Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Xedjirlash operatsiyasi boʻyicha
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 330-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari
329-modda. Xedjirlash operatsiyasi boʻyicha
soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Ushbu Kodeks 51-moddasining birinchi qismi talablari inobatga olingan holda xedjirlash operatsiyasi amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashda daromadlar (xarajatlar) hisobga olinadi, uni hisoblashda xedjirlash obyekti bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar hisobga olinadi. (2-q.) Banklar soliq bazasini uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan va asos aktivi chet el valyutasidan iborat boʻlgan, yetkazib beriladigan muddatli bitimga doir operatsiyalar boʻyicha koʻrilgan zararning summasiga kamaytirishga haqli. (3-q.) Asos aktivlari foizli stavkalardan iborat boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirishda, bunday vositalarning shartlarida nazarda tutilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromadlarni (xarajatlarni) hisobga olish hisobot (soliq) davrining soʻnggida amalga oshirilmaydi. Bunda muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir tegishli operatsiyalar boʻyicha daromad (xarajat) deb, shu jumladan, foizli stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan va bunday operatsiyalarga doir shartnomaga muvofiq olinishi (toʻlanishi) lozim boʻlgan daromadlar (xarajatlar) eʼtirof etiladi. (4-q.) Tegishli shartnomada nazarda tutilgan toʻlovlarning sanasi bunday operatsiyalar boʻyicha daromadlarni (xarajatlarni) eʼtirof etish sanasidir. 330-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining barcha ishtirokchilari tomonidan olingan daromadlar boʻyicha soliq bazasi (bundan buyon ushbu moddada konsolidatsiyalashgan soliq bazasi deb yuritiladi) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining soliqqa tortish maqsadlarida hisobga olinadigan barcha daromadlarining va barcha xarajatlarining summalari asosida, ushbu moddada belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda aniqlanadi. Bu maqsadlar uchun ushbu guruhning har bir ishtirokchisi soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga konsolidatsiyalashgan soliq bazasini hisoblab chiqarish uchun zarur boʻlgan barcha zarur axborotni soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etadi. (2-q.) Soliq bazasini aniqlash va soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga zarur axborotni taqdim etish tartibi hisob siyosatida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhiga soliq solish maqsadida belgilanadi. (3-q.) Konsolidatsiyalashgan soliq bazasining hisobot (soliq) davridagi hisob-kitobi ushbu moddaga muvofiq ushbu guruh barcha ishtirokchilarining maʼlumotlari asosida, soliq toʻlovchilar uyushgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan soliq davri boshlanganidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan mustaqil ravishda tuziladi. (4-q.) Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhining konsolidatsiyalashgan soliq bazasi konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining ushbu boʻlim qoidalari hisobga olingan xarajatlarining arifmetik summasiga kamaytirilgan daromadlarining arifmetik summasi sifatida aniqlanadi. Salbiy farq soliq toʻlovchilar uyushgan guruhining zarari deb eʼtirof etiladi. (5-q.) Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhi ishtirokchilarining daromadlarni toʻlash manbaida soliq solinishi lozim boʻlgan daromadlari, shuningdek konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhining nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining nazorat qiluvchi shaxslari boʻlgan ishtirokchilarining ular nazorat qiladigan chet el kompaniyalarining foydasi tarzidagi daromadlari konsolidatsiyalashgan soliq bazasiga kiritilmaydi. (6-q.) Konsolidatsiyalashgan soliq toʻlovchilar guruhining ishtirokchilari, ushbu Kodeksning 316-moddasiga muvofiq kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha zaxirani tovarlarni (xizmatlarni) ushbu guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilishga taalluqli qismi boʻyicha shakllantirmaydi. (7-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibiga soliq toʻlovchi kirganda, kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha zaxira ushbu guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilingan tovarlarga (ishlarga) taalluqli boʻlgan zaxiralar summalariga oid qism boʻyicha tiklanadi. Bunda ushbu Kodeks 316-moddasining uchinchi qismiga muvofiq aniqlanadigan zaxiraning eng koʻp miqdoriga tuzatish kiritiladi, bu tuzatish soliq toʻlovchi tomonidan kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlarning koʻrsatkichlarini aniqlashda soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari oʻrtasidagi operatsiyalarni koʻrsatilgan tovarlarni (xizmatlarni) oʻtgan uch yilda realizatsiya qilishdan olingan tushum, shuningdek koʻrsatilgan tovarlarni (ishlarni) hisobot (soliq) davrida realizatsiya qilishdan olingan tushum hajmida istisno etadi. (8-q.) Soliq toʻlovchi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisiga aylangan soliq davri boshlanguniga qadar oʻtgan uch yilda tovarlarni (ishlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning koʻrsatkichiga tuzatish kiritish amalga oshirilmaydi. Soliq toʻlovchi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzosi boʻlgan soliq davrlarida bu koʻrsatkich mazkur tovarlarni (ishlarni) bunday guruhning boshqa ishtirokchilariga realizatsiya qilishdan olingan tushumni oʻz ichiga olmaydi. (9-q.) Kafolatli taʼmirlash va kafolatli xizmat koʻrsatish boʻyicha tiklangan zaxiralarning summalari, shu jumladan zaxiraning eng koʻp miqdorini kamaytirish natijasidagi summalar soliq toʻlovchi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzosiga aylangan soliq davridan oldingi soliq davridagi jami daromad tarkibiga kiritiladi. (10-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi boʻlgan banklar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilaridan birining bu guruhning boshqa ishtirokchilari oldidagi qarziga taalluqli qism boʻyicha ushbu Kodeksning 315-moddasiga muvofiq zaxirani shakllantirmaydi. Guruhga kirish chogʻida banklar zaxirani bu guruhning boshqa ishtirokchilariga tegishli boʻlgan qarzning summasiga tiklaydi. Tegishli summalar bank soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzosiga aylangan soliq davridan oldingi soliq davridagi jami daromad tarkibiga kiritiladi. (11-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ushbu guruh tarkibiga kirgan, soliq davridan oldingi soliq davrlarida ushbu boʻlimga muvofiq hisoblab chiqarilgan zararlarni koʻrgan aʼzolari konsolidatsiyalashgan soliq bazasini oʻzlari koʻrgan zararning butun summasiga yoki ushbu summaning bir qismiga kamaytirishga yoxud ushbu guruh tarkibiga kirgan soliq davridan eʼtiboran zararlarni ushbu Kodeksning 333-moddasida belgilangan tartibda kelgusiga oʻtkazishga haqli emas. (12-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi aʼzolarining ushbu guruh tarkibiga kirguniga qadar koʻrgan zararlarini (shu jumladan ushbu Kodeksning 302-moddasiga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklar obyektlaridan foydalanganlik oqibatida koʻrilgan zararlarni) konsolidatsiyalashgan soliq bazasi bilan umumlashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur qoida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibiga ushbu guruhning ishtirokchisiga qoʻshib olish yoki bunday guruhning ishtirokchisiga qoʻshib yuborish yoʻli bilan kirgan yuridik shaxslar koʻrgan zararlarga nisbatan ham tatbiq etiladi. (13-q.) Kodeksning ushbu boʻlimida nazarda tutilgan soliq solish maqsadida qabul qilinadigan xarajatlar normativlari soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir ishtirokchisi tomonidan qoʻllaniladi. (14-q.) Ushbu Kodeksda qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun belgilangan qimmatli qogʻozlarga va muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari soliq bazasini alohida aniqlashga, shuningdek soliq bazasini koʻrilgan zararlar summasiga kamaytirishga va zararlarni kelgusi davrga oʻtkazishga taalluqli qismi boʻyicha konsolidatsiyalashgan soliq bazasini hisoblab chiqarishda qoʻllaniladi. (15-q.) Ushbu moddada belgilangan qoidalar faqat 337-moddaning 12-bandida belgilangan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq bazasini aniqlashga, banklar uchun esa ushbu Kodeks 337- moddasining 1-bandida belgilangan soliq stavkasi qoʻllaniladigan soliq bazasini aniqlashga nisbatan tatbiq etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling