Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
53-modda. Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) (1-q.) Qimmatli qogʻozlarni qarzga berish Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tuzilgan, ushbu moddaning uchinchi - oltinchi qismlarida belgilangan shartlarni qanoatlantiradigan qarz shartnomasi (bundan buyon matnda qarz shartnomasi deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi. (2-q.) Ushbu Kodeks qoidalari soliq toʻlovchining vositachilar, ishonchli vakillar, agentlar, ishonchli boshqaruvchilar tomonidan tegishli fuqaroviy-huquqiy shartnomalar asosida uning hisobidan amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalariga nisbatan ham qoʻllaniladi. (3-q.) Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qogʻozlarning qarz shartnomasida foizlar pul shaklida toʻlanishi nazarda tutilishi kerak. (4-q.) Foiz stavkasi yoki uni aniqlash tartibi qarz shartnomasining shartlarida belgilanadi. (5-q.) Qarz shartnomasi boʻyicha foizlarni aniqlash maqsadi uchun, agar ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qarz shartnomasi boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlarning qiymati tegishli qimmatli qogʻozlarning shartnomani tuzish sanasidagi bozor narxiga teng tarzda, bozor narxi mavjud boʻlmagan taqdirda esa, hisob- kitob qilingan narxiga teng etib qabul qilinadi. Bunda qimmatli qogʻozlarning bozor narxi va hisob-kitob qilingan narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi. (6-q.) Qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini kreditor tomonidan qarz oluvchiga oʻtkazish chogʻidagi oʻtish sanasi qarzning boshlanish sanasi boʻladi, qimmatli qogʻozlarga boʻlgan mulk huquqini qarz oluvchi tomonidan kreditorga oʻtkazish chogʻidagi oʻtish sanasi qarzning tugash sanasi boʻladi. (7-q.) Ushbu Kodeks maqsadida qimmatli qogʻozlar tarzida berilgan (olingan) qarz shartnomasining muddati bir yildan oshmasligi kerak. (8-q.) Agar qarz shartnomasida qimmatli qogʻozlarni qaytarish muddati belgilanmagan boʻlsa yoki mazkur muddat talab qilib olish payti bilan belgilangan boʻlsa (ochiq sanali qarz shartnomasi) va qarz boshlangan sanadan eʼtiboran bir yil ichida qimmatli qogʻozlar qarz oluvchi tomonidan kreditorga qaytarilmagan boʻlsa, soliq solish maqsadida qimmatli qogʻozlar qarz boshlangan sanada realizatsiya qilingan deb eʼtirof etiladi. (9-q.) Bunda kreditorning va qarz oluvchining qarz shartnomasi boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishdan (sotib olishdan) olingan daromadlari hamda qilingan xarajatlari qimmatli qogʻozlarning qarz boshlangan va foizlar olingan (toʻlangan) sanadagi bozor narxidan (hisob-kitob narxidan) kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi. (10-q.) Mazkur qimmatli qogʻozlarning koʻrsatilgan bozor (hisob-kitob) narxi ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilangan qoidalarga muvofiq aniqlanadi. (11-q.) Ushbu modda sakkizinchi qismining qoidalari quyidagi hollarda ham qoʻllaniladi, agar: 1) qarz shartnomasida qarzni qaytarish muddati belgilangan boʻlsa, biroq qimmatli qogʻozlar qarz boshlangan sanadan eʼtiboran bir yil oʻtgach kreditorga qarz oluvchi tomonidan qaytarilmagan boʻlsa; 2) qimmatli qogʻozlarni qaytarishga doir majburiyat kreditorga pul mablagʻlarini toʻlash yoki qimmatli qogʻozlardan farq qiladigan boshqa mol-mulkni oʻtkazish orqali tugatilgan boʻlsa. (12-q.) Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari boʻyicha qimmatli qogʻozlarni qaytarish yuzasidan majburiyatlar bajarilmagan yoki toʻliq hajmda bajarilmagan taqdirda, oʻziga nisbatan lozim darajada bajarmaslikka yoʻl qoʻyilgan va oʻzaro talablarni tartibga solish tartib-taomili oʻtkazilmagan REPO operatsiyasi uchun ushbu Kodeksda belgilangan tartib soliq solish maqsadida qoʻllaniladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling