O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida shartnomalarning ahamiyati


Download 0.57 Mb.
bet93/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112

Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida shartnomalarning ahamiyati


Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida tashqi savdo shartnomalarini O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazish va rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  • Ariza.

  • Shartnomaning asl nusxasi va nusxasi.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining Qarori (nusxa) yoki mamlakatlararo kelishuv (nusxa).

  • Raqobat varaqasi uni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga (rasmiy talablar, tijoriy taklif, praystlash va boshqalar).

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining hududiy bo‘linmalarida shartnomalarni rasmiylashtirish quyidagi hujjatlarni taqdim etish yo‘li bilan amalga oshiriladi:

  • Ariza.

17 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 1995. - №12. – 262-modda.

  • Shartnomaning asl nusxasi va nusxasi.

  • Qoraqolpog‘iston Respublikasi vazirlarining va Toshkent shahri hamda viloyat hokimiyatining Qarori (nusxa).

  • Raqobat varaqasi uni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga (rasmiy talablar, tijoriy taklif, prayst-lisht va boshqalar).

Shartnoma ro‘yxatga olinishi uchun:

    • shartnomaning shartlari xalqaro savdoning umumlashtirilgan qoidalariga, O‘zbekiston Respublikasining joriy qonunchiligi va normativ aktlariga, shuningdek xalqaro tashkilotlar va boshqa mamlakatlar oldidagi O‘zbekiston Respublikasining olgan majburiyatlariga mos kelishi zarur;

    • shartnomada ko‘rsatilgan narxlarning jahon bozori kon’yukturasiga mos kelishi kerak;

    • kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan tovarlarning qiymatidagi ekvivalentlikka e’tibor berish zarur;

    • yuqorida ko‘rsatilgan barcha zaruriy hujjatlar paketi taqdim etilishi zarur. Shartnomani ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga ariza kelib tushgan kundan boshlab, 10 ish kuni ichida amalga oshiriladi. tovarni yuklashdan oldingi inspekstiyasini amalga oshiruvchi konsalting shirkatlari tomonidan tovarning sifat, soni va narxlar darajasi bo‘yicha ekspertiza bayonnomasi taqdim etilgan shartnomalar, hujjatlar kelib tushgan kundan boshlab, 2 ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ro‘yxatga olinib, rasmiylashtiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining xulosasidagi tanbihidan keyin qayta topshirilgan shartnomalar esa, 5 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Shartnomaga tuzilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan 7 ish kuni ichida amalga oshiriladi. Ijobiy baholangan shartnomalar belgilangan «shartnomalarni ro‘yxatga olish daftarchasida ro‘yxatga olinib, uning ro‘yxatdan o‘tganligi haqida sertifikat beriladi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatli shaxslari tomonidan, shartnoma asl nusxasining har bir varag‘iga shtamp bosilib, imzolanadi. Berilgan sertifikatning amal qilish muddati shartnomaning muddati bilan bir xil bo‘ladi.
Shartnoma salbiy deb topilsa, unga xulosa yozilib, rasmiylashtirilmaganlikning barcha sabablari ko‘rsatiladi. Xulosa O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining vakolatli shaxslari tomonidan yozilib, ariza bergan tomonga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ro‘yxatdan o‘tib, rasmiylashtirilgan shartnomalar bank tomonidan ham ro‘yxatga olinib, unga identifikastiya raqami beriladi va bankning vakholatli shaxslari tomonidan shtamp qo‘yilib, imzo cheqiladi. Oxirgi navbatda O‘zbekiston Respublikasi bojxonasida ham ro‘yxatga olinib, uning ro‘yxatga olinganligi haqida bojxonaning vakolatli shaxslari tomonidan shtamp urilib, imzolanadi. qayta ishlash uchun qaytarilgan shartnomalar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining belgilangan daftarchasida aks ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan berilgan sertifikatni bekor qilish,
xo‘jalik subyekti ayrim hollarda esa, Markaziy Bank va Bojxonaning talabi bilan amalga oshiriladi.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling