O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


X bob. O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA SHARTNOMALARNING ROLI


Download 0.57 Mb.
bet92/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112

X bob. O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA SHARTNOMALARNING ROLI





    1. O‘zbekiston iqtisodiyotida shartnomalarning o‘rni

    2. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida shartnomalarning ahamiyati

    3. Import va eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi



    1. O‘zbekiston iqtisodiyotida shartnomalarning o‘rni


O‘zbekiston istiqlolga erishgach davlatni halqaro maydonda xalqaro munosabatlarning teng va to‘la huquqli a’zosi sifatida horijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy asosini yaratadigan shartnomaviy- huquqiy bazani shakillantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘plab davlatlar bilan qator xalqaro ikkitomonlama shartnomalarni imzolash va ko‘p tomonlama universal konvensiyalarga qo‘shilish amaliyoti keng tus oldi.
O‘z-o‘zidan bunday jarayonni milliy huquq doirasida tartibga solish va umuman xalqaro huquq normalariga milliy qonunchilik darajasida munosabat bildirish ehtiyoji tug‘ildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasida xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan qoidalari ustunligi tan olinishi va uning 17-moddasida respublika tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanishi ta’kidlandi15.
Har qanday istiqlolga erishgan davlat birinchi navbatda xalq xo‘jaligi va iqtisodiyotni rivojlantirishga, aholini ish bilan ta’minlash va uning turmush tarzini oshirishga asosiy e’tiborini qaratadi. Bu esa, o‘z navbatida respublikaga chet el sarmoyalarini jalb qilishni taqazo etadi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda shartnomalar sohasini tartibga soluvchi birinchi normativ-huquqiy hujjat 1993- yil 7- mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi bilan xalqaro moliya institutlari o‘rtasidagi xalqaro zayom va kafolatli shartnomalar hamda bitimlarni tuzish va denonsatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Qonun bo‘ldi16. Mazkur Qonun 2- moddadan iborat bo‘lib, chet el sarmoyalarini jalb etish jarayonining tezlashtirilishini ta’minlovchi zarur huquqiy sharoitlarni yaratish maqsadida qabul qilingan edi. Unga ko‘ra, xalqaro moliya institutlari bilan zayom va kafolat shartnomalari hamda bitimlarini imzolash va denonsatsiya qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisiga va u vakolat bergan idoralarga tegishliligi belgilandi hamda bunday shartnomalar tuzilgach, ratifikatsiya qilinmasdan O‘zbekiston uchun imzolangan paytdan boshlab kuchga kirishi mustahkamlab qo‘yildi.
Keyinchalik, ya’ni 1995- yilning 22- dekabrida “O‘zbekiston
15 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. – 1993. - №1. – 4-modda
16 O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. – 1993. - №5. – 234-modda.
Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi17.
Ushbu Qonun O‘zbekiston xalqaro shartnomalarini to uni tuzishdan tortib, ijro etish, to‘xtatib turish va tugatish jarayonigacha bo‘lgan tartibni belgiladi. Unda shartnoma tushunchasi, nomlanishi, turlari, shakli va u tuziladigan til aniq bayon qilib berildi.
Qonunda shartnomalarga nisbatan xalqaro huquqdagi, ya’ni 1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risida Vena Konvensiyasi qoidalaridagi umumiy yondashuv saqlanib qolinib, shartnomani davlat ichki protseduralariga taaluqli jihatlari keng yoritildi. Jumladan, xalqaro shartnomalarni tuzish to‘g‘risidagi takliflarni ilgari surish va ko‘rib chiqishda davlat boshqaruvi idoralari vakolatlari (8-10-moddalar), muzokaralar olib borish va shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish (11-modda), bunday xarakatlar uchun vakolatlar masalalari (12-13-moddalar), xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish yoki tasdiqlash (14-20-moddalar) hamda unga qo‘shilish (21-modda) masalalari batafsil ifoda etildi.
Lekin mazkur Qonun qoidalarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, unda halqaro shartnomalarni huquqiy va boshqa ekspertizadan o‘tkazishning predmeti belgilanmagan, xalqaro shartnomalarning bajarilishini ta’minlash va bu jarayon ustidan kuzatuv olib borish mexanizmi yetarli shakillantirilmagan hamda halqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya qilish masalasiga e’tibor qaratilmagan.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligining shartnomaviy-huquqiy bazasi yetarli shakillanganligini inobatga olib, yuqorida tilgan olingan qonunni amaldagi shartnomalarni bajarish va hayotga tatbiq etish qoidalari va ularni doimiy tarzda inventarizatsiya qilib borish institutini joriy qilish hisobiga boyitish maqsadga muvofiqdir.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling