Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
49-modda. Qimmatli qogʻozlar
(1-q.) Qimmatli qogʻozlar mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi oʻrtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydigan, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad toʻlashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish imkoniyatini nazarda tutadigan hujjatlardir. (2-q.) Qimmatli qogʻozlarga aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar, depozit sertifikatlari, depozitar tilxatlar, opsionlar, fyuchers va forvard kontraktlari kiradi, shuningdek qonunchilikka yoki chet davlatning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga muvofiq qimmatli qogʻozlar deb eʼtirof etiladigan boshqa qimmatli qogʻozlar kiradi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (3-q.) Qimmatli qogʻozlarni emissiyaviy qimmatli qogʻozlar jumlasiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari yoki chet davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchilik bilan belgilanadi. (4-q.) Agar qimmatli qogʻozlar bilan bajariladigan operatsiya muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar mezonlariga muvofiq boʻlsa, soliq toʻlovchi uni mustaqil ravishda soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar bilan bajariladigan operatsiyalar jumlasiga yoki muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga oid operatsiyalar jumlasiga kiritishga haqli. (5-q.) Soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar quyidagi shartlarga bir vaqtning oʻzida rioya etilgan taqdirda qimmatli qogʻozlarning uyushgan bozorida muomalada boʻlayotgan qimmatli qogʻozlar (muomaladagi qimmatli qogʻozlar) deb eʼtirof etiladi: ular qimmatli qogʻozlar savdolarining hech boʻlmaganda bitta tashkilotchisi tomonidan muomalaga kiritilgan boʻlsa; ularning narxlari (kotirovkalari) toʻgʻrisidagi axborot ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinsa yoxud savdolarning tashkilotchisi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan har qanday manfaatdor shaxsga qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalar amalga oshirilgan sanadan eʼtiboran uch yil ichida berilishi mumkin boʻlsa; soliq toʻlovchi bu qimmatli qogʻozlarga doir bitimni tuzgan sanadan eʼtiboran oʻtgan ketma- ket uch oy ichida ular boʻyicha hech boʻlmaganda bir marta bozor kotirovkasi hisoblab chiqarilgan boʻlsa (bundan qimmatli qogʻozlarni birlamchi joylashtirish chogʻidagi bozor kotirovkasining hisob-kitobi mustasno). Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling