O`zbekiston respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtiroki
Download 44.52 Kb.
|
1353939013 40253
Birinchidan, eksport saloxiyatini tiklash, rivojlantirish va eksport tarkibini yaxshilash. Buning uchun, qisqa fursat ichida eksportga mo`ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirish, bu yerda nafaqat xom-ashyomiz va tabiiy resurslarimiz hisobiga balki, ilmiy-texnikaviy bilimlarimiz, arzon ishchi kuchi hisobiga, ishlab chiqarishning ustuvor sohalarini rivojlantirish hisobiga erishish kerak.
Ikkinchidan esa, importni ratsionallashtirish muhim vazifalardan biri bo`lib, bu yerda import siyosati nafaqat aholining turmush tarzi va manfaatlarini ko`zlab, balki iqtisodiyotni yangilash va raqobatbardoshligini ta`minlashga xizmat qiladi. Mashinasozlik importida imkon boricha tayyor mashinalar, transport vositalari va texnologik asbob-uskunalari ko`proq foydali kazilmalar kazish ishlari uchun va qayta ishlovchi sohalar uchun sotib olinishi kerak. Importning samarasini oshirilishida yana, O`zbekiston iqtisodiyoti uchun zarur bo`lgan mahsulotlar o`rnini bosuvchi va kam xarajatlar sarflanadigan (ya`ni, bu yerda albatta sotib olish va olib kelish uchun ketgan xarajatlar e`tiborga olinib) mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo`nalishlardandir. Uchinchidan, respublikada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligini oshirishdir. Eksport potentsialini kengaytirishda va jahon xo`jaligiga kirishning integratsiya jarayonida, O`zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar iloji boricha sifatli va kam xarajat qilingan, jahon bozori shartlari va talablarini koniktiradigan darajada bo`lishi shart. Buning uchun esa, asta-sekinlik bilan ichki va jahon ishlab chiqarish andozalari va mahsulotlar sifatini bir-biriga yaqinlashtirish kerak. To`rtinchidan, texnologiyani yangilash va kengaytirilgan ishlab chiqarish saloxiyatini tashkil qilishga chet el investitsiyalarini jalb qilish. Chet el kreditlari uzoq muddatli va katta masshtabli investitsiyalarni ta`minlashning yagona manbasi ekanligi ma`lumdir. Bu masalada aniq bir maqsad sari intilish kerakligini ta`kidlab o`tish lozim. Respublikada chet el sarmoyalarini siyosiy va iqtisodiy riskdan sug`urta qiluvchi institutlar yaxshi ishlamasa, chet el investitsiyasining respublikamizga kirib kelishi qiyinlashadi. Shuning uchun, respublikamizda chet el investitsiyasi uchun qulay shart-sharoitlar, aniq maqsad sari yo`naltirilgan vazifalar yo`lga qo`yilishi zarur. Beshinchidan, O`zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta`minlash. Xalqaro moliya munosabatlari sohasi shartlari tashkil etilishida iqtisodiy xavfsizlik asosiy roUardan birini o`ynaydi. Milliy xavfsizlikni ta`minlashda tartibga solishning asosiy 3 xil ko`rinishi mavjud: 1. Valyuta nazorati. Eksport va import nazorati. Xom-ashyoning strategik turlari olib chiqilishini tartibga solish. Ushbu sohalarning o`ziga xos shakllari va tartibga solish uslublari mavjud. Albatta, yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarga, tahliliy qarashlarga hamda nazariy xulosalarga ustuvor yo`nalish sifatida e`tibor berish, shak-shubxasiz xalqaro moliya munosabatlami rivojlantirish uchun xizmat qiladi. Adabiyotlar ro`yxati: 1. O`zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to`g`risida»gi qonuni. 1993 yil 7 may. 2. O`zbekiston bank tizimini islox qilish va erkinlashtirish bo`yicha qonunchilik hujjatlari to`plami. T.: O`zbekiston. 2000. 3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 2001 yil 22 iyundagi 263-sonli qarori. 4. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Ichki valyuta bozorida almashuv kurslarini birxillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 2001 yil 25 oktyabrdagi 422-sonli qarori. 5. www.ziyonet.uz Download 44.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling