Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet269/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

366-modda. Soliq bazasi 
(1-q.)
Soliq bazasi quyidagilar hisoblanadi: 
1) Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun - ushbu 
boʻlimda nazarda tutilgan soliq imtiyozlarini hisobga olgan holdagi jami daromadlari
2) Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan jismoniy shaxslar uchun - ushbu 
boʻlimda nazarda tutilgan soliq imtiyozlari qoʻllanmagan holdagi jami daromadlari. 
(2-q.)
Soliq bazasini aniqlashda soliq toʻlovchining ham pul shaklida, ham natura shaklida 
olgan daromadlari yoki daromadlarni tasarruf etish uchun yuzaga kelgan huquqlari, shuningdek 
moddiy naf tarzidagi daromadlari hisobga olinadi. Bunda soliq toʻlovchining alohida turdagi 
daromadlari ushbu boʻlimda belgilangan shartlarda va tartibda jami daromad tarkibida hisobga 
olinishi yoki hisobga olinmasligi mumkin. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchining chet el valyutasida ifodalangan daromadlari, haqiqatda 
daromadlar olingan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha milliy 
valyutaga qayta hisob-kitob qilinadi. 
(4-q.)
Turli soliq stavkalari boʻyicha solinadigan soliq bazasi alohida aniqlanadi.
(5-q.)
Soliq bazasi, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq davri 
boshidan eʼtiboran oʻsib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
(6-q.)
Soliq bazasi nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining ushbu Kodeksning VII 
boʻlimiga va 208-moddasiga muvofiq aniqlanadigan yigʻma foydasini ham oʻz ichiga oladi. 
(7-q.)
Soliq bazasiga ushbu boʻlimda belgilangan hollarda va tartibda tuzatish kiritiladi.
(8-q.)
Ushbu Kodeksning VI boʻlimida nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchining 
daromadlariga ushbu Kodeksning 20-bobida nazarda tutilgan tartibda tuzatish kiritiladi. 
(9-q.)
Agar soliq toʻlovchining daromadidan uning oʻz farmoyishiga, sudning yoki boshqa 
organlar va tashkilotlarning qaroriga koʻra ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab 
qolishlar soliq bazasini kamaytirmaydi.

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   265   266   267   268   269   270   271   272   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling