2) chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga
ega boʻlgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar
va boshqa korporativ
tuzilmalar);
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band)
3) xalqaro tashkilotlar.
(2-q.)
Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida boʻlgan, turgan yeri boʻyicha doimiy ish
joylari jihozlangan har qanday boʻlinmasi Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida
boʻlinmasidir.
(3-q.)
Yuridik shaxsning alohida boʻlinmasini eʼtirof etish,
unga qanday vakolatlar
berilganligidan va uning tashkil etilishi boʻyicha yuridik shaxsning taʼsis hujjatlarida yoki boshqa
tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qatʼi nazar, amalga
oshiriladi.
(4-q.)
Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan boʻlsa, u doimiy hisoblanadi.
(5-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida boʻlinmasining
joylashgan yeri
ushbu yuridik shaxs mazkur alohida boʻlinma orqali faoliyat olib boradigan joydir.
Do'stlaringiz bilan baham: