Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-BOB. USHBU KODEKSDA QOʻLLANILADIGAN


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

4-BOB. USHBU KODEKSDA QOʻLLANILADIGAN 
ASOSIY TUSHUNCHALAR 
30-modda. Jismoniy shaxslar 
31-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlar 
32-modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari 
33-modda. Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari 
boʻlgan yuridik shaxslar. Oʻzbekiston Respublikasining 
norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar 
34-modda. Chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy 
35-modda. Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalari 
36-modda. Doimiy muassasa 
37-modda. Oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxslar 
38-modda. Yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi 
39-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari 
40-modda. Chet el kompaniyalari ustidan nazorat qilish va 
nazorat qiluvchi shaxslar 
41-modda. Dividendlar va foizlar 
42-modda. Daromad 
43-modda. Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan 
olinadigan daromadlar 
44-modda. Royalti 
45-modda. Tovarlar va xizmatlar. Tovarlar (xizmatlar) bozori 
46-modda. Tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilish 
47-modda. Hisobvaraq-faktura 
48-modda. Maqsadli mablagʻlar 
49-modda. Qimmatli qogʻozlar 
50-modda. Muddatli bitimlarning moliyaviy vositalari 
51-modda. Xedjirlash 
52-modda. Qimmatli qogʻozlar bilan REPO operatsiyalari 
53-modda. Qimmatli qogʻozlarning qarz operatsiyalari 
54-modda. Moliyaviy ijara va lizing 
55-modda. Soliq qarzi 
56-modda. Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti 
57-modda. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari 
58-modda. Notijorat tashkilotlar 
59-modda. Ijtimoiy sohada faoliyatni amalga 
oshiruvchi yuridik shaxslar 
60-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar 
30-modda. Jismoniy shaxslar 
(1-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek 
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar jismoniy shaxslardir. 


(2-q.)
Tegishli maqomi oʻziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki 
tugaydigan har qanday ketma-ket oʻn ikki oylik davr davomida jami bir yuz sakson uch kalendar 
kundan koʻproq Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston 
Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismi qoidalari mazkur moddada belgilangan 
xususiyatlarni va Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish masalalariga doir xalqaro 
shartnomalari qoidalarini hisobga olgan holda qoʻllaniladi. 
(4-q.)
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida Oʻzbekiston Respublikasida jami bir yuz 
sakson uch kundan kam boʻlib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror-bir davlatda turgan 
muddatidan koʻproq boʻlsa ham, u Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etiladi. 
(5-q.)
Agar jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan oʻn ikki oylik 
muddat tugagunga qadar soliq organlariga uzoq muddatli mehnat shartnomasini yoki ushbu 
moddaning ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlar bajarilishini tasdiqlovchi 
boshqa hujjatni taqdim etsa, oʻzining arizasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining soliq 
rezidenti deb eʼtirof etilishi mumkin. 
(6-q.)
Jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatan boʻlib turishi davri uning 
qisqa muddatli (olti oydan kam) davolanish yoki oʻqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi 
hududidan tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi. 
(7-q.)
Ushbu modda maqsadlarida chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsning 
quyidagi davrlar mobaynida boʻlgan vaqti uning Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatda boʻlgan 
vaqtiga taalluqli hisoblanmaydi: 
1) diplomatik yoki konsullik maqomiga ega shaxs sifatida boʻlgan davri; 
2) Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan, xalqaro shartnoma boʻyicha tuzilgan 
xalqaro tashkilotning xodimi sifatida boʻlgan davri; 
3) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmagan taqdirda, ushbu moddaning 1 va 2-bandlarida 
koʻrsatilgan shaxslar oilasining aʼzosi sifatida boʻlgan davri. 
(8-q.)
Oʻzbekiston Respublikasida haqiqatan qancha vaqt boʻlganligidan qatʼi nazar, chet 
elda xizmatni oʻtayotgan Oʻzbekiston Respublikasining harbiy xizmatchilari, shuningdek 
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan davlat 
hokimiyati organlarining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof 
etiladi. 
(9-q.)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlib turganlikni tasdiqlash uchun 
Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish) kuni chet davlatlarning 
davlat chegaralarini kesib oʻtganlik toʻgʻrisidagi belgi asosida aniqlanadi. Bunday belgi 
Oʻzbekiston Respublikasining va (yoki) chet davlatning chegara nazoratini amalga oshiruvchi 
vakolatli organi tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasiga 
kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish) hujjatlariga qoʻyiladi. Shuningdek shaxsning 
Oʻzbekiston Respublikasi hududida haqiqatda boʻlib turganligi davlat organlari va tashkilotlar 
tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etilgan, soliq organida mavjud boʻlgan 
maʼlumotlar asosida ham aniqlanishi mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi qism) 
(10-q.)
Agar ushbu moddaning toʻqqizinchi qismi qoidalari jismoniy shaxsning Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida haqiqatan ham boʻlib turganlik vaqtini aniq belgilash imkonini bermasa, 


jismoniy shaxs soliq organiga oʻzining kalendar yil (yillar) davomida haqiqatda boʻlib turgan 
joyini tasdiqlovchi hujjatlarni (ularning koʻchirma nusxalarini), shuningdek oʻzining haqiqatda 
boʻlib turgan joyini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin boʻlgan har qanday boshqa 
hujjatlarni (yoki ularning koʻchirma nusxalarini) taqdim etadi: 
1) shaxsni tasdiqlovchi hujjat; 
2) belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha yashash 
uchun ruxsatnoma; 
3) haqiqatda boʻlib turgan joyini tasdiqlovchi hujjatlar. 
(11-q.)
Agar ushbu moddaning qoidalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasining soliq solish 
masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalariga muvofiq, bir vaqtning oʻzida jismoniy shaxsni ham 
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti, ham chet davlatning soliq rezidenti deb tan olish 
uchun asoslar boʻlsa, uning soliq rezidentligi shunday xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq 
jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi asosida belgilanadi. Bunda quyidagi shartlardan 
hech boʻlmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi 
Oʻzbekiston Respublikasida deb eʼtirof etiladi: 
1) jismoniy shaxsning eri (xotini) va (yoki) yaqin qarindoshlari Oʻzbekiston Respublikasida 
yashasa; 
2) Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy shaxsga va (yoki) uning eriga (xotiniga) va (yoki) 
uning yaqin qarindoshlariga mulk huquqida yoki boshqa asoslarda tegishli boʻlgan, istalgan vaqtda 
uning yashashi va (yoki) eri (xotini) va (yoki) uning yaqin qarindoshlari yashashi mumkin boʻlgan 
koʻchmas mulkning mavjudligi. 
(12-q.)
Agar jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi hududida yashash joyi mavjud 
boʻlmasa, ushbu Kodeksning maqsadlari uchun yashash joyi bu jismoniy shaxsning iltimosiga 
binoan uning boʻlib turgan joyi boʻyicha belgilanishi mumkin. Bunda jismoniy shaxsning 
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha yashab turgan va 
roʻyxatdan oʻtgan joyi (manzili) jismoniy shaxsning boʻlib turgan joyi hisoblanadi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(13-q.)
Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari boʻlmagan jismoniy shaxslar 
Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari deb eʼtirof etiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling