Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet274/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

374-modda. Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash 
Ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash jumlasiga quyidagilar kiradi: 
1) qonunchilikka muvofiq: 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi 
xatboshi) 
a) yillik asosiy (uzaytirilgan asosiy) taʼtil uchun toʻlov, shuningdek ushbu taʼtildan 
foydalanilmaganda, shu jumladan xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda pullik 
kompensatsiya toʻlovi; 
b) noqulay va oʻziga xos mehnat sharoitlarida, shuningdek ogʻir va noqulay tabiiy-iqlim 
sharoitlarida ishlaganligi uchun ayrim tarmoqlarning xodimlariga beriladigan qoʻshimcha taʼtil 
uchun toʻlov; 
v) oʻqish bilan bogʻliq taʼtil va ijodiy taʼtillar uchun toʻlov; 
g) oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki va undan ortiq bolasi yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan 
nogironligi boʻlgan bolasi bor ayollarga berilgan qoʻshimcha taʼtil uchun toʻlov;
2) asosiy ish haqi qisman saqlab qolingan holda majburiy taʼtilda boʻlgan xodimlarga 
beriladigan toʻlovlar; 
3) donor xodimlarga koʻrikdan oʻtish, qon topshirish va qon topshirilgan har bir kundan 
keyin beriladigan dam olish kunlari uchun toʻlov; 
4) Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq davlat yoki jamoat vazifalarini 
bajarganlik uchun mehnatga toʻlov; 
5) qishloq xoʻjaligi va boshqa ishlarga jalb qilinadigan xodimlarning asosiy ish joyi boʻyicha 
saqlab qolinadigan ish haqi
6) maʼlum muddatga avvalgi ish joyi boʻyicha lavozim maoshi miqdori saqlab qolingan 
holda boshqa yuridik shaxslardan ishga joylashtirilgan, shuningdek vaqtinchalik vazifani bajarib 
turgan xodimlarga maoshdagi farq toʻlovi; 
7) xodimlarga kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida ishdan 
ajralgan holda oʻqishlari vaqtida asosiy ish joyi boʻyicha ularga toʻlanadigan ish haqi


8) xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun toʻlov; 
9) mehnat layoqatini vaqtincha yoʻqotgan xodimlarga qoʻshimcha toʻlov; 
10) qonunchilikka muvofiq yoki ish beruvchining qarori bilan majburiy progul vaqti uchun 
yoki kam haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun toʻlov; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son 
Qonuni tahriridagi band) 
11) oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning imtiyozli soatlariga, onalarga bolani 
ovqatlantirishi uchun ishda beriladigan tanaffuslarga, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan 
bogʻliq vaqt uchun toʻlov; 
12) asosiy ishidan ozod qilingan va ozod qilinmagan holda xodimlar tayyorlash, ularni qayta 
tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun hamda oʻquvchilar va talabalarning ishlab 
chiqarish amaliyotiga rahbarlik qilish uchun jalb qilinadigan yuqori malakali xodimlari mehnatiga 
toʻlov; 
13) ish beruvchining mablagʻlari hisobidan toʻlanadigan pensiyalar va nafaqalarga 
qoʻshimchalar, stipendiyalar; 
14) oliy oʻquv yurtini tamomlaganidan keyin yosh mutaxassislarga taʼtil vaqti uchun ish 
beruvchi hisobidan toʻlanadigan nafaqalar. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling