Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-BOB. SOLIQ BAZASIGA TUZATISH KIRITISH


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

46-BOB. SOLIQ BAZASIGA TUZATISH KIRITISH 
332-modda. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish 
333-modda. Zararlarni kelgusiga oʻtkazish 
334-modda. Qayta tashkil etilganda zararlarni oʻtkazish 
335-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan 
guruhi boʻyicha zararlarni oʻtkazish 
336-modda. Operatsiyalarning ayrim turlari boʻyicha 
zararlarni oʻtkazishning oʻziga xos xususiyatlari 
332-modda. Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish 
(1-q.)
Hisobot soliq davridagi daromad (xarajatlar) miqdorining soliq bazasini aniqlashda 
ilgari daromad (xarajat) deb eʼtirof etilgan summa doirasida koʻpayishi yoki kamayishi tuzatish 
kiritish deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Daromadlar va xarajatlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritilishi lozim: 
1) tovarlar, shuningdek sugʻurtalanuvchiga sugʻurta mukofoti toʻliq yoki qisman 
qaytarilganda; 
2) bitim shartlari oʻzgartirilganda; 
3) narxlar oʻzgartirilganda, sotib oluvchi tomonidan chegirmadan foydalanilganda; 
4) koʻrsatilgan xizmatlardan voz kechilganda. 
(3-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan daromadlar va xarajatlarga 
tuzatish kiritish quyidagicha amalga oshiriladi: 
kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha - kafolat muddati doirasida; 
sugʻurta mukofotlari boʻyicha - shartnomani bekor qilish paytida
boshqa hollarda - bir yillik muddat doirasida. 
(4-q.)
Ushbu moddaga muvofiq daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur 
moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollar yuzaga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida 
amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatni) sotuvchi ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda 
tutilgan tartibda tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritadi.
(5-q.)
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda daromadlar va 
xarajatlarga tuzatish kiritish mazkur hollar sodir boʻlgan soliq davrida amalga oshiriladi. 
(6-q.)
Daromadlar va xarajatlarga tuzatish kiritish soliq toʻlovchi soliq solishning 
umumbelgilangan tartibiga oʻtgan taqdirda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritilayotgan 
daromadlar boʻyicha soliq imtiyozlarini qoʻllash hollari mustasno. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling