Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Zararlarni kelgusiga oʻtkazish


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

333-modda. Zararlarni kelgusiga oʻtkazish 


(1-q.)
Ushbu boʻlimda nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga kiritilgan tuzatishlarni 
inobatga olgan holda chegirilishi lozim boʻlgan xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi soliq 
toʻlovchining zarari deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Muomaladagi qimmatli qogʻozlar va muddatli bitimlarning muomaladagi moliyaviy 
vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar tadbirkorlik faoliyatidan koʻrilgan zararlar deb 
eʼtirof etiladi.
(3-q.)
Oldingi soliq davrida (davrlarida) ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq 
hisoblab chiqarilgan zarari (zararlari) boʻlgan soliq toʻlovchi joriy soliq davrining foydasini ushbu 
koʻrilgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga haqlidir. 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga 
muvofiq toʻrtinchi-beshinchi qismlar chiqarib 
tashlangan 
(4-q.) Soliq toʻlovchi zararni ushbu zarar koʻrilgan soliq davridan keyingi oʻn yil mobaynida 
kelgusiga oʻtkazishni amalga oshirishga haqlidir. 
(5-q.) Oʻtkazilayotgan zararning har bir keyingi soliq davrida hisobga olinadigan jami 
summasi ushbu boʻlimga muvofiq hisoblab chiqarilgan joriy soliq davri soliq bazasining 60 
foizidan oshib ketishi mumkin emas. 
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq oltinchi-toʻqqizinchi qismlari 
toʻrtinchi-yettinchi qismlar deb hisoblansin 
(4-q.)
Soliq bazasi oldingi soliq davrida (davrlarida) koʻrilgan zarar summasiga faqat joriy 
soliq davrining yakunlari boʻyicha kamaytirilishi mumkin. 
(5-q.)
Bir kalendar yildan ortiq yillarda koʻrilgan zararlar ular koʻrilgan ketma-ketlikda 
oʻtkaziladi.
(6-q.)
Bosh bankdan umidsiz qarzlarni oluvchi shoʻba tashkiloti tomonidan koʻrilgan 
zararlar kelgusi davrlarga oʻtkazilmaydi.
(7-q.)
Zararlarni oʻtkazishning alohida hollardagi oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 
334-336-moddalarida nazarda tutilgandir.

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling