O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.15.00.00 Davlat soliq xizmati idoralari aktlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari va harakatsizligi ustidan shik


Download 454.38 Kb.
bet207/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.15.00.00 Davlat soliq xizmati idoralari aktlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat qilish]

IX BO‘LIM.
SOLIQ ORGANLARINING HUJJATLARI VA ULAR MANSABDOR ShAXSLARINING HARAKATLARI (HARAKATSIZLIGI) USTIDAN ShIKOYAT BERISh

30-bob. Soliq organlarining hujjatlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish tartibi


230-modda. Shikoyat berish huquqi

Har bir shaxs soliq organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan, agar ushbu shaxsning fikriga ko‘ra bunday hujjatlar, harakatlar (harakatsizlik) uning huquqlarini buzsa, shikoyat berish huquqiga ega.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga yoki idoraviy normativ hujjatlarga muvofiq tuzilgan, soliq organlarining bir yoki bir nechta jismoniy yoki yuridik shaxsga qaratilgan, yuridik ahamiyatga molik muayyan harakatlarni sodir etishga undovchi ko‘rsatmasi mavjud bo‘lgan hujjat soliq organining normativ xususiyatga ega bo‘lmagan hujjati deb e’tirof etiladi.

Soliq organlarining normativ-huquqiy hujjatlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

Soliq organining sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori yuqori turuvchi soliq organi yoki sud tomonidan bekor qilingan taqdirda, ushbu qaror bo‘yicha soliqlarning va moliyaviy sanksiyalarning undirilgan (to‘langan) summalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ushbu summalar undirilgan (to‘langan) davrda amalda bo‘lgan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblangan foizlarni inobatga olgan holda qaytarilishi (hisobga olinishi) lozim.


Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling