Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

48-modda. Maqsadli mablagʻlar 
(1-q.)
Soliq solish maqsadida soliq toʻlovchi tomonidan maqsadli mablagʻlarning manbai 
boʻlgan shaxs tomonidan belgilangan yoki qonunchilikda belgilangan maqsadga koʻra foydalanish 
uchun olingan mol-mulk maqsadli mablagʻlarga kiradi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi qism) 
(2-q.)
Maqsadli mablagʻlarga jumladan quyidagilar kiradi: 
1) budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va budjet subsidiyalari
2) grantlar va insonparvarlik yordami; 
3) maqsadli tushumlar. 
(3-q.)
Soliq solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan tartibda bepul asosda beriladigan quyidagi mol-mulk grant deb eʼtirof etiladi: 
1) davlatlar, davlatlarning hukumatlari, xalqaro yoki chet el hukumat tashkilotlari yoxud 
nohukumat tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga berilgan mol-mulk; 
2) chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston 
Respublikasiga berilgan mol-mulk. 
(4-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan u vakolat bergan 
tashkilotlar orqali taqsimlanadigan, aholining ijtimoiy jihatdan nochor guruhlariga tibbiy va (yoki) 
ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar
falokatlar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini 
olish hamda ularni bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga aniq maqsadli begʻaraz 
koʻmaklashish soliq solish maqsadida insonparvarlik yordami deb eʼtirof etiladi.
(5-q.)
Maqsadli tushumlarga notijorat tashkilotlarni taʼminlash va ularning ustavda 
belgilangan faoliyatini yuritishga yoʻnaltirilgan tushumlar (bundan aksiz toʻlanadigan tovarlar 
tarzidagi tushumlar mustasno) davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida bepul kelib 
tushgan, shuningdek boshqa yuridik va (yoki) jismoniy shaxslardan kelib tushgan, mazkur 
oluvchilar tomonidan maqsadli foydalaniladigan tushumlar kiradi. 
(6-q.)
Notijorat tashkilotlarni taʼminlash va ularning ustavda belgilangan faoliyatini 
yuritishga yoʻnaltirilgan maqsadli tushumlarga quyidagilar kiradi: 
1) muassislarning (ishtirokchilarning, aʼzolarning) nodavlat notijorat tashkilotlari 
toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirilgan badallari, shuningdek fuqarolik 
toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq deb eʼtirof etiladigan xayriyalar; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) notijorat tashkilotlar tomonidan bepul olingan tegishli shartnomalar asosida koʻrsatilgan 
xizmatlar tarzidagi daromadlar; 


3) ushbu Kodeksda belgilangan tartibda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, uy-joy, 
bogʻdorchilik, bogʻ-tomorqa, garaj-qurilish, uy-joy qurilish kooperativlari yoki boshqa 
ixtisoslashgan isteʼmolchilar kooperativlari tomonidan amalga oshiriladigan umumiy mulkni 
taʼmirlash, mukammal taʼmirlash uchun ularning aʼzolari tomonidan zaxira shakllantirishga 
ajratmalar; 
4) notijorat tashkilotlarga vasiyatnoma boʻyicha meros tartibida oʻtadigan mol-mulk; 
5) notijorat tashkilotlarning ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan 
budjet mablagʻlari; 
6) xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun olingan mablagʻlar va boshqa mol-mulk
7) kasaba uyushmasi tashkilotlariga kasaba uyushmasi tashkilotlarining ustavlarida nazarda 
tutilgan ijtimoiy-madaniy va boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun jamoa shartnomalariga 
(kelishuvlariga) muvofiq kelib tushgan mablagʻlar; 
8) notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan, ustavda 
belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikka muvofiq ular tomonidan tuzilgan 
soliq toʻlovchi boʻlgan tarkibiy boʻlinmalardan bepul olingan mablagʻlar; 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
9) ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish uchun diniy tashkilotlar tomonidan 
olingan mol-mulk; 
10) notijorat tashkilotlar tomonidan ular ustavda belgilangan faoliyatini amalga oshirish 
uchun davlat hokimiyati organlarining qarorlariga binoan olingan davlat mulkidan bepul 
foydalanish huquqi tarzidagi mulkiy huquqlar. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling