Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

326-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorining professional 
ishtirokchilarida qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish 
zaxiralarini shakllantirish xarajatlari 


(1-q.)
Qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchisiga berilgan tegishli litsenziya mavjud 
boʻlgan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari professional 
faoliyatni amalga oshiruvchilar deb eʼtirof etiladi. 
(2-q.)
Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari soliq solish maqsadlarida 
qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralariga ajratmalarni xarajatlar jumlasiga kiritishga 
haqli. Bunday holda, tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalari ilgari soliq bazasini 
aniqlashda hisobga olingan qimmatli qogʻozlar qadrsizlanishining tiklangan zaxiralari summalari 
mazkur soliq toʻlovchilarning daromadi deb eʼtirof etiladi. 
(3-q.)
Qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralari qimmatli qogʻozlarning uyushgan 
bozorida muomalada boʻlgan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni sotib olish narxlarining bu 
qimmatli qogʻozlarning bozor kotirovkasidan (zaxiralarning hisob-kitob miqdori) ortiq boʻlgan 
miqdorda, hisobot (soliq) davrining oxiridagi holatga koʻra tashkil etiladi (tuzatish kiritiladi). 
Bunda qimmatli qogʻozni sotib olish narxiga ushbu modda maqsadlarida qimmatli qogʻozni sotib 
olishga doir xarajatlar ham kiritiladi. 
(4-q.)
Zaxiralar mazkur talablarni qanoatlantiradigan qimmatli qogʻozlarning bir marta 
chiqarilishidagi (qoʻshimcha chiqarilishidagi) har bir qimmatli qogʻozga nisbatan, boshqa 
chiqarilgan (qoʻshimcha chiqarilgan) qimmatli qogʻozlarning qiymati oʻzgarishidan qatʼi nazar, 
tashkil etiladi (tuzatishlar kiritiladi). 
(5-q.)
Oʻziga nisbatan ilgari zaxira tashkil etilgan qimmatli qogʻozlar realizatsiya qilingan 
yoki boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, ilgari soliq bazasini aniqlash chogʻida hisobga 
olingan tashkil etishga (tuzatish kiritishga) doir ajratmalar, bunday zaxiraning summasi soliq 
toʻlovchining qimmatli qogʻozni realizatsiya qilish yoki uning boshqacha tarzda chiqib ketishi 
sanasidagi daromadlariga kiritilishi lozim.
(6-q.)
Agar hisobot (soliq) davri tugagach, zaxiraning mazkur davr oxiridagi qimmatli 
qogʻozlarning bozor kotirovkasi hisobga olingan holdagi summasi yetarli boʻlmasa, soliq toʻlovchi 
zaxira summasini ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan tartibda koʻpaytiradi. Agar 
hisobot (soliq) davrining oxiriga kelib ilgari tashkil etilgan zaxiraning qayta tiklangan summalar 
hisobga olingan holdagi summasi hisob-kitob qilingan miqdordan koʻp boʻlsa, soliq toʻlovchi 
zaxirani bunday qayta tiklash summalari daromadga kiritilgan holda hisob-kitob qilingan 
miqdorga kamaytiradi (tiklaydi). 
(7-q.)
Qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish zaxiralari, qimmatli qogʻozlar nominalining 
valyutasidan qatʼi nazar, milliy valyutada tashkil etiladi. Chet el valyutasida nominallashtirilgan 
qimmatli qogʻozlar uchun sotib olish narxi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 
qimmatli qogʻozni sotib olish sanasidagi rasmiy kursi boʻyicha milliy valyutada qayta hisob-kitob 
qilinadi, ularning bozor kotirovkasi esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining zaxirani 
tashkil etish (tuzatish kiritish) sanasidagi rasmiy kursi boʻyicha aniqlanadi.
(8-q.)
Chiqarilish shartlarida qimmatli qogʻozlarning nominal qiymatini qisman qoplash 
nazarda tutilgan qimmatli qogʻozlar uchun hisobot (soliq) davrining oxiridagi holatga koʻra 
zaxirani shakllantirish (unga tuzatish kiritish) chogʻida sotib olish narxiga tuzatish qimmatli 
qogʻozning nominal qiymatini qisman qoplash ulushi hisobga olingan holda kiritiladi. 
(9-q.)
REPOning birinchi qismi boʻyicha sotuvchi boʻlgan yoki qimmatli qogʻozlar qarziga 
doir operatsiyalar yuzasidan qarz beruvchi boʻlgan soliq toʻlovchi REPO operatsiyalari (qarz 


shartnomasi) boʻyicha berilgan qimmatli qogʻozlar boʻyicha qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish 
zaxiralarini shakllantirishga haqli emas. 
(10-q.)
REPOning birinchi qismi boʻyicha xaridor boʻlgan yoki qimmatli qogʻozlar qarziga 
doir operatsiyalar yuzasidan qarz oluvchi boʻlgan soliq toʻlovchi REPO operatsiyalari (qarz 
shartnomasi) boʻyicha olingan qimmatli qogʻozlar boʻyicha qimmatli qogʻozlarning qadrsizlanish 
zaxiralarini shakllantirishga haqli. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling