Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 56-modda. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti
55-modda. Soliq qarzi
(1-q.) Ushbu Kodeks maqsadida hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlarning, shu jumladan ular boʻyicha boʻnak va joriy toʻlovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda toʻlanmagan moliyaviy sanksiyalar va penyalar soliq qarzi deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Soliq toʻlovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar boʻyicha ham, ularning har biri boʻyicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin. (3-q.) Soliq qarzini toʻlash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chogʻida toʻlash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1) soliqlar summasi; 2) hisoblangan penyalar; 3) jarimalar. 56-modda. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi modda matni) (1-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan axborot resursi soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti hisoblanadi. (2-q.) Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan soliq toʻlovchilar va soliq organlari oʻz huquqlari hamda majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirishi uchun foydalanilishi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa manfaatdor shaxslar ham ushbu axborot resursi orqali elektron hujjatlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin. (OʻzR 10.03.2020-y. OʻRQ-607-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchilarga va soliq toʻlovchilar tomonidan soliq organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Har bir soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti ushbu soliq toʻlovchi soliq organlarida hisobga qoʻyilganidan keyin shakllantiriladi. (4-q.) Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq toʻlovchi tomonidan ixtiyoriy tartibda (bundan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno) amalga oshiriladi. Bunda soliq organlari hamda soliq toʻlovchilar boʻlgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar oʻrtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (5-q.) Jismoniy shaxsga, ushbu shaxs yakka tartibdagi tadbirkor boʻlishidan yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, soliq toʻlovchining bitta shaxsiy kabineti shakllantiriladi. (6-q.) Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hisobga turgan jismoniy shaxs oʻz soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi oʻz huquqlari va majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirish uchun foydalanishi mumkin. (7-q.) Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga kirish yagona identifikatsiyalash tizimi orqali elektron raqamli imzo vositasida amalga oshiriladi. (8-q.) Elektron raqamli imzo soliq toʻlovchiga uning arizasi asosida Davlat xizmatlari markazi orqali haq toʻlash asosida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etiladi. (9-q.) Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti faollashtirilganidan keyin to uning amal qilishi toʻxtatib turilguniga qadar soliq organlari barcha hujjatlarni soliq toʻlovchiga faqat uning shaxsiy kabineti orqali yuboradi. Soliq toʻlovchi hujjatlarni soliq organlariga xuddi shunday tartibda yuboradi. (10-q.) Soliq organlari tomonidan hujjat va soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilishi chogʻida u koʻrsatgan mobil telefon raqamiga tegishli SMS-xabar yuboriladi. (11-q.) Agar soliq organi tomonidan elektron hujjat soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuborilganda soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetining amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki elektron raqamli imzo kalitining sertifikati tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot olingan boʻlsa, mazkur hujjat soliq toʻlovchiga ushbu maʼlumotlar olingan kundan eʼtiboran uch kun ichida qogʻozda yuboriladi. (12-q.) Ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi va oʻn uchinchi qismlariga muvofiq soliq organida hisobda turgan chet el yuridik shaxsi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan soliq organidan hujjatlarni (axborotni) olish hamda ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan xizmatlarni elektron shaklda koʻrsatishga taalluqli maʼlumotlarni soliq organiga taqdim etish uchun foydalaniladi. (13-q.) Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish imkoniyati chet el yuridik shaxslariga ular soliq organlarida ushbu Kodeksning 129-moddasi yettinchi qismida nazarda tutilgan tartibda hisobga qoʻyilgan kundan eʼtiboran beriladi. Bunday chet el yuridik shaxsi soliq organida hisobdan chiqarilgan taqdirda soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish huquqi soliq organlari soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinadigan munosabatlardagi oʻz vakolatlarini amalga oshirishi chogʻida foydalanadigan hujjatlarni olish uchun saqlanib qoladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling