kompaniya tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatish yoki taʼsir koʻrsatish imkoniyati ushbu Kodeksning maqsadlari uchun kompaniya ustidan nazoratni amalga oshirish deb eʼtirof etiladi. Bunda shaxsning bunday qarorlarga ham ushbu kompaniyada bevosita yoki bilvosita ishtirok etishi tufayli, ham ushbu kompaniyani boshqarish qaysi shartnomaning (bitimning) predmeti boʻlsa, oʻsha shartnomada (bitimda) ishtirok etishi tufayli yoxud ushbu shaxs hamda kompaniya va (yoki) oʻzga shaxslar oʻrtasidagi boshqa oʻziga xos munosabatlar tufayli taʼsir etishi yoki taʼsir etish imkoniyati hisobga olinadi. (7-q.) Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining aktivlarini boshqaruvchi shaxs tomonidan ushbu tuzilma olgan foydani (daromadni) jismoniy shaxs qaysi davlatning (hududning) fuqarosi boʻlsa yoki yuridik shaxs qaysi davlatda (hududda) tashkil etilgan boʻlsa, oʻsha davlatning (hududning) qonunchiligiga va mazkur yuridik shaxsning taʼsis hujjatlariga muvofiq taqsimlashga nisbatan qabul qilinadigan qarorga taʼsir koʻrsatish yoki taʼsir koʻrsatish imkoniyati ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi ustidan nazoratni amalga oshirish deb eʼtirof etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (8-q.) Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb ushbu tuzilmaning muassisi (asoschisi) eʼtirof etiladi. (9-q.) Agar ushbu moddaning oʻn birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa va agar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmasining muassisiga (asoschisiga) nisbatan bir vaqtning oʻzida quyidagi barcha shartlarga rioya etilsa, ushbu muassis (asoschi) mazkur tuzilmani nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etilmaydi: 1) bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) bevosita yoki bilvosita toʻliq yoki qisman olishga (olishni talab qilishga) haqli boʻlmasa; 2) bunday shaxs bu tuzilmaning foydasini (daromadini) yoki uning bir qismini tasarruf etishga haqli boʻlmasa; 3) bunday shaxs bu tuzilmaga berilgan mol-mulkka boʻlgan huquqni oʻzida saqlab qolmagan boʻlsa (mol-mulk bu tuzilmaga qaytarmaslik shartlari asosida berilgan boʻlsa); 4) bunday shaxs bu tuzilma ustidan ushbu moddaning yettinchi qismiga muvofiq nazoratni amalga oshirmasa. (10-q.) Agar yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining muassisi (asoschisi) bu tuzilmaning aktivlarini oʻz mulkiga oʻtkazish huquqiga ega boʻlmasa, ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi 3-bandida nazarda tutilgan shart bajarilgan deb eʼtirof etiladi. Bunda ushbu tuzilmaning aktivlarini tuzilmaning butun mavjud boʻlish davri mobaynida, shuningdek u tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda, toʻliq yoki qisman mulkka oʻtkazishga doir cheklov ushbu tuzilma tashkil etilgan chet davlatning (hududning) qonunchiligi va (yoki) tuzilmaning taʼsis hujjatlari bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (11-q.) Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan shaxs, agar u ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi 1-3-bandlarida koʻrsatilgan huquqlardan istalganini olish huquqini oʻzida saqlab qolgan boʻlsa, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etiladi. (12-q.) Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining taʼsis etuvchisi (asoschisi) hisoblanmaydigan oʻzga shaxs ham, agar bunday shaxs tuzilma ustidan nazoratni amalga oshirsa va bunda unga nisbatan quyidagi shartlardan hech boʻlmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeks maqsadlarida ushbu shaxs mazkur tuzilmaning nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etiladi: 1) bunday shaxs ushbu tuzilma tomonidan olinadigan daromadga (uning bir qismiga) nisbatan haqiqiy huquqqa ega boʻlsa; 2) bunday shaxs ushbu tuzilmaning mol-mulkini tasarruf etishga haqli boʻlsa; 3) bunday shaxs ushbu tuzilma tugatilgan (shartnoma tugatilgan, bekor qilingan) taqdirda uning mol-mulkini olishga haqli boʻlsa. (13-q.) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti oʻzini mustaqil ravishda ushbu moddaning birinchi yoki beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, chet el kompaniyasining nazorat qiluvchi shaxsi deb yoki ushbu moddaning toʻqqizinchi yoki oʻn ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra, yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasining nazorat qiluvchi shaxsi deb eʼtirof etishga haqli. Bunday hollarda, oʻzini nazorat qiluvchi shaxs deb eʼtirof etgan shaxs oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda tegishli bildirish xati yuboradi. (14-q.) Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalarining nazorat qiluvchi shaxslarini eʼtirof etishning ushbu moddada belgilangan qoidalari, qaysi chet el yuridik shaxslarini nazorat qiluvchi shaxslar uchun ular taʼsis etilgan yoki fuqarosi boʻlgan chet davlatning (hududning) qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etishi nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻsha shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling