(2-q.)
Ishonchli boshqaruv shartnomasi boʻyicha koʻrilgan zararlar ishonchli boshqaruv
muassisining soliq bazasini belgilashda hisobga olinmaydi. Bunday
zararlar ushbu ishonchli
boshqaruvning kelgusidagi daromadlariga oʻtkaziladi.
(3-q.)
Oddiy shirkat shartnomasida (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomada) ishtirok
etishdan sheriklarning (ishtirokchilarning) olgan zarari ishonchli shaxsda ushbu oddiy shirkat
oladigan kelgusi daromadlarga oʻtkaziladi.
(4-q.)
Xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan koʻrilgan zararlar
birgalikda aniqlanadi va
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmaydi. Bunday zararlar
shu xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan olinadigan kelgusi daromadlarga oʻtkaziladi.
(5-q.)
Muomalada boʻlmagan qimmatli qogʻozlar va muddatli bitimlarning muomalada
boʻlmagan moliyaviy vositalariga doir operatsiyalar boʻyicha zararlar alohida aniqlanadi va xuddi
shunday operatsiyalardan olingan daromadlar hisobidan har
bir soliq bazasi doirasida
kompensatsiya qilinadi.
OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son
Qonuniga
muvofiq oltinchi qism chiqarib tashlangan
(6-q.) Soliq toʻlovchi ushbu moddada nazarda tutilgan zararlarni ular koʻrilgan
soliq
davridan keyingi oʻn yil mobaynida kelgusiga oʻtkazishni amalga oshirishga haqli. Bunda ushbu
Kodeks 333-moddasining oltinchi qismida koʻrsatilgan cheklov bunday zararlarga nisbatan tatbiq
etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: