O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish


Download 454.38 Kb.
bet262/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

287-modda. Soliq bazasiga tuzatish kiritish

Soliq bazasiga tuzatish kiritish ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda, soliq to‘lovchi tomonidan amalga oshiriladi.



288-modda. Aksiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash

Aksiz to‘lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iboratdir:

1) eksport qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarni yetkazib berishga doir kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi);

2) tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo‘yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;

3) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi o‘tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga jo‘natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo‘yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;

4) chet ellik sotib oluvchi (to‘lovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjatidan ko‘chirma.

Tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan e’tiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, tovarlarni eksportga realizatsiya qilish soliq solishning obyekti deb e’tirof etiladi.

Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo‘yicha realizatsiya qilingan taqdirda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan soliq to‘lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko‘chirma nusxasi) qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.



[OKOZ:

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.00.00 Umumdavlat soliqlari / 07.10.04.00 Aksiz solig‘i / 07.10.04.02 Aksiz solig‘i stavkalari]


Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling