Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 345-modda. Soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan soliqni hisoblab chiqarish, ushlab qolish hamda toʻlash tartibi
344-modda. Foiz tarzidagi daromadlarga
soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentiga toʻlanadigan foizlar ushbu daromadlarni oluvchining soliq bazasida hisobga olinadi va unga ushbu boʻlimda nazarda tutilgan tartibda soliq solinadi. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti boʻlgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablagʻlarni depozitga joylashtirishidan toʻlanadigan foizlarga toʻlov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi birinchi qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi boʻyicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi. (OʻzR 09.11.2020-y. OʻRQ-646-son Qonuni tahriridagi qism) 345-modda. Soliq agentlari tomonidan dividendlar va foizlardan soliqni hisoblab chiqarish, ushlab qolish hamda toʻlash tartibi (1-q.) Dividendlar va foizlar tarzida daromadlar toʻlovchi yuridik shaxslar ushbu Kodeks 343-moddasining birinchi va 344-moddasining ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq agentlari deb eʼtirof etiladi. (2-q.) Soliq agenti Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari deb eʼtirof etiladigan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarga dividendlar va foizlar tarzida toʻlanadigan daromadlarga nisbatan har bir soliq toʻlovchi boʻyicha alohida soliq summasini ushbu Kodeks 337-moddasining birinchi qismi 11-bandida yoki 381-moddasida nazarda tutilgan soliq stavkalari boʻyicha koʻrsatilgan daromadlarni ushbu moddada belgilangan tartibda har bir toʻlovga tatbiqan belgilaydi. (3-q.) Dividendlar oluvchi soliq toʻlovchining daromadlaridan ushlab qolinadigan soliq summasini aniqlashda soliq bazasi har bir oluvchiga nisbatan soliq agenti tomonidan shu oluvchiga toʻgʻri keladigan soliq solinadigan dividendlar jami summasining ulushi sifatida aniqlanadi. Dividendlarning soliq solinishi lozim boʻlgan bunday jami summasi yuridik shaxs tomonidan barcha oluvchilarning foydasiga taqsimlanishi lozim boʻlgan, ushbu yuridik shaxs tomonidan joriy hisobot (soliq) davrida va oʻtgan hisobotda (soliq davrlarida) olingan dividendlarni dividendlarni oluvchilar foydasiga taqsimlash sanasidagi dividendlar umumiy summasiga kamaytirilgan dividendlarning umumiy summasi sifatida aniqlanadi. Bunda taqsimlanadigan dividendlarning umumiy summasini ushbu yuridik shaxs tomonidan olingan dividendlar summasiga kamaytirish, basharti ushbu olingan dividendlar summasi avval ushbu yuridik shaxsning dividendlar tarzida olingan daromadlariga nisbatan soliq bazasini aniqlashda hisobga olinmagan boʻlsa, amalga oshiriladi. (4-q.) Soliq agenti ushbu Kodeks 344-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan foiz tarzidagi daromadlarga nisbatan soliq summasini, ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan tartibga aynan oʻxshash tartibda aniqlaydi. (5-q.) Dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisoboti oʻzining soliq hisobiga olingan joyidagi soliq organiga dividendlar va foizlar hisoblangan oydan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay soliq agentlari tomonidan taqdim etiladi. (6-q.) Soliq summasi dividendlarni va foizlarni toʻlash muddatidan kechiktirmay budjetga toʻlanadi. (7-q.) Soliq agenti dividendlar va foizlarni oluvchining talabiga koʻra, ushbu shaxsga soliq davri uchun daromad summasi va ushlab qolingan soliqning umumiy summasi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi maʼlumotnoma taqdim etishi shart. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling