Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
45-modda. Tovarlar va xizmatlar.
Tovarlar (xizmatlar) bozori (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) (1-q.) Tabiatning yoki inson faoliyatining (shu jumladan intellektual faoliyatning) qiymat bahosiga ega boʻlgan va realizatsiya qilish uchun moʻljallangan har qanday predmeti tovar deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Tovarlar deb, xususan, elektr energiyasi, maʼlumotlar bazasi, axborot, intellektual faoliyat natijalari, shu jumladan ularga boʻlgan mutlaq huquqlar eʼtirof etiladi. (3-q.) Soliq solish maqsadida mulkiy huquqlar ham tovar deb eʼtirof etiladi. (4-q.) Nomoddiy xususiyatga ega boʻlgan, pulda ifodalangan bahoga ega mol-mulkka qaratilgan va ushbu mol-mulkdan mustaqil ravishda, unga bogʻliq boʻlmagan holda muomalada boʻlishga qodir (oldi-sotdi shartnomasining obyekti yoxud shartnomada yoki boshqa tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan, ushbu mulkiy huquqqa egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan, oʻz mulkdoridan oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazish obyekti boʻlishi mumkin boʻlgan) fuqaroviy huquq obyekti soliq solish maqsadida mulkiy huquq deb eʼtirof etiladi. (5-q.) Mulkiy huquqlar jumlasiga quyidagilar kiradi, chunonchi: kreditorning qarzdorga talab qoʻyish huquqi, xoʻjalik jamiyatining ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish ulushi, qimmatli qogʻozlar, muallifning (yoki boshqa huquq egasining) intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqi, shuningdek huquqlarning zamirida yotgan mol-mulk bilan bogʻliq, sotilishi yoki oʻz mulkdoridan oʻzga shaxsga boshqacha tarzda oʻtkazilishi mumkin boʻlgan boshqa turlari. (6-q.) Ashyoning oʻzini oʻtkazmay turib, mustaqil muomalada boʻlishi mumkin boʻlmagan ashyoviy huquqlarga mulkiy huquqlar sifatida qaralmaydi. (7-q.) Bojxona toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish maqsadida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq tovarlar jumlasiga boshqa mol-mulk kiritilishi mumkin. (8-q.) Boshqa shaxslarning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan mahsulotlarni (moddiy yoki nomoddiy) ishlab chiqarishga doir tadbirkorlik faoliyatining turlari, shuningdek boshqa shaxslar uchun bajariladigan ishlar soliq solish maqsadida xizmatlar deb eʼtirof etiladi. (9-q.) Jismoniy shaxslarning ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi doirasidagi faoliyati xizmatlar jumlasiga kirmaydi. (10-q.) Bir xil xususiyatli asosiy belgilarga ega boʻlgan tovarlar (xizmatlar) soliq solish maqsadida aynan oʻxshash tovarlar (xizmatlar) deb eʼtirof etiladi. (11-q.) Tovarlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda bunday tovarlarning tashqi koʻrinishidagi arzimas farqlar hisobga olinmasligi mumkin. (12-q.) Tovarlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda ularning fizik xususiyatlari, sifati, moʻljallangan vazifasi, kelib chiqqan mamlakati va ishlab chiqaruvchisi, uning bozordagi ishbilarmonlik obroʻsi hamda foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi. (13-q.) Xizmatlarning aynan oʻxshashligini aniqlashda bajaruvchining (pudratchining) xususiyatlari, uning bozordagi ishbilarmonlik obroʻsi va foydalaniladigan tovar belgisi hisobga olinadi. (14-q.) Aynan oʻxshash boʻlmagan holda, bir xil xususiyatlarga ega boʻlgan hamda ayni bir vazifani bajarish imkoniyatini beradigan oʻxshash tarkibiy qismlardan iborat boʻlgan va (yoki) tijorat jihatidan bir-birining oʻrnini bosa oladigan tovarlar ushbu Kodeksning maqsadlari uchun bir turdagi tovarlar deb eʼtirof etiladi. (15-q.) Tovarlarning bir turdaligini aniqlashda, ularning sifati, bozordagi mavqei, tovar belgisi, kelib chiqqan mamlakati hisobga olinadi. (16-q.) Aynan oʻxshash boʻlmagan holda, tijorat jihatidan va (yoki) bajaradigan vazifasi jihatidan bir-birining oʻrnini bosish imkoniyatini beradigan bir xil xususiyatlarga ega xizmatlar bir turdagi xizmatlar deb eʼtirof etiladi. (17-q.) Xizmatlarning bir turdaligini aniqlashda ularning sifati, tovar belgisi, bozordagi mavqei, shuningdek turlari, hajmlari, noyobligi va tijorat jihatidan bir-birining oʻrnini bosa olishi hisobga olinadi. (18-q.) Tovarlarning muomalada boʻlish sohasi tovarlar bozori deb eʼtirof etiladi, bu soha xaridorning (sotuvchining) bu tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida uncha koʻp boʻlmagan qoʻshimcha xarajatlarsiz olish (realizatsiya qilish) imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Xizmatlar bozori ham xuddi shunday tartibda belgilanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling