Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Qimmatli qogʻozlar bilan REPO operatsiyalari


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

52-modda. Qimmatli qogʻozlar bilan REPO operatsiyalari 
(1-q.)
Repo shartnomasiga muvofiq bitimning bir tarafi bitimning boshqa tarafiga qimmatli 
qogʻozlarni ushbu shartnomada oldindan belgilangan narxda muayyan muddatdan keyin ularni 
qaytarib sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotadi. Bunda ushbu qimmatli qogʻozlarning 
shartnomada belgilangan sotish (sotib olish) narxi ularning bozor narxlaridan farq qilishi mumkin. 
(2-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida va (yoki) chet davlatlarning qoʻllanilishi 
mumkin boʻlgan qonunchiligida repo shartnomalariga nisbatan qoʻyiladigan talablarga javob 
beradigan shartnoma REPO operatsiyasi deb eʼtirof etiladi. Bunda repo shartnomasining birinchi 
va ikkinchi qismlari tegishincha REPOning birinchi va ikkinchi qismlari deb eʼtirof etiladi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Repo shartnomasi boʻyicha sotib oluvchi va repo shartnomasi boʻyicha sotuvchi 
tegishincha REPOning birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchi hamda REPOning birinchi qismi 
boʻyicha sotuvchi deb eʼtirof etiladi. Bunda REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlar 
REPOning birinchi qismi bajarilishi sharti bilan yuzaga kelishi kerak. 
(4-q.)
REPO operatsiyasining shartlari bitim taraflarining quyidagi huquqlaridan kamida 
bittasini nazarda tutishi mumkin: 
1) REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchining REPOning ikkinchi qismini bajarish 
sanasiga qadar REPOning birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchiga REPOning birinchi qismi 
boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlar yoki ular ayirboshlangan qimmatli qogʻozlar oʻrniga boshqa 
qimmatli qogʻozlarni berish huquqi
2) REPOning birinchi qismi boʻyicha sotib oluvchining REPOning birinchi qismi boʻyicha 
sotuvchidan ushbu qismning 1-bandida koʻrsatilgan oʻtkazishni talab qilish huquqi. 
(5-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida REPO operatsiyasi ishtirokchilari tomonidan REPOning 
tegishli qismi boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarishining repo shartnomasida nazarda tutilgan 
muddatlari REPO birinchi yoki ikkinchi qismining bajarilish sanalari hisoblanadi. 
(6-q.)
REPOning birinchi yoki ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni yetkazib berish 
va ularga haq toʻlash boʻyicha majburiyatlar turli sanalarda bajarilgan taqdirda, qimmatli 
qogʻozlarga haq toʻlash yoki ularni yetkazib berish boʻyicha majburiyatlar bajarilishi sanalaridan 
eng kechrogʻi tegishincha REPO birinchi qismining sanasi va ikkinchi qismining sanasi deb eʼtirof 
etiladi. 
(7-q.)
REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni bajarish sanasi REPO muddatini 
qisqartirish tomonga ham, uni uzaytirish tomonga ham oʻzgartirilishi mumkin. REPOning ikkinchi 


qismini bajarish sanasi talab qilib olish payti bilan belgilanadigan operatsiyalar, agar repo 
shartnomasida REPO ikkinchi qismining narxini aniqlash tartibi belgilangan boʻlsa va agar 
REPOning ikkinchi qismi taraflar tomonidan REPOning birinchi qismiga doir majburiyatlar 
bajarilgan sanadan eʼtiboran bir yil ichida bajarilgan boʻlsa, REPO operatsiyalari deb eʼtirof 
etiladi. 
(8-q.)
Qimmatli qogʻozlar bozorida savdolarning tashkilotchisi (birja) orqali yoki kliring 
tashkiloti orqali bajarilgan holda amalga oshiriladigan REPO operatsiyalari uchun REPOning 
ikkinchi qismi bajarilishi sanasining qimmatli qogʻozlar bozoridagi savdolar tashkilotchisining 
(birjaning) yoki kliring tashkilotining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladigan har qanday 
oʻzgartirilishi ushbu modda maqsadida REPO muddatini oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi. 
(9-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida REPO stavkasi REPO operatsiyasini tuzish chogʻida 
aniqlanadi va u qatʼiy belgilangan yoki hisob-kitobli boʻlishi mumkin. 
(10-q.)
REPO stavkasi hisobot (soliq) davrining oxirida foizlarning miqdorini belgilash 
imkonini berishi kerak va repo shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra oʻzgartirilishi mumkin. 
(11-q.)
Agar REPOning ikkinchi qismi boʻyicha qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilishga 
(sotib olishga) doir majburiyatlar REPOning ikkinchi qismini bajarish sanasida toʻliq yoki qisman 
bajarilmasa va oʻzaro talablarni tartibga solish tartib-taomili oʻtkazilmasa, REPOning ikkinchi 
qismi, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, lozim 
darajada bajarilmagan deb eʼtirof etiladi. 
(12-q.)
Ushbu Kodeks maqsadida quyidagilar REPOning ikkinchi qismini toʻliq bajarmaslik 
deb eʼtirof etilmaydi: 
1) REPOning ikkinchi qismi boʻyicha majburiyatlarni REPOning ikkinchi qismini 
bajarishning taraflar tomonidan kelishgan sanasidan eʼtiboran oʻn kun ichida bajarish; 
2) majburiyatlarni quyidagi hollarda muqobil talablarni hisobga olish yoʻli bilan bajarish 
(tugatish): 
a) agar bunday talablar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga yoki chet 
davlatlarning qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qonunchiligiga muvofiq tasdiqlangan 
shartnomalarning namunaviy shartlariga mos boʻlgan bosh kelishuv (yagona shartnoma) shartlari 
asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan boʻlsa. Bunda muqobil talablarni hisobga olish 
netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa; 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi kichik band) 
b) agar bunday talablar uyushgan savdolar qoidalarining va (yoki) kliring qoidalarining 
shartlari asosida tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan boʻlsa. Bunda muqobil talablarni 
hisobga olish netto-majburiyat summasini aniqlash maqsadida amalga oshirilgan boʻlsa. 
(13-q.)
REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmagan hollarda REPO operatsiyasi 
soliq solish maqsadida qayta tavsiflanishi lozim. 
(14-q.)
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash soliq toʻlovchi 
tomonidan quyidagi hollarda mustaqil ravishda amalga oshiriladi: 
1) repo shartnomalariga nisbatan qonunchilikda qoʻyiladigan talablarga va (yoki) REPO 
operatsiyasiga nisbatan ushbu moddada qoʻyiladigan talablarga rioya etilmaganda
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) repo shartnomasi bekor qilinganda; 
3) REPOning ikkinchi qismi lozim darajada bajarilmaganda. 


(15-q.)
REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida qayta tavsiflash bunday qayta tavsiflash 
uchun asos boʻlgan shartlardan biri yuzaga kelgan sanalardan eng avvalgisida amalga oshiriladi. 
(16-q.)
REPO operatsiyasi ishtirokchilarining REPO operatsiyasini soliq solish maqsadida 
qayta tavsiflash chogʻidagi majburiyatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling