Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
54-BOB. SOLIQ IMTIYOZLARI
378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar 379-modda. Jismoniy shaxslarni soliq solishdan ozod etish 380-modda. Ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarning jami daromadini kamaytirish 378-modda. Soliq solinmaydigan daromadlar Quyidagi daromad turlariga soliq solinmaydi: 1) moddiy yordam summalari: vafot etgan xodimning oila aʼzolariga yoki oila aʼzosi vafot etganligi munosabati bilan xodimga beriladigan moddiy yordam summalari - mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda; ushbu Kodeksning 377-moddasida koʻrsatilgan boshqa hollarda, - soliq davri uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4,22 baravarigacha miqdorda; 2) soliq agenti tomonidan quyidagi yoʻllanmalar qiymatini toʻliq yoki qisman qoplash summalari, bundan turistik yoʻllanmalar mustasno: Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan sanatoriy-kurort va sogʻlomlashtirish muassasalariga yoʻllanmalar qiymatini nogironligi boʻlgan shaxslarga, shu jumladan ushbu ish beruvchida ishlamaydigan nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻliq yoki qisman qoplash summalari; Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar oromgohlari va boshqa sogʻlomlashtirish oromgohlari, shuningdek sanatoriy-kurort hamda sogʻlomlashtirish muassasalariga oʻz xodimlarining oʻn olti yoshgacha bolalari (oʻqiydiganlarga - oʻn sakkiz yoshgacha) uchun yoʻllanmalar qiymatini toʻliq yoki qisman qoplash summalari; 3) oʻz xodimlariga hamda ularning bolalariga ambulatoriya va (yoki) statsionar tibbiy xizmat koʻrsatilganligi uchun ish beruvchi tomonidan toʻlangan summalar, shuningdek ish beruvchining davolashga hamda tibbiy xizmat koʻrsatishga, nogironlik profilaktikasi va nogironligi boʻlgan shaxslarning salomatligini tiklashga doir texnik vositalarni olishga oid xarajatlari. Xodimlarni davolaganlik, ularga tibbiy xizmat koʻrsatganlik uchun ish beruvchilar tomonidan sogʻliqni saqlash muassasalariga naqd pulsiz haq toʻlangan taqdirda, shuningdek sogʻliqni saqlash tashkilotlari tomonidan yozib berilgan hujjatlar asosida ushbu maqsadlar uchun moʻljallangan naqd pul mablagʻlari bevosita xodimga, xodim yoʻqligida esa - uning oila aʼzolariga, ota-onasiga berilgan yoki mazkur maqsadlar uchun moʻljallangan mablagʻlar xodimning bankdagi hisobvaragʻiga kiritilgan taqdirda, bu daromadlar soliq solishdan ozod qilinadi; 4) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga ishlash uchun yuborilishi munosabati bilan qonunchilikda belgilangan summalar doirasida budjet tashkilotlaridan chet el valyutasida olingan ish haqi summalari va boshqa summalar; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 5) vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar, agar bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan taʼminlash markazlari koʻmagida amalga oshirilayotgan boʻlsa; 6) xalqaro sport musobaqalarida sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun sportchilar olgan bir yoʻla beriladigan pul mukofoti; 7) soliq toʻlovchilarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlar, bundan quyidagilarni sotishdan olingan daromadlar mustasno: qimmatli qogʻozlarni (bundan fond birjasida realizatsiya qilinadigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlar mustasno), yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini (paylarini); noturar joylarni; oʻttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq toʻlovchining mulkida boʻlgan turar joylarni; 8) uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan hayvonlarni (qoramollarni, parrandalarni, moʻynali va boshqa hayvonlarni, baliqlar va hokazolarni) tirik holda hamda ularni soʻyib mahsulotlarini xom yoki qayta ishlangan holda sotishdan (bundan sanoatda qayta ishlash mustasno) chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar, bundan manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari mustasno; 9) xalqaro hamda respublika tanlovlari va musobaqalarida olingan buyum tarzidagi sovrinlarning qiymati; 10) ish beruvchidan soliq davri mobaynida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,11 baravarigacha boʻlgan qiymatdagi: xodimlar natura shaklida olgan sovgʻalar; ilgari mazkur ish beruvchining xodimlari boʻlgan ishlamayotgan pensionerlar va mehnat qobiliyatini yoʻqotgan shaxslar, vafot etgan xodimning oila aʼzolari tomonidan olingan sovgʻalar hamda boshqa turlardagi yordam; 11) jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlar, bundan quyidagilar mustasno: ilm-fan, adabiyot va sanʼat asarlarining, adabiyot hamda sanʼat asarlari ijrochilarining, shuningdek kashfiyotlar, ixtirolar va sanoat namunalari mualliflarining merosxoʻrlariga (huquqiy vorislariga) toʻlanadigan pul mukofotlari; yaqin qarindosh boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qogʻozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar; 12) davlat zayomining obligatsiyalari boʻyicha yutuqlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foizlar; 13) jamgʻarma sertifikatlari, davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha daromadlar, shuningdek banklardagi omonatlar boʻyicha foizlar va yutuqlar; 14) nodavlat notijorat tashkilotlaridan, xalqaro hamda chet el tashkilotlari va fondlaridan, shuningdek vakolatli organning xulosasi mavjud boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining ilmiy- texnika hamkorligi sohasidagi xalqaro shartnomalari doirasida soliq toʻlovchi grant beruvchidan bevosita olgan grantning summasi; OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq 2023-yil 1-apreldan 15) band oʻz kuchini yoʻqotadi 15) soliq toʻlovchilarning ish haqi va boshqa daromadlarining hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash (hayot sugʻurtasi sohasining barcha toifalarida) boʻyicha sugʻurta mukofotlarini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini amalga oshirishga litsenziyasi boʻlgan yuridik shaxslarga yoʻnaltiriladigan qismi, quyidagi shartlarda: sugʻurta badallari oʻsib bormaydigan tartibda toʻlanganda va bir yoʻla toʻlanadigan sugʻurta summasi shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan 12 oydan soʻng olinganda. Sugʻurtalangan shaxsning muayyan yoshgacha yashashi yoki hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash shartnomasida koʻrsatilgan muddatdan boshqacha tarzdagi sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan taqdirda, sugʻurta summasi ushbu koʻrsatilgan shartlarga amal qilmagan xolda toʻlanishi mumkin; shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanish sanasidan kamida 12 oydan soʻng renta (annuitet) olinganda va rentani (annuitetni) toʻlash sanasida shartnoma boʻyicha haqiqatda jamlangan mablagʻlar (zaxira) summasi koʻrsatib oʻtilgan rentaning (annuitetning) toʻrt baravaridan kam boʻlmaganda; renta (annuitet) toʻlash shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan 12 oy oʻtmasdan boshlanganda, bunda dastlabki rentani (annuitetni) toʻlash boshlanadigan vaqtda haqiqatda toʻlangan sugʻurta badallari summasi shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofotining yillik miqdoridan kam boʻlmasligi kerak va rentalarni (annuitetlarni) toʻlash sanasiga haqiqatda jamlangan mablagʻlar (zaxira) summasi koʻrsatib oʻtilgan rentaning (annuitetning) toʻrt baravaridan kam boʻlmaganda. Mazkur bandning shartlari buzilganda yoxud shartnoma muddatidan oldin bekor qilinganda va sugʻurtachi sugʻurta badalini toʻliq yoki qisman qaytarganda, qaytarilgan sugʻurta badali sugʻurtachi tomonidan soliqqa tortiladi. 16) soliq toʻlovchining quyidagilarga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari: Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (oʻzining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlov. Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan taʼlim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ- 741-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) farzandlariga nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari va (yoki) maktablar koʻrsatadigan taʼlimga oid xizmatlar uchun ota-ona (farzandlikka oluvchilar) tomonidan har bir farzand uchun toʻlanadigan oyiga 3 million soʻmgacha boʻlgan toʻlovlar; (OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq kiritilgan xatboshi) OʻzR 26.07.2022-y. OʻRQ-785-son Qonuniga muvofiq uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin soliq bazasining 50 foizidan oshmagan holda, metsenatlik koʻmagini koʻrsatish; olingan ipoteka kreditlarini va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni soliq davri davomida jami mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining sakson baravarigacha boʻlgan miqdorda qoplashga, basharti uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish, qurish yoki rekonstruksiya qilish dastlabki badalning va (yoki) ipoteka krediti boʻyicha foizlarning bir qismini qoplash uchun budjetdan ajratilgan subsidiyalar hisobga olingan holda amalga oshirilgan boʻlsa. Mazkur soliq imtiyozi qarz oluvchiga va (yoki) birga qarz oluvchilarga nisbatan, basharti ularning soliq solinmaydigan daromadlari jami summasi belgilangan miqdordan oshmasa, tatbiq etiladi. Bunda yosh oila boʻlgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashga yoʻnaltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlariga nisbatan soliq imtiyozi er- xotin yoki ulardan biri belgilangan yoshga toʻlguniga qadar, ushbu xatboshida budjetdan ajratilgan subsidiyalar boʻyicha belgilangan shartlar inobatga olinmagan holda qoʻllaniladi. Agar 2023-yil 1-yanvardan keyin ipoteka krediti hisobiga sotib olingan, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan uy-joy fondining koʻchmas mulk obyektlari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran oʻttiz olti oy ichida boshqa shaxsga oʻtkazilgan boʻlsa, soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qoʻllashning butun davri uchun soliqni toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi; (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (Oldingi tahririga qarang) fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga; 17) jismoniy shaxslardan tekin (shu jumladan hadya shartnomalari boʻyicha) olingan ulushlar, paylar va aksiyalar tarzidagi daromadlar, agar bu ulushlarni, paylarni va aksiyalarni berish yaqin qarindoshlar oʻrtasida amalga oshirilsa. Yuridik shaxs tashkil etmagan chet el tuzilmasiga nisbatan yoki qaysi chet el yuridik shaxsi uchun roʻyxatdan oʻtish mamlakatining qonunchiligiga muvofiq kapitalda ishtirok etish nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻsha chet el yuridik shaxsiga nisbatan nazorat qilish huquqi, agar bunday huquqlar ularni bir oilaning aʼzolari va (yoki) yaqin qarindoshlar boʻlgan shaxslar oʻrtasida oʻtkazish natijasida olingan boʻlsa, daromad olish yoki daromadni tasarruf etish huquqining yuzaga kelishi deb eʼtirof etilmaydi; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) 18) paxta yigʻim-terimi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilinadigan soliq toʻlovchilarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari; 19) soliq toʻlovchi boʻlgan qimmatbaho metallar qidiruvchilarning qonunchilikda belgilangan tartibda qazib olish yoʻli bilan ega boʻlgan qimmatbaho metallarni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 19-1) soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari; (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 20) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, kasaba uyushmalari, xayriya va ekologiya jamgʻarmalari tomonidan soliq toʻlovchilarga beriladigan nafaqalar, shuningdek pul mablagʻlari tarzidagi yordamning boshqa turlari, biroq soliq davri mobaynida oʻn besh million soʻmdan oshmagan holda; (OʻzR 09.11.2020-y. OʻRQ-646-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 21) soliq toʻlovchining soliq davri davomida quyidagilarni toʻlash uchun yoʻnaltiriladigan, bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz baravarigacha boʻlgan miqdordagi ish haqi summalari va boshqa daromadlari: xalqaro tashkilotlarga aʼzolik badallarini, tegishli xalqaro tashkilot aʼzosi sifatida bunday badallarning toʻlanganligi toʻgʻrisida hujjat mavjud boʻlganda; qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat taʼlim tashkilotlariga toʻlovlarni, kursni tugatganlik toʻgʻrisida shunday tashkilotlar tomonidan berilgan hujjat mavjud boʻlganda. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling