Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44-modda. Royalti
42-modda. Daromad
Nafni baholash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda va bunday nafni baholash mumkin boʻlgan darajada hisobga olinadigan pul yoki natura shaklidagi iqtisodiy naf daromad deb eʼtirof etiladi. 43-modda. Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar (1-q.) Soliq toʻlovchining daromadlari Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari va iqtisodiy munosabatlarning boshqa subyektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa daromadlar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiradi. (3-q.) Agar ushbu Kodeksning qoidalari daromadlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga qatʼiy kiritish imkoniyatini bermasa, daromadni u yoki bu manbaga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur daromadlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin boʻlgan ulushi va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin boʻlgan ulushi ayni shunday tartibda aniqlanadi. 44-modda. Royalti (1-q.) Har qanday nomoddiy aktivdan foydalanganlik yoki foydalanish huquqi uchun toʻlovlar royalti deb eʼtirof etiladi, shu jumladan: sanʼat, adabiyot, ilm-fan, shu jumladan dasturiy taʼminot va maʼlumotlar bazalariga, chizmaga, dizaynga yoki modelga, rejaga, maxfiy formulaga, texnologiyaga yoki jarayonga, audiovizual asarlarga hamda turdosh huquqlar obyektlariga, shu jumladan ijrolar va fonogrammalarga boʻlgan mualliflik huquqlari; patentlar, tovar belgilari, savdo markalari yoki huquqning boshqa shunga oʻxshash turlari; sanoat, tijorat yoki ilmiy tajribaga taalluqli axborot (nou-xau). Bunda ilmiy-texnika sohasidagi intellektual faoliyat natijalari va (yoki) kasbiy faoliyatni amalga oshirish usullari toʻgʻrisidagi, ilgarigi tajribadan kelib chiqadigan, iqtisodiy faoliyatda amaliy jihatdan qoʻllaniladigan, shuningdek (uning uchinchi shaxslarga maʼlum emasligi tufayli) haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega boʻlgan sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega axborot (agar bunday maʼlumotlardan qonuniy asosda erkin foydalanish imkoniyati uchinchi shaxslarda mavjud boʻlmasa) va uning oshkor etilishi natijasida iqtisodiy naf olish mumkin boʻlsa, bu axborot nou- xau deb tushuniladi. (2-q.) Quyidagilar uchun toʻlanadigan toʻlovlarga royalti sifatida qaralmaydi: 1) kompyuter dasturlaridan foydalanganlik (shu jumladan dasturni joylashtirilgan ichki imkoniyatlardan foydalangan holda sozlash yoʻli bilan moslashtirish), agar foydalanish shartlari bunday dasturning moʻljallangan funksional maqsadi bilan cheklangan va uni takrorlash bunday foydalanish uchun zarur boʻlgan koʻchirma nusxalar soni bilan chegaralangan boʻlsa; 2) shaxsning foydalanishi, egalik qilishi va (yoki) tasarruf etishi uchun ushbu qismning 1- bandida belgilangan intellektual mulk huquqi obyektlari oʻzida aks ettirilgan yoki turgan tovarlarni (shu jumladan axborot tashuvchilarni) sotib olganlik; 3) kompyuter dasturlarini va maʼlumotlar bazalarini (hisoblash texnikasining dasturiy vositalarini va axborot mahsulotlarini) ishlab chiqish, shuningdek dasturlarni oʻrnatish, ularga ishlov berish va ularni sozlash, moslashtirish va modifikatsiya qilish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik; 4) buyurtmachi bilan tuzilgan shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish natijasi hisoblanadigan, yangi olingan, sanoat, tijorat yoki ilmiy xususiyatga ega boʻlgan axborotdan foydalanganlik; 5) dasturiy mahsulotning nusxalarini ularni takrorlash huquqisiz yoki agar ularni takrorlash yakuniy isteʼmolchi tomonidan foydalanish bilan cheklangan boʻlsa, tarqatishga boʻlgan huquqni oʻtkazganlik. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling