Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq solish obyektini va soliq bazasini
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
360-modda. Soliq solish obyektini va soliq bazasini
aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari (1-q.) Soliq solish obyekti va soliq bazasi ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning 295 va 296-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadi. (2-q.) Jami daromad yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan tadbirkorlik faoliyati doirasida olingan daromadlardan iborat boʻladi. (3-q.) Jismoniy shaxs oʻzining tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq bitimlarni tuzishda, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining oʻzidan aniq kelib chiqmasa, u yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritayotganligini koʻrsatishi kerak. (4-q.) Yakka tartibdagi tadbirkorning jami daromadidan soliq bazasini aniqlashda, agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur Kodeksning 44-bobiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlardan tashqari soliq solinadigan daromadning olinishi bilan bogʻliq barcha xarajatlar chegirib tashlanadi. (5-q.) Amortizatsiya qilinadigan aktivlar boʻyicha amortizatsiya ajratmalari aktivdan tadbirkorlik faoliyatida foydalanilgan taqdirda va tadbirkorlik faoliyati bilan xarajatlarning aloqasi aniq asoslangan boʻlsa, jami daromaddan chegirib tashlanadi. (6-q.) Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlashga haqli. (7-q.) Soddalashtirilgan tartibdagi soliq bazasi jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilanadi. (8-q.) Yakka tartibdagi tadbirkor soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini tanlaganda soliqni hisoblab chiqarish maqsadida xarajatlar hisobini yuritish majburiyatlaridan ozod qilinadi, bundan ushbu Kodeks 359-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno. (9-q.) Yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash uchun soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakldagi bildirishnomani quyidagi muddatlarda taqdim etadi: 1) yangidan roʻyxatdan oʻtkazilganlar - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish boshlanguniga qadar; 2) foyda soligʻini toʻlashga oʻtganlar, shu jumladan ixtiyoriy ravishda oʻtganlar - bir vaqtning oʻzida foyda soligʻini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnomani soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga yuborganda; 3) qolganlari - joriy yilning 25-yanvaridan kechiktirmay. (10-q.) Yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibini qoʻllash quyidagi muddatlarda boshlanadi: 1) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 1-bandida koʻrsatilganlar uchun - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish boshlangan paytdan; 2) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 2-bandida koʻrsatilganlar uchun - yakka tartibdagi tadbirkor foyda soligʻini toʻlashga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnomani va soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda hisoblab chiqarish haqidagi arizani soliq organiga taqdim etgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab; 3) ushbu modda toʻqqizinchi qismining 3-bandida koʻrsatilganlar uchun - joriy yilning 1- yanvaridan boshlab. (11-q.) Soliq bazasini hisoblab chiqarishning soddalashtirilgan tartibidan ixtiyoriy ravishda voz kechish va soliq bazasini hisoblab chiqarishning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan umumiy tartibiga oʻtish kelgusi soliq davri boshlanganidan eʼtiboran amalga oshiriladi. (12-q.) Soliq bazasini hisoblab chiqarishning umumiy tartibiga oʻtish toʻgʻrisidagi bildirishnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda soliq davri boshlanishidan kamida bir oy oldin soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga taqdim etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling