Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 376-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar
375-modda. Mulkiy daromadlar
Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) foizlar; 2) dividendlar; 3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar; 4) soliq toʻlovchiga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mol- mulkni realizatsiya qilish qiymati, koʻchmas mulk boʻyicha esa - kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farq daromad deb eʼtirof etiladi; 5) sanoat mulki obyektlariga, seleksiya yutugʻiga oid patent (litsenziya) egasi boʻlgan soliq toʻlovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi; 6) royalti; 7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk boʻyicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad; 8) ushbu Kodeksning 324-moddasida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan REPO operatsiyalari boʻyicha daromad; 9) ushbu Kodeksning 327-329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, qimmatli qogʻozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar boʻyicha daromad; 10) ushbu Kodeksning VII boʻlimida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi; 11) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar; 12) ushbu moddaning 1-11-bandlarida koʻrsatilmagan mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar. 376-modda. Moddiy naf tarzidagi daromadlar (1-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan moddiy naf tarzida olingan daromadlar, agar ushbu Kodeks 369-moddasining ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, quyidagilardan iborat: 1) soliq agenti tomonidan soliq toʻlovchi manfaatlarini koʻzlab, tovarlar (xizmatlar), mulkiy huquqlar haqini toʻlash, shu jumladan: soliq toʻlovchining bolalarini maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻqitish, tarbiyalash haqini toʻlash; (OʻzR 03.12.2020-y. OʻRQ-653-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) soliq toʻlovchilarga berilgan uy-joyning kommunal xizmatlar haqini, uy-joydan foydalanish xarajatlarini, yotoqxonadagi joylar haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash; sanatoriy-kurortlarda davolanish yoʻllanmalari qiymatini, dam olish, statsionar va ambulator davolanish haqini yoki ularning oʻrnini qoplash qiymatini toʻlash; soliq agentining soliq toʻlovchi daromadi boʻlgan boshqa xarajatlarini toʻlash; 2) soliq toʻlovchining manfaatlarini koʻzlab tekin, shu jumladan hadya shartnomasi boʻyicha berilgan mol-mulkning va koʻrsatilgan xizmatlarning qiymati; 3) tovarlarni (xizmatlarni) soliq toʻlovchilarga realizatsiya qilish narxi hamda shu tovarlarning (xizmatlarning) ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan qiymati oʻrtasidagi salbiy farq; 4) qonunchilikka muvofiq xodimlarga temir yoʻl, aviatsiya, daryo, avtomobil transporti va shahar elektr transportida yurish boʻyicha beriladigan imtiyozlar summasi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 5) jismoniy shaxsning soliq agenti oldidagi qarzining yuridik shaxs qarori bilan hisobdan chiqarilgan summalari; 6) soliq agenti tomonidan toʻlovlar hisobiga toʻlanib, soliq toʻlovchidan ushlab qolinishi lozim boʻlgan, lekin ushlab qolinmagan summalar. (2-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan soliq agentidan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, ushbu tovarlarning (xizmatlarning) qiymati ularni sotib olish narxidan yoki tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi. (3-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan soliq agentidan aksiz toʻlanadigan tovarlar yoki qoʻshilgan qiymat soligʻi solinadigan tovarlar (xizmatlar) olingan taqdirda, bunday tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida aksiz soligʻining va qoʻshilgan qiymat soligʻining tegishli summasi hisobga olinadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling